11-MAVZU. IKKI JAHON URUSHLARI ORALIG‘IDA
TARTIBGA SOLINADIGAN KAPITALIZMNING SHAKLLANISHI
yotini stagnatsiyasining asosiy omillari hisoblanadi. Faqatgina 20-
yillarning o‘rtalariga kelib sog‘lomlashuv
boshlanib, sanoatning
monopollashgan tarmoqlarida ijobiy siljishlar yuzaga keldi, tashqi
savdo oboroti o‘sa boshladi.
Daues va Yung rejalari. Bu davrda AQSh va Yevropaning
yetakchi mamlakatlari Germaniya mag‘lubiyati natijasida buzilgan
kuchlar balansini tiklash tarafdori edilar. Shu bilan birga Germani-
yadagi ijtimoiy tanglikni susaytirish, mamlakatni SSSR bilan yaqin-
lashuviga to‘sqinlik qilish, hamda sotsializmni G‘arbiy Yevropaga
kirib borishini oldini olishga harakat qilindi.
Aynan shu maqsadda yangi reparatsion reja qabul qilinib, unga
xalqaro ekspert kengashi rahbari, amerikalik bankir Ch.Daues
nomi berilib – Daues rejasi (1924-1929 yy) deb nomlandi. Ushbu
reja reparatsion to‘lovlar shartlarini yengillashtirishni nazarda tut-
gan edi. Ushbu rejada yana amerikalik kreditorlar tomonidan Ger-
maniya budjetini kuchaytirish maqsadida katta hajmdagi kred-
itlarni ajratish va iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
investitsiyalarni
jalb qilish nazarda tutilgan edi.
Ushbu rejani amalga oshirish davrida Germaniya AQSh va, qis-
man, Buyuk Britaniyadan 21 mlrd.marka hajmida kreditlar olishdi.
Germaniyadagi noqulay iqtisodiy holatni hisobga olgan holda
kreditor-mamlakatlar moliyaviy ekspertlari Germaniya reparatsion
to‘lovlar tizimini o‘zgartirish to‘g‘risida qarorni qabul qilishdi.
Daues rejasi 1929 yilda Yung
1
rejasi bilan almashtirildi. Yangi
yordam rejasi reparatsiylarning umumiy hajmini chegaraladi va
korxonalar foydasidan reparatsion fondga ajratmalarni qisqartirdi,
natijada iqtisodiyotni rivojlantirishga yo‘naltirish mumkin bo‘lgan
mablag‘lar tejab qolindi. Bir vaqtning o‘zida Germaniya iqtisodi-
yoti ustidan moliyaviy nazorat qisqartirildi. Ammo inqiroz davri-
dan Yung rejasi deyarli bekor qilindi.
1929-1933 yy.dagi inqiroz. Fashizmning iqtisodiy siyosati
Iqtisodiy jihatdan zaif Germaniya iqtisodiyotining qaramlilik
darajasi 1929-1933 yy.dagi inqirozni chuqurlashuvi darajasini bel-
gilab berdi. Inqiroz eng quyi nuqtasiga 1932 yilda etdi, va birinchi
navbatda sanoat sektorini (68 mingta korxona bankrot bo‘ldi),
bank
sohasini izdan chiqardi, katta ishsizlikni keltirib chiqardi
1
O.Yung Xalqaro ekspertlar kengashining yangi raisi, Morgan elektrotexnik tresti
prezidenti, moliyachi
129
(taxminan 8 mln.kishi). Inqirozni boshidan kechirayotgan yetakchi
mamlakatlar tomonidan yordamni to‘xtatilishi Germaniyaning ho-
latini og‘irlashtirdi.
Veymar respublikasi hukumatining iqtisodiy inqirozga qarshi
samarali kurasha olmasligi, ijtimoiy qarama-qarshiliklarni kes-
kinlashuvi, monopoliyalarni jahon bozorlarida yo‘qotgan pozitsi-
yalarini
tiklab olishga intilishi, hukumat tomonidan Germaniyan-
ing ichki muammolariga befarqligi mamlakatda 1933 yilda fashis-
tlar rejimini o‘rnatilishining asosiy sababi hisoblanadi.
Fashizmning iqtisodiy siyosati yorqin ifodalangan etatistik
xarakterga ega. Gitler hukumat tepasiga inqirozni yakunida kel-
gan bo‘lsa ham, yangi qabul qilingan antiinqiroz chora-tadbirlari
favqulotda xarakterga ega edi, unga mamlakatni iqtisodiy o‘sish
holatiga olib chiqish bilan birga uni harbiy-siyosiy izga o‘tkazib,
yo‘qotilgan bozorlar va hududlarni qaytarishi, mamlakat hududini
yanada
kengaytirishi, va dunyoda hukmrolikni ta’minlashi zarur
edi.
Ushbu strategiya mamlakatni inqirozdan chiqarish shakllari
va metodlarini belgilab berdi, uning asosiy mazmuni iqtisodi-
yotni to‘liq militarizatsiyalashdan iboratdir.
Shu maqsadda ger-
man fashistlar tomonidan harbiy jihatdan muhim bo‘lgan og‘ir va
yoqilg‘i sanoati tarmoqlarini tiklash, harbiy texnika ishlab chiqar-
uvchi korxonalar yaratishga harakat qilindi.
Shu sababdan, german fashistlar iqtisodiyotni davlat tomoni-
dan tartibga soluvchi qudratli apparat yaratishdi, unda moli-
yaviy, xom ashyo,
ishlab chiqarish, oziq-ovqat, inson va boshqa
resurslar mujassamlashgandir. Iqtisodiyotni majburiy kartel-
lashtirish to‘g‘risidagi, Germaniya iqtisodiyotini organik tuzilishi
to‘g‘risidagi, imperiyani himoyalash to‘g‘risidagi qonuniy hujjatlar
sanoat salohiyatining 2/3 qismini davlat tomonidan qat’iy nazorat
qilinishiga imkon berdi. Milliy mehnatni tashkil etish to‘g‘risidagi
qonun majburiy mehnat tizimini shakllanishiga me’yoriy asos
yaratdi.
Germaniya iqtisodiyotini boshqarish yagona markazdan –
Bosh xo‘jalik kengashidan amalga oshirilar edi, u moliyaviy, inson,
va xom ashyo resurslarini birinchi
navbatda harbiy kompleksga
ajratilishini ta’minladi.
Shunday qilib, fashizm diktaturasi sharoitida, keng miqyosli
harbiy investitsiyalarni amalga oshirish ilojsizligi, boshqa davlatlar
130
11-MAVZU. IKKI JAHON URUSHLARI ORALIG‘IDA
TARTIBGA SOLINADIGAN KAPITALIZMNING SHAKLLANISHI
tomonidan yordam berish to‘xtatilganligi, mamlakatni yakkalanib
qolinishi (avtarkiyasi) davlat tomonidan boshqarish metodlari
yaqqol aks etgan ma’muriy shaklni oldi.
Iqtisodiyotni militarizatsiyalash siyosatini davom ettirilishi
optimal xo‘jalik
tuzilmalarini tiklanishi, ichki va tashqi bozorlarni
kengayishi, moliya tizimini sog‘lomlashtirilishi masalalarini hal et-
madi. German fashistlari hukumati bu muammolarni hal etishga
intilmasdi ham.
Tashqi agressiyani rivojlantirilishi iqtisodiyotdagi halokatli
holatni vaqtinchalik saqlab turishga imkon berar edi. Shu sabab-
dan 1935 yildan boshlab Germaniya harbiy mojarolarga aralasha
boshladi va oxir oqibatda Ikkinchi jahon urushini boshlab berdi.
Dostları ilə paylaş: