Raqobatlashgan bozorda, qisqa muddatli oraliqda firma foydasini maksimallashtirish va uning taklifi



Yüklə 121,14 Kb.
səhifə1/4
tarix27.12.2023
ölçüsü121,14 Kb.
#163679
  1   2   3   4
Raqobatlashgan bozorda, qisqa muddatli oraliqda firma foydasini (1)


Mavzu:Raqobatlashuvchi firma va tarmoqning uzoq muddatli oraloqdagi muvozanati va tarmoqning taklifi
Reja:
1.Uzoq muddatli oraliqda ishlab chiqarish hajmini tanlash
2.Raqobatlashgan bozor va uning shartlari.
3.Firma daromadlari va ularni hisoblash.
4.Korxona foydasini maksimallashtirishni nazariy jihatdan asoslash va uni grafik usulda tahlil qilish.
Uzoq muddatli oraliqda firma foydalanadigan barcha omillarini o‘zgartiradi, shu jumladan ishlab chiqarish quvvatlarini ham. Uzoq muddatli oraliqda firma o‘z kapitali hajmini o‘zgartirishi, ya’ni ishlab chiqarish quvvatini o‘zgartirishi mumkinligi firmaga ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi. Firma ishlab chiqarish xarajatlarining qanday o‘zgarishi ishlab chiqarish masshtabi samaradorligining o‘sishi, o‘zgarmasligi va kamayishi bilan aniqlanadi. Yana shuni eslatib o‘tish kerakki, firmaning uzoq muddatli oraliqdagi faoliyatini tahlil qilganimizda uning o‘rtacha xarajatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Faraz qilaylik, firmaning ishlab chiqarish jarayonida barcha ishlab chiqarish hajmlari uchun o‘zgarmas masshtab samarasiga ega. Bunda ishlab chiqarish omillari sarfi ikki barobar oshganda ishlab chiqarish hajmi ham ikki barobarga o‘sadi.
Demak, ishlab chiqarish hajmi oshgani bilan o‘rtacha ishlab chiqarish xarajatlari o‘zgarmaydi. Endi faraz qilaylik, masshtab samarasi o‘suvchi bo‘lsin. Ishlab chiqarish omillaridan foydalanishni ikki barobar oshirganimizda, ishlab chiqarish hajmi ikki barobardan ko‘proqqa oshadi (masalan, uch barobarga oshirishi mumkin). Bunday holda o‘rtacha ishlab chiqarish xarajatlari qisqaradi, nima uchun deganda, ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur`ati, omillar sarfi sur`atidan ko‘p. Xuddi shunday, masshtab samarasi pasayganda, ya’ni ishlab chiqarish omillari sarfini o‘sishi sur`atidan ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur`ati kichik bo‘lganda ATC ortib boradi. Odatda, ishlab chiqarishning boshida masshtab samarasining oshishi, undan keyin o‘zgarmas va keyinchalik kamayishi ko‘pgina firmalarga xosdir. Shuning uchun ham uzoq muddatli oraliqda umumiy o‘rtacha xarajatlar chizig‘i botiq ko‘rinishga ega bo‘ladi Faraz qilaylik, firma razmerini (quvvatini) tanlash bo‘yicha besh xil variant mavjud. Har qaysi razmerdagi firma uchun qisqa muddatli o‘rtacha xarajatlar quyidagicha SAC1 , SAC2 , SAC3 , SAC4 , SAC5 (13.2-rasm). Uzoq muddatli oraliqda barcha resurslar o‘zgaruvchan bo‘lgani uchun, barcha xarajatlar ham o‘zgaruvchan bo‘ladi. Firma har qanday berilgan ishlab chiqarish quvvatidan umumiy va o‘rtacha xarajatlarni minimallashtiradi.
Shuning uchun ham uzoq muddatli o‘rtacha xarajatlar ( LAC ) grafigi qisqa muddatli oraliqdagi o‘rtacha xarajatlar grafiklarini bir-biriga tutashtirish orqali hosil qilinadi. beshta qisqa muddatli oraliqdagi o‘rtacha xarajatlar grafiklari orqali uzoq muddatli oraliqdagi o‘rtacha xarajatlar grafigi keltirilgan (13.2-rasmda qalin chiziq bilan ifodalangan). Agar biz firma quvvatlarini yanada kichik o‘zgarishlar orqali o‘zgartirsak (qisqa muddatli oraliqlarni yanada kichiklashtirsak) LAC chizig‘I silliq botiq chiziqqa yaqinlashib boradi. Uzoq muddatli o‘rtacha xarajatlar ishlab chiqarish hajmining mumkin bo‘lgan barcha qiymatlari uchun cheksiz qisqa muddatli oraliqdagi o‘ratcha xarajatlar grafiklarini uzluksiz silliq birlashtiruvchi chiziq orqali ifodalanadi. Agar ishlab chiqarish masshtabi samarasi o‘zgarmas bo‘lsa, uzoq muddatli o‘rtacha xarajat grafigi to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘ladi Raqobatlashuvchi firma tarmoqqa qarashli bo‘lgani uchun bu shart tarmoqning ham uzoq muddatli oraliqdagi (raqobatlashgan bozorda) muvozanat holatini ifodalaydi. 13.4-rasmdan ko‘rish mumkinki, firmaning iqtisodiy foydasi uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holatida nolga teng. Lekin, bu firma umuman foyda olmaydi degani emas, aslida firma o‘zining qo‘ygan (qo‘shgan) kapitaliga ko‘ra real normal foyda oladi. Iqtisodiy foyda alternativ xarajatni ham hisobga oladi, ya’ni firma egasining o‘z kapitalini boshqa bir sohaga qo‘yish natijasida oladigan foyda. Shuning uchun ham aytish mumkinki, raqobatlashuvchi firmaning uzoq muddatli oraliqdagi o‘rtacha xarajatlari o‘z ichiga normal foydani (tarmoq bo‘yicha o‘rtacha foydani) oladi. Firma egasining iqtisodiy foydasi nol` degani, u o‘z kapitalini boshqa sohaga qo‘yganda ham shu miqdorga teng normal foydani olar edi, demak uning alternativ xarajati nolga teng. Agar firma egasining alternativ xarajati noldan yuqori, ya’ni musbat bo‘lsa, u o‘z kapitalini ushbu tarmoqdan olib, boshqa iqtisodiy foyda beradigan tarmoqqa qo‘ygan bo‘lar edi. Shunday qilib, raqobatlashuvchi firmaning uzoq muddatli o‘rtacha xarajati narxga teng bo‘lsa ham (nolga teng iqtisodiy foyda olsa ham), u o‘z ishini normal foyda olgani uchun to‘xtatmaydi.
Raqobatlashgan bozorda tarmoqqa kirish va undan chiqish erkin bo‘lgani uchun va tarmoqning o‘zi ham raqobatlashuvchi bo‘lgani uchun firmalarning iqtisodiy foydasi nolga yaqinlashish tendentsiyasiga ega Uzoq muddatli oraliqda tarmoqnig tipik vakili bo‘lgan firma o‘z foydasini shunday ishlab chiqarish hajmida maksimallashtiradiki, bu hajmda uzoq muddatli chekli xarajat mahsulot narxiga teng bo‘lsa: LMC  Pe  MR Firmaning foydasi ishlb chiqarish hajmi Qe ga teng bo‘lganda maksimal bo‘ladi va u PeCFE to‘rtburchak yuziga teng. Ishlab chiqarish hajmiin Qe dan oshirish yoki kamaytirish firmaning umumiy foydasini qisqartirdi. Chunki agar ishlab chiqarish hajmi Qe dan kichik bo‘lsa, ( Q  Qe ) qo‘shimcha ishlab chiqarilgan mahsulotning chekli daromadi chekli xarajatdan ko‘p, demak ishlab chiqarishni oshirish maqsadga LMC LAC P E P=MR Pe C A F P0 Q0 Qe Q 178 muvofiqdir. Ammo ishlab chiqarish hajmining Qe dan yuqori bo‘lgan har qanday hajmida chekli xarajat chekli daromaddan yuqori, shuning uchun qo‘shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot foydani qisqartiradi. Umuman olganda bozor narxi qancha yuqori bo‘lsa, albatta xarajatlar o‘zgarmaganda, firma shuncha ko‘p foyda oladi. Xuddi shunday bozor narxi P0 bo‘lganda, firma foydasini maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi Q0 nuqta, ya’ni uzoq muddatli o‘rtacha xarajatlarning minimumi bilan aniqlanadi. Bunday holda firmaning iqtisodiy foydasi nolga teng. Lekin, firma, biz yuqorida aytganimizdek, iqtisodiy foyda nol bo‘lganda ham investitsiya qilgan kapitaliga normal foyda oladi. Uzoq muddatli oraliqda, mukammal raqobatlashgan bozorda nafaqat firma raqobatlashuvchi bo‘ladi, balki tarmoqning o‘zi ham raqobatlashuvchi bo‘ladi. Tarmoqdan chiqish yoki tarmoqqa kirish, firmalar uchun erkin bo‘lganligi uchun, firmalarning iqtisodiy foydasi nolga yaqinlashish tendentsiyasiga ega. Shuning uchun ham, tarmoqda uzoq muddatli muvozanat holatiga erishiladi, qachonki mahsulot narxi P0 tarmoqning tipik vakili bo‘lgan firmaning uzoq muddatli o‘rtcha xarajati minimumiga teng bo‘lsa min ( ) P0  LAC Q (Firma nolga teng iqtisodiy foyda olganda, unda tarmoqdan chiqib ketishga hojat qolmaydi, boshqa firmalarning ham tarmoqqa kirib kelishidan manfaatdor emas. Uzoq muddatli muvozanat holat quyidagi o‘rtacha shart bajarilganda sodir bo‘ladi. Birinchidan, tarmoqdagi barcha firmalar o‘z foydalarini maksimallashtiradi. Ikkinchidan, hamma firmalar nolga teng iqtisodiy foyda olgani uchun har bir firma tarmoqqa kirishdan va undan chiqishdan manfaatdor emas. Uchinchidan, mahsulotning narxi shundayki, bu narxda umumiy taklif (tarmoq taklifi) umumiy iste`mol talabiga teng. Endi faraz qilaylik, uzoq muddatli muvozanat holatga erishildi deylik: Bozor taklif chizig‘i 0 S bilan bozor taklif chizig‘i D0 tarmoq bozorinig muvozanat narxiini aniqlaydi. Bu narxga har bir firma moslashadi va P0  LMC ni ta`minlaydigan va maksimal foyda beradigan ishlab chiqarish hajmini o‘rnatadi. Faraz qilaylik, iste`molchilarning didi o‘zgarishi bilan tarmoq mahsulotiga bo‘lgan talab oshdi va talab chizig‘i D0 holatdan D1 holatga o‘zgaradi. Natijada yangi muvozanat narx P1 o‘rnatildi. Yangi muvozanat narxda firmaning mahsulotiga bo‘lgan talab chizig‘i MR0 holatdan MR1 holatga siljiydi (esdan chiqarmaslik kerakki, raqobatlashgan bozorda talab chizig‘i gorizontal ko‘rinishga ega, ya’ni cheksiz elastik). Yangi muvozanat narxda firma noldan farqli, musbat iqtisodiy foyda ola boshlaydi va u foydani maksimallashtirish uchun ishlab chiqarish hajmini Q0 dan Q1 ga oshirdi. Lekin, ishlab chiqarish hajmining bunday oshishi qisqa muddatli oraliqdagina sodir bo‘ladi. Natijada tarmoq bo‘yicha ishlab chiqarish ham Q0 ' dan Q1 ' ga oshadi. O‘rtacha firma foydasining oshishi mablag‘ qo‘yuvchilarni o‘z resurslarini boshqa tarmoqdan ushbu tarmoqga qo‘yishga undaydi, ya’ni tarmoqqa yangi firmalar kirib kela boshlaydi. Yangi firmalarning tarmoqqa kirishi bozor b) a) P LMC LAC P1=MR1 P0=MR 0 P1 P0 Q0 Q1 Q P P1 P0 Q′0 Q′1 Q′2 Q S0 S1 D1 D0 180 taklifini 0 S holatdan 1 S holatga o‘tib, yangi muvozanat narx P1 ni oldingi darajasi P0 ga teng bo‘lgunga qadar davom etadi. Natijada tarmoq o‘rtacha firmasining optimal ishlab chiqarish hajmi Q0 ga teng bo‘lib, uning iqtisodiy foydasi yana nolga teng bo‘ladi va tarmoqqa yangi firmalarning kirib kelishi to‘xtaydi. Tarmoq ishlab chiqarish hajmining Q0 ' da Q2 o‘sishi tarmoqda Q Q Q 2 0 0  ' ' ta yangi firmalarning paydo bo‘lganini anglatadi. Tarmoqqa firmalarning kirishi va undan chiqishini tarmoqda uzoq muddatli muvozanatni ta`minlovchi mexanizm deb qarash mumkin. Tarmoqqa firmalar kirib keladi, agar ular ushbu tarmoqda iqtisodiy foyda olishini sezsa. Tarmoqdan firmalar chiqib ketadi, agar ular uzoq muddatli oraliqda o‘rtacha xarajtlarini qoplay olmasa. Tarmoqdan chiqish va unga kirish oxirgi (chekli) firma nolga teng iqtisodiy foydaga erishguncha qadar davom etadi. Umuman olganda uzoq muddatli muvozanat holatga erishish juda ko‘p vaqt talab qiladi, lekin qisqa muddatli oraliqda firma katta foyda olishi ham mumkin yoki katta zarar ko‘rishi ham mumkin. Biror bir mahsulot turini ishlab chiqarishda birinchi bo‘lgan firma undan keyin shu ish bilan shug‘ullangan firmaga ko‘ra ko‘proq qisqa muddatli foyda olishi mumkin. Xuddi shunday zarar bilan ishlayotgan tarmoqdan birinchi bo‘lib chiqqan firma investitsiyalarining ancha mablag‘ini iqtisod qilib qolishi mumkin. Uzoq muddatli muvozanatlik kontseptsiyasi firmani qanday va qaysi tomonga qarab harakat qilishini ko‘rsatib beradi. Uzoq muddatli oraliqda ayrim firmalar haqiqiy musbat foyda olishi mumkin. Masalan, biror firma boshqa firmalarga nisbatan kamroq xarajat sarflab mahsulot ishlab chiqarishni ta`minlaydigan patentga yoki yangi g‘oyaga ega deylik. Bunday holda bu firma uzoq muddatli oraliqda musbat haqiqiy foyda olishi mumkin. Boshqa firmalar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishni ta`minlaydigan ushbu patentni yoki g‘oyani olmaguncha mahsulotni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmaydi (tarmoqqa kirmaydi).
Agar firmalar ushbu patentdan foydalanish huquqini sotib olishsa, firmalarning iqtisodiy foydasi nolga teng bo‘ladi. Musbat iqtisodiy foyda tarmoqda harakat qilayotgan firmaning qimmatbaho aktivga, yangi texnologiyaga yoki yaxshi tajribaga ega ekanligidan dalolat beradi. Bunday holda boshqa firmalar tarmoqqa kirishga jur`at qilolmaydi. Musbat iqtisodiy Qisqa muddatli oraliqda bozor taklifi firma taklif chiziqlari yig‘indisi orqali topilardi. Uzoq muddatli oraliqdagi taklifni firma takliflarini qo‘shish orqali aniqlab bo‘lmaydi. Nima uchun deganda, uzoq muddatli oraliqda bozor narxining o‘zgarishiga ko‘ra firmalar bozorga kiradi yoki undan chiqadi. Bu o‘z navbatida firmalar taklif chiziqlarini qo‘shib bo‘lmasligini ko‘rsatadi (qaysi firmalar bozorda qolayotganligini biz bilmaymiz). Uzoq muddatli oraliqdagi taklifni aniqlashda ishlab chiqarish hajmining kengayishini faqat resurslardan foydalanishning kengayishi hisobidan bo‘ladi, deb faraz qilinadi. Ixtiro va texnologiyaning ishlab chiqarishga ta’siri o‘zgarmas deb qabul qilinadi. Uzoq muddatli oraliqdagi umumiy taklifning shakli tarmoqda ishlab chiqarish hajmi o‘sishining yoki kamayishining foydalaniladigan ishlab chiqarish omillari narxiga ta’siri darajasiga bog‘liqdir. Shuning uchun ham uch turdagi tarmoq xo‘jaligi qaraladi: xarajatlari o‘zgarmas, o‘suvchi va kamayuvchi tarmoqlar. Xarajatlari o‘zgarmas bo‘lgan tarmoq. Tarmoqda ishlab chiqarish hajmining o‘sishi foydalaniladigan resurslarning narxiga ta’sir qilmasa, biz yuqorida ko‘rdikki, tarmoqning kengayishi va qisqarishi muvozanat narx P0 ga ta’sir qilmaydi. Biror sabab bilan (masalan, iste`molchi didining o‘zgarishi) talab oshganda mahsulot narxi oshadi va tipik firma musbat iqtisodiy foyda ola boshlaydi. Bu foyda boshqa firmalarni ushbu tarmoqqa kirib kelishiga sabab bo‘ladi. Boshqa firmalarning kirib kelishi taklifni oshiradi, natijada oshgan narx o‘zining oldingi muvozanat holati P0 ga qaytadi. Bundan kelib chiqadiki, xarajatlari o‘zgarmas bo‘lgan tarmoqning uzoq muddatli oraliqdagi taklif chizig‘i narx uzoq muddatli o‘rtacha ishlab chiqarish xarajatlarini minimumiga teng bo‘lganda gorizontal chiziqdan iborat bo‘ladi1. Raqobatlashgan bozor va uning shartlari.
Bozor mukammal raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor bo‘ladi, agar unda quyidagi shartlar bajarilsa:

  • sotuvchi va xaridorlar bozorda mahsulot narxi qanday bo‘lsa, shunday qabul qiladilar va ular narxga ta’sir qila olmaydilar;

  • bozorga yangi sotuvchilarni kirishi cheklanmagan;

  • sotuvchilar birgalikda harakat qilish strategiyasini ishlab chiqmaydi.

Bunday shartlar bajariladigan bozor mukammal raqobatlashgan bozor, sof raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor deb qaraladi. Raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firmaning raqobatlashuvchi firma deb qaraladi. Bundan keyin raqobatlashuvchi firma to‘g‘risida gapirilganda, biz raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firmani nazarda tutamiz.
Demak, raqobatlashgan bozorda tovar narxi bozorda talab va taklif asosida shakllanadi va unga sotuvchi ham xaridor ham ta’sir qila olmaydi:
.
Raqobatlashgan bozorda har bir alohida sotuvchi tomonidan sotiladigan tovarning bozorda sotiladigan umumiy tovar miqdoridagi ulushi juda oz bo‘lgani uchun ham u tovar narxini o‘zgartira olmaydi.
Raqobatlashgan bozorni tahlil qilganimizda bozordagi tovarlarni bir xil deb, ya’ni ularning sifati bir xil deb qaraymiz. (Amalda tovarning sifatiga qarab, ularning narxi har xil bo‘ladi, sifatli tovarning narxi sifati pastroq tovarning narxiga ko‘ra yuqori bo‘ladi).
Raqobatlashgan bozorda umumiy daromad firma tomonidan ma’lum miqdordagi ne’matni sotishdan olgan daromadiga teng, ya’ni umumiy daromad sotilgan mahsulot miqdorini uning narxiga ko‘paytmasiga teng:
, (2)
bu yerda yoki - umumiy daromad; - narx; - sotilgan ne’mat miqdori.
Umuman olganda, daromad sotilgan mahsulot miqdoriga bog‘liq bo‘lganligi uchun, u ko‘rinishida yoziladi.

Yüklə 121,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə