Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida korxona foydasi va uni maksimallashtirish yollari


-mavzu: Raqobatlashuvchi firma va tarmoqning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanati va tarmoqning taklifi



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə21/32
tarix27.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#163589
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
mikroiqtisodiyot m.ish

11-mavzu: Raqobatlashuvchi firma va tarmoqning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanati va tarmoqning taklifi
Raqobatlashgan bozorda tarmoqqa kirish va undan chiqish erkin bo`lgani uchun va tarmoqning o`zi ham raqobatlashuvchi bo`lgani uchun firmalarning iqtisodiy foydasi nolga yaqinlashish tendensiyasiga ega. Uzoq muddatli oraliqda tarmoqnig tipik vakili bo`lgan firma o`z foydasini shunday ishlab chiqarish hajmida maksimallashtiradiki, bu hajmda uzoq muddatli chekli xarajat mahsulot narxiga teng bo`lsa:

Uzoq muddatli oraliqda, mukammal raqobatlashgan bozorda nafaqat firma raqobatlashuvchi bo`ladi, balki tarmoqning o`zi ham raqobatlashuvchi bo`ladi. Tarmoqdan chiqish yoki tarmoqqa kirish, firmalar uchun erkin bo`lganligi uchun, firmalarning iqtisodiy foydasi nolga yaqinlashish tendensiyasiga ega. Shuning uchun ham, tarmoqda uzoq muddatli muvozanat holatiga erishiladi, qachonki mahsulot narxi P0 tarmoqning tipik vakili bo`lgan firmaning uzoq muddatli o`rtcha xarajati minimumiga teng bo`lsa



Uzoq muddatli oraliqda firma foydalanadigan barcha omillarini o`zgartiradi, shu jumladan ishlab chiqarish quvvatlarini ham. Uzoq muddatli oraliqda firma o`z kapitali hajmini o`zgartirishi, ya′ni ishlab chiqarish quvvatini o`zgartirishi mumkinligi firmaga ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi. Firma ishlab chiqarish xarajatlarining qanday o`zgarishi ishlab chiqarish masshtabi
samaradorligining o`sishi, o`zgarmasligi va kamayishi bilan aniqlanadi. Yana shuni eslatib o`tish kerakki, firmaning uzoq muddatli oraliqdagi faoliyatini tahlil qilganimizda uning o`rtacha xarajatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Faraz qilaylik, firmaning ishlab chiqarish jarayonida barcha ishlab chiqarish hajmlari uchun o`zgarmas masshtab samarasiga ega. Bunda ishlab chiqarish omillari sarfi ikki barobar oshganda ishlab chiqarish hajmi ham ikki barobarga o`sadi. Demak, ishlab chiqarish hajmi oshgani bilan o`rtacha ishlab chiqarish xarajatlari o`zgarmaydi.
Endi faraz qilaylik, masshtab samarasi o`suvchi bo`lsin. Ishlab chiqarish omillaridan foydalanishni ikki barobar oshirganimizda, ishlab chiqarish hajmi ikki barobardan ko`proqqa oshadi (masalan, uch barobarga oshirishi mumkin). Bunday holda o`rtacha ishlab chiqarish xarajatlari qisqaradi, nima uchun deganda, ishlab chiqarish hajmining o`sish sur`ati, omillar sarfi sur`atidan ko`p. Xuddi shunday, masshtab samarasi pasayganda, ya′ni ishlab chiqarish omillari sarfini o`sishi sur`atidan ishlab chiqarish hajmining o`sish sur`ati kichik bo`lganda ATC ortib boradi. Odatda, ishlab chiqarishning boshida masshtab samarasining oshishi,
undan keyin o`zgarmas va keyinchalik kamayishi ko`pgina firmalarga xosdir. Shuning uchun ham uzoq muddatli oraliqda umumiy o`rtacha xarajatlar chizig`i botiq ko`rinishga ega bo`ladi.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə