Mamlakatimizda


Yangi Oʻzbekistonda Bagʻrikenglik tamoyillari



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə8/8
tarix28.08.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#121023
1   2   3   4   5   6   7   8
mustaqillik darsi uchun

gʻamxoʻrlik qilishga majburdirlar.
  1. Yangi Oʻzbekistonda Bagʻrikenglik tamoyillari


Diniy bagʻrikenglik madaniyati va konfessiyalararo muloqot. Diniy bagʻrikenglik madaniyatini shakllantirish zarurati. Milliy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlar bilan uygʻunlashtirish. Diniy bayramlarning shaxs tarbiyasidagi ahamiyati.


Oʻzbek tili izohli lugʻatida bagʻrikenglikka “masalaga keng koʻlamda, ochiq koʻngillik bilan yondashish”, — deya juda chiroyli taʼrif berilgan.
Yaʼni, bagʻrikenglik tushunchasi faqatgina bir yoki bir necha insonlar qalbidagi emas, balki butun bir xalq koʻnglidagi ochiq koʻngillilikka ham daxldor tushuncha sifatida ifodalangan.


Bagʻrikenglik turli millat va elatlar vakillarini olijanob gʻoya va ezgu niyatlar yoʻlida hamkor va bahamjihat yashashga undaydi. Bagʻrikenglik vaqtga bogʻliq emas, makon tanlamaydi. Chegaralar unga toʻsiq boʻla olmaydi.


Bagʻrikenglik barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari rivojini istaydi. Bagʻrikenglik insonni irqi, jinsi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi hamda ijtimoiy mavqeyidan qatʼiy nazar, bir xilda teng koʻrishga asoslanadi.
Aynan shu jihatdan yangi Oʻzbekiston islohotlari nafaqat ichki muomalada, balki mamlakatimizning tashqi siyosatida ham xalqchil gʻoyalar ustuvorligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
Bundan chorak asr muqaddam YUNESKOga aʼzo davlatlar tomonidan Parijda “Bagʻrikenglik tamoyillari deklaratsiyasi” qabul qilingan.
Dunyoning deyarli barcha davlatlarini oʻzida mujassamlashtirgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti esa 1996-yilning dekabrida har yili 16-noyabrni “Bagʻrikenglik kuni” deb nishonlashni eʼlon qilgan. BMT Bosh Assambleyasining 2018-yildagi sessiyasida aynan Oʻzbekiston tashabbusi bilan “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” toʻgʻrisidagi rezolyutsiya qabul qilingan.
Darhaqiqat, yurtimizda 130dan ortiq millat va elat vakillari yashamoqda, 140ga yaqin milliy-madaniy markazlar faoliyat koʻrsatmoqda. Ularning oʻz ona tili, oʻz millati tarixi, oʻz qadriyat va madaniyatini oʻrganishiga shart-sharoit yaratish bagʻrikenglikning bir koʻrinishidir.


Eʼtiborlisi shundaki, ushbu Milliy strategiya amalga oshishi natijasida ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha huquqiy, tashkiliy va mafkuraviy mexanizmlarning samarali tizimini, shuningdek, jamiyatda bagʻrikenglik madaniyatini shakllantirishga erishish koʻzda tutilgan. Yurtimizda barcha millat va elatlarning tili, madaniyati, urf-odat va anʼanalarini saqlash hamda rivojlantirish uchun qonuniy shart-sharoitlar yaratilmoqda. Jumladan, qonunlarda bagʻrikenglik tushunchasidan foydalanishga eʼtibor qaratilsa, ushbu amaliyot muayyan ijtimoiy guruhlarga nisbatan qaratilganiga diqqatni tortadi. Yoshlar siyosati, bola huquqi kafolati, nogironligi boʻlgan shaxslarga munosabat, vijdon erkinligi kabi muhim masalalarda bagʻrikenglik tamoyilidan foydalanilgan.


“Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonunda oʻsib kelayotgan avlodni bagʻrikenglikka hurmat ruhida, zararli taʼsirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga boʻlgan qatʼiy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash
yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yoʻnalishi deb koʻrsatilgan. “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunning 4-moddasida bolalarda bagʻrikenglik tuygʻusini tarbiyalash bola huquqlarini himoya qilish boʻyicha davlat siyosatining asosiy yoʻnalishi sifatida qayd etilgan.


“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunga binoan, vijdon erkinligini taʼminlashning asosiy ustuvorliklari, xususan, konfessiyalar oʻrtasidagi tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda diniy bagʻrikenglikni taʼminlashdan iborat deb belgilangan. Qayd etilganidek, bagʻrikenglik tushunchasi aholining deyarli har bir qatlamiga aloqador tushunchadir. Bagʻrikenglik tamoyili har bir jabhaga, har bir qalbga aloqador tuygʻu hisoblanadi.


(Tezislarga ijodiy yondashgan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin)





Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə