Mamlakatning transport tizimida xavfsizlikni ta‘minlash masalalari reja: Kirish



Yüklə 145,18 Kb.
səhifə6/8
tarix24.12.2023
ölçüsü145,18 Kb.
#160516
1   2   3   4   5   6   7   8
MAMLAKATNING TRANSPORT TIZIMIDA XAVFSIZLIKNI TA‘MINLASH MASALALARI11111111111

Magistral quvurlar. O’zbekiston hududida yirik tabiiy gaz, neft konlarining topilishi va ishga tushirilishi sababli quvur transporti rivojlandi, muhim ahamiyatga ega bo’lgan gaz quvurlari vujudga keldi. Neft va neft mahsulotlarini quvurlar orqali tashish temir yo’l va daryo yo’llari orqali tashishdan ikki-uch marta arzon, yo’l davomida mahsulotning tabiiy yo’qolishi kamayadi, tashish jarayoni muntazamlashadi. Quvur orqali yuk tashish jarayonini avtomatlashtirish ancha oson bo’lib, ko’p sonli ishlovchilarga zaruriyat bo’lmaydi. 1980-yilda truboprovoddagi neft mahsulotlarini tashish tannarxi bir tiyindan ham kam, bu temir yo’lga nisbatan 2,6 mlrd.so’m iqtisod qilish imkonini bergan.
Neft va gaz industriyasi sanoatning flagmani va iqtisodiyotning yetakchi tarmog’i hisoblanadi. U mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. 2018-yil 1-yanvar holatiga respublika bo’yicha magistral quvurlarning uzunligi 13895,7 km.ni tashkil qildi Gaz quvurlari barcha magistral quvurlarning 99,2 %ni tashkil qiladi. Neft quvurlarining ulushi 0,8 % ni tashkil etadi.
Magistral quvurlarning muhim afzalliklari quyidagilardan iborat:
1) yuklarni tashishning arzonligi (ular orqali neft tashish temir yo’l transportiga qaraganda 3 baravar kam xarajat qiladi);
2) quvur liniyalari qurilishi uchun nisbatan kam xarajatlar (bir xil quvvatga ega magistral yoki temir yo’l qurilishidan 2 baravar kam);
3) to’g’ri ishlaydigan quvurlar ishonchli, iqlim sharoitiga bog’liq emas, yil bo’yi ishlaydi;
4) minimal yo’qotishlar kam (temir yo’l bilan taqqoslaganda 1,5 baravar kam va suv transportiga nisbatan 2,5 baravar kam);
5) yuqori o’tkazish qobiliyatiga ega. Ushbu transport turining kamchiliklari: yuklarni tashish tezligining pastligi va ekologik halokat xavf keltirib chiqaradigan halokatlar xavfi bilan izohlanadi, metall sarfining ko’pligi kiradi. Quvur diametri 24 dyum bo’lgan 1 km quvurga 123 tonna metall sarflanadi.
Quvur transporti rivojlantirish muammolari. Quvur transporti oldiga quyilgan ulkan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun magistral quvurlar miqdorini ko’paytirish bilan birga ularning ish samaradorligini oshirish ham katta ahamiyatga egadir.
Ish samardorligini oshirishda tarmoqda hal qilinishi lozim bo’lgan masalalarga quvurlar umumiy miqdorini yanada ko’paytirish, ularning o’tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, quvurlarni karroziyaga qarshi neft bitumlari bilan qoplash, boshqarish ishlarida telemexanika va avtomatlashtirish asboblarini keng qo’llash va boshqalar kiradi.
Quvur transportining yuqori samaradorligi hisobga olinib, ko’pchilik davlatlarda og’ir uglerod – etan, etilen, propan, propilen va boshqalar, suyuq va gazsimon moddalar–kislorod, ammiak, vodorod, azot, xlor, har xil aralashmali tuzlar hamda ayrim oziq-ovqat (sut) buyumlari ham quvur orqali tashilmoqda.
Ko’p vaqtlardan beri ayrim qattiq moddalar ham gidprotransport orqali eritma (pulpa) shaklida tashilayotir. Hozir ba‘zi bir qattiq moddalarni (ko’mir, madan va boshqalar) kapsulalarga joylashtirilib, gaz yoki suyuq neft mahsulotlari bilan yuborish masalalari ham ishlab chiqilmoqda. Qattiq moddalarni quvurlar orqali yuborish ancha murakkabliligi tufayli bu masalani hal qilish ustida hali juda ko’p tadqiqotlar o’tkazish zarur. So’nggi yillarda qum shag’al va boshqa materiallarni konteynerlarga joylashtirib (2-3 tonnalik) katta bosim yordamida trubaprovod orqali yuborish ustida sanoat miqyosida tajribalar o’tkazilayotir. Bunday konteynerlarda yuk yuborish tezligi 40-5 km/s atrofidadir. O’tkazilayotgan tajribalar kelajakda yuklarni mana shunday usulda tashish tejamli bo’lishi ko’rsatilmoqda.
Transport infratuzilmasining rivojlanganligi ishlab chiqarish quvvatlari, resurslardan keng foydalanish, mamlakat hududlarini bir butun yaxlitlikda rivojlantirish, haqida fikr yuritish va ayni paytda mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda milliy iqtisodiyot miqyosida iqtisodiy faoliyatni rejalashtirish imkonini beradi. Transport oqimlarini boshqarish, jamoat transportini rivojlantirishga investitsiyalar kiritish orqali davlat transport infratuzilmasining rivojlanishiga ta‘sir ko’rsatishi talab etiladi.
Bularning barchasi tovar narxining transport tashkil etuvchisining qiymatini pasaytiradi, hududlar o’rtasidagi tafovutlarni bartaraf etadi, yangi bozorlarga kirib borish imkoniyatlarini oshirgan holda, raqobatbardoshlik darajasini oshiradi, kooperatsiya va ishlab chiqarish integratsiyasining rivojlanishiga ko’maklashadi. Buning natijasida quyidagilar ta‘min etiladi:
a) avtomobil, temir yo’llari va aeroportlarning sifat tavsiflari yaxshilanadi;
b) mavjud sanoat quvvatlaridan samarali foydalanish ta‘min etiladi;
d) avtomatlashgan boshqaruv tizimlarini joriy etish evaziga transport jarayonlari takomillashtiriladi. Barcha o’zgarishlar transport xizmatlarining sifatiga ta‘sir ko’rsatadi va mamlakatda iqtisodiy o’sishning ta‘minlanishiga xizmat qiladi. O’zbekistonda so’nggi yillarda transport infratuzilmasi modernizatsiya qilindi, bu esa yo’lovchi va yuk tashishlariga bo’lgan talabni qondirish bilan bir qatorda, istiqbolda rivojlanish uchun keng imkoniyatlar ochib berganligini qayd qilishimiz lozim. O’zbekiston barcha zamonaviy transport turlariga ega, mamlakat transport kommunikatsiyalarining joylashishi va tarkibi mamlakatning barcha ichki va tashqi zamonaviy transport-iqtisodiy aloqalariga to’la javob bersada, biroq uni bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish talab etiladi.
Transport korxonalari xo’jalik yuritishning yangicha shart-sharoitlariga asta-sekinlik bilan moslashib borayotgan bo’lsa-da, erkin bozor munosabatlarining rivojlanishi va qaror topishi sharoitida transport va transport infratuzilmasini rivojlantirish borasida bir qator muammolar o’z yechimini kutib turibdi. Yaxlit holda transport tizimi va uning bir qator asosiy segmentlari (temir yo’l transporti va ichki suv yo’llari infratuzilmasi, avtomobil yo’llari) muntazam investitsiyalarga ehtiyoj sezadi va ―uzoq muddatli barqarorlik‖ni ta‘minlash zaxirasiga ega emas. Mamlakat transport tizimi texnik darajasining nochorligi va uning ishlab chiqarish bazasining qoniqarsiz ahvolda ekanligi asosiy muammolar sirasiga kiradi.
Infratuzilma obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish hajmlarining yetarlicha emasligi va shuningdek, harakatdagi transport vositalari, boshqa yuk va yo’lovchi tashish texnikalarini yangilashning talab darajasida emasligi so’nggi yillarda mamlakat transport tizimi texnik holati va ishchanlik qobiliyatining sezilarli darajada yomonlashishiga olib keldi. Temir yo’l transporti infratuzilmasining texnik qurollanish darajasining yetarlicha emasligi sharoitida temir yo’l transporti infratuzilmasining yuklanish darajasi ortib borganligini ko’rishimiz mumkin. Temir yo’l tarmog’i uzunligi deyarli o’zgarmagan bir sharoitda temir yo’lning 1 km. ekspluatatsion uzunligiga to’g’ri keluvchi yuklanganlik o’rtacha tarmoq bo’yicha 24,9 mln. t-km/km.dan ko’proqni tashkil etmoqda, bu esa boshqa mamlakatlarning temir yo’l transporti infratuzilmasining yuklanganlik darajasidan sezilarli darajada yuqoridir. Buning natijasida transport infratuzilmasi uchastkalarining o’tkazish qobiliyatiga nisbatan muammoli (tig’iz uchastkalar) asosiy temir yo’l yo’nalishlarining 16%ini yoki 7,6 ming km.ni tashkil etmoqda.
O’zbekiston Respublikasida bugungi kunda milliy investorlar mablag’lari hisobiga tashkil etilgan bor-yo’g’i 5 ta logistika markazi faoliyat ko’rsatmoqda.
Quyidagilar xalqaro tashuvlarni amalga oshirishga salbiy ta‘sir ko’rsatadi:
1. Chegarada avtotransport vositalari turib qolishi (ma‘lumot uchun: O’zbekistonda o’tkazish vaqti 2 sutkadan 5 sutkagacha vaqtni, YI mamlakatlarida 12 soatdan 24 soatgacha vaqtni, Rossiyada 1 kunni tashkil etadi).
2. O’tkazish punktlarining inspeksiya-tekshiruvdan o’tkazish majmualari, avtotransport vositalarining hajmi va gabaritini aniqlaydigan (mintaqani o’lchaydigan) zamonaviy o’lchash uskunalari bilan yetarlicha texnik jihozlanmaganligi.
3. Zamonaviy va xavfsiz avtomobil turar joylari, haydovchilar dam olish joylari, avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va
ularni ta‘mirlash punktlari, yuqori ekologik standartdagi yoqilg’i quyish imkoniyatiga ega zamonaviy avtomobilga yoqilg’i quyish stansiyalari (AYOS) yetishmasligi.
4. Eksport-import yuklarini saqlash, qayta ishlash va o’ramlashni tashkil etish uchun foydalanish mumkin bo’lgan logistika va kommunikatsiyaning infratuzilmaviy obyektlari yetarlicha rivojlanmagan.

Iqtisodiy taraqqiyot talablari va aholi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yo’l tarmoqlari uzunligi va ularning holatini talab darajasiga keltirish masalalarini hal etish qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi, ularni yetkazib beruvchi mahalliy ta‘minotchi va ishlab chiqaruvchilarning monopol mavqega egaliklari bir qator qiyinchiliklarni tug’dirmoqda. Xususan, bir qator qurilish materiallarining narxi bozor narxlariga qaraganda tezroq o’sishi hisobiga yo’l ishlariga sarflanuvchi xarajatlar tarkibida zarur xomashyo materiallarini sotib olish uchun umumiy xarajatlarning qariyb 60 foizi sarflanmoqda.


Innovatsion faoliyat sohasida so’nggi yillarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan bevosita yo’llarning sifatiga, ularning uzoq muddat xizmat qilishiga ta‘sir ko’rsatuvchi materiallarni ishlab chiqarishning texnologik taraqqiyot darajasi hanuz pastligicha qolmoqda. Keng xalq iste‘moli va sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish innovatsion asoslarda tashkil qilinayotgan bir paytda, ko’pchilik qoldiq tamoyili bo’yicha qurilish materiallarini ishlab chiqarishni afzal biladilar.
Mehnat unumdorligining pastligi, eskirgan transport texnika va texnologiyalari, harakatdagi tarkib va infratuzilma obyektlarini ta‘mirlash xarajatlarining yuqoriligi va shuningdek, daromad stavkasi o’sishining transport tomonidan iste‘mol qilinuvchi yoqilg’i, elektr energiyasi, materiallar va texnik vositalar narxining o’sishidan orqada qolishi evaziga yuk va yo’lovchi tashish past rentabellikka ega bo’lmoqda va ko’pchilik holatlarda esa transport korxonalari o’z egalariga zarar keltirmoqda.
Ajratilayotgan byudjet subsidiyalari yo’lovchi va yuk tashish tariflarini davlat tomonidan tartibga solish natijasida vujudga keluvchi transport kompaniyalarining yo’qotishlarini to’lig’icha qoplash imkonini bermaydi.
Yuqorida tilga olib o’tilgan sabablar va omillar mulkchilik shaklidan qat‘i nazar barcha transport korxonalarining faoliyatiga o’z salbiy ta‘sirini ko’rsatmoqda. Davlat tasarrufida bo’lgan va tabiiy monopoliya tarmoqlaridan biri sifatida qaraluvchi magistral temir yo’l transportining ham rentabellik ko’rsatkichlari pastligicha qolmoqda. Transport korxonalari investitsion imkoniyatlarining pastligi, uzoq muddatli qarz mablag’larini jalb qilishdagi qiyinchiliklar, davlat-xususiy sherikchilik mexanizmlarining yetarlicha rivojlanmaganligi bilan bog’liq holda transport tarmog’iga investitsiyalarni jalb qilish borasida bir qator dolzarb muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Hozirgi paytda aksariyat hollarda rivojlanishning kapital sig’imi past bo’lgan modelidan foydalanilmoqda va bunday vaziyatda xizmatlar hajmining o’sishi mavjud asosiy fondlardan foydalanishni oshirish evaziga ta‘minlanmoqda.
Transport xizmatlari sifatini oshirish masalalarini tartibga solish, transport korxonalarining mobilizatsion tayyorligini oshirish va ular tomonidan harbiy-transport majburiyatlarining bajarilishini ta‘minlash, davlat va investorlar o’rtasida huquq-majburiyatlar va tavakkalchiliklarning qonuniy tarzda taqsimlanishini ko’zda tutuvchi davlat-xususiy sherikchilik mexanizmlarini rivojlantirish, shuning bilan bir qatorda, transport sohasida mazkur mexanizmlardan foydalanishning ustuvor yo’nalishlarini ko’zda tutuvchi transport tizimi va transport xizmatlari bozorini rivojlantirishning me‘yoriy-huquqiy asoslarini takomillashtirish kun tartibidagi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Yana bir muhim muammolardan biri jahon transport xizmatlari bozorida mahalliy transport kompaniyalari va umuman olganda, mamlakat transport tizimi raqobatbardoshlik darajasining pastligidir.
Mazkur vaziyat yuqorida tilga olib o’tilgan muammolar bilan bir qatorda mahalliy transport korxonalarining jahon bozorida raqobatlashish borasida imkoniyatlarining cheklanganligi, shu jumladan, xalqaro tranzit tashishlar sohasida O’zbekistonning geosiyosiy ustunliklaridan yetarlicha samarali foydalana olmayotganligi bilan ham bog’liqdir. Xalqaro transport yo’laklarining texnik va texnologik parametrlari mahalliy transport korxonalarining xalqaro bozorlarda raqobatbardosh bo’lishiga imkon bermaydi.
Transport xizmatlarining xalqaro va mintaqaviy bozorlariga integratsiyalashuv raqobat kurashining avj olishini, O’zbekiston bozoriga xorijiy tashuvchilarning kirib kelishini, ma‘muriy va tarifli to’siqlarning olib tashlanishini bildiradi, bu esa o’z navbatida, mahalliy transport kompaniyalarining ahvolini yanada yomonlashishiga olib keladi. Transport xizmatlari bozori rivojlanishining dunyoviy tendensiyalari dunyoda hech bir mamlakat kuchli transport tizimi va mavqYIga ega bo’lmasdan o’z iqtisodiyotidagi mavjud xavf-xatarlarni nazorat qila olmasligini ko’rsatadi.
Transport rivojlanishining dunyodagi tendensiyalari quyidagilardan dalolat bermoqda:  tashuvchilar va transport turlariga nisbatan cheklovlar davri o’z nihoyasiga yetdi. Ko’pchilik mamlakatlar transport tizimining raqobatbardoshligini oshirishga, kvotalash tizimi va shuningdek, tarifli va shu kabi to’siqlardan voz kechishga va buning o’rniga transport sohasini tartibga solish borasidagi qonunchilikni xalqaro qonunchilik bilan uyg’unlashtirishga intilmoqdalar;
 transport xizmatlari bozori murakkablasha borib, transport jarayoni va logistikaning barcha segmentlari o’zaro integratsiyalashmoqda. Bu esa o’z navbatida, transport infratuzilmasining yangi tipi – o’zaro hamkorlikning yaxlit birlashgan tizimini tashkil etuvchi transport-logistika va tovar-transport majmuining rivojlanishiga turtki berdi;  transport markazlari tizimning boshqaruvchi elementiga aylanishi butun yo’l davomida tashish narxlarini maqbullashtirish imkonini berdi. Bu esa foyda nuqtasini tashishning jismoniy ko’rsatkichlari va jarayonlaridan transport-logistika xizmatlari tomon siljishiga olib keldi. Transport yo’laklari tushunchasi o’z mohiyatini birmuncha o’zgartirdi. Transport yo’laklari avvallari yo’nalishlarning umumiyligini ifoda etgan bo’lsa, endilikda ular transport tugunlari va tashishlarni boshqarish markazi tizimiga aylandi va shu asnoda ular tarif siyosatini boshqarish funksiyasini ham asta-sekinlik bilan o’z zimmasiga oldi;  transport xizmatlarining sifati va ularning raqobatbardoshlik darajasi bugungi kunda o’zining yuqori rivojlanish cho’qqisiga erishdi. Talab yuqori bo’lgan transport bozori segmentlarida raqobat kafolatlangan transport xizmatlari sifati uchun musobaqalashish ko’rinishini oldi. Mazkur holatda raqobat kurashida asosiy urg’u narx orqali raqobatlashishga qaratilganligini ta‘kidlash lozim. Raqobat kurashining kuchayishi asnosida transport turlarining ekologik jihatdan ma‘lum bir talablarga javob berishiga ham alohida e‘tibor qaratila boshlandi. Ekologiya va xavfsizlik borasida belgilangan me‘yorlarga qat‘iy rioya qilish bilan bir qatorda mahsulotning yakuniy narxida transport xarajatlarini imkon qadar maqbul darajada bo’lishiga intilish muhim o’rin egallashini unutmaslik lozim. O’zbekiston transport tizimi uchun rivojlanishning ushbu darajasi hali imkon darajasida emas. Tashuvchilar va transport tugunlari operatorlarining raqobatbardoshligini oshirish, transport tizimiga xizmat ko’rsatuvchi texnologiyalarning o’zaro integratsiyasini ta‘minlash, transport xizmatlari sifatini bosqichma-bosqich yaxshilanib borishini rag’batlantirish lozim. Mazkur tadbirlarning amalga oshirilishi barobarida transport xizmatlari narxi darajasini ham maqbullashtirishga erishish mumkin. Transport turlariga nisbatan belgilangan ekologik va xavfsizlik talablari bu borada eng asosiy cheklov hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi transport tarmog’i uchun xos bo’lgan tizimli muammolar sirasiga quyidagilar kiradi:  transport infratuzilmasini rivojlantirish borasida hududiy va tarkibiy nomutanosibliklarning mavjudligi;  mamlakat aholisi mobillik darajasining pastligi va transport xizmatlari narxining qimmatligi;  transport xizmatlari sifatining talab darajasida emasligi;  tranzit salohiyatidan yetarlicha foydalanmaslik, transport xizmatlari eksporti darajasining pastligi;  transport xavfsizligini ta‘minlash borasidagi chora-tadbirlarning yetarlicha emasligi;  transportning atrof-muhitga salbiy ta‘sirining kuchayib borishi. Shunday qilib, O’zbekistonda transport tizimi taraqqiyotining yetarlicha taraqqiy etmaganligi iqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlashda sezilarli to’siqlarni vujudga keltirmoqda. Shu bois, 2030-yilgacha bo’lgan muddatda mamlakat transport tizimini rivojlantirishning maqsadli va asosiy strategik yo’nalishlarini belgilab beruvchi yangilangan uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish talab etiladi. Transport majmui faoliyatini yo’lga qo’yish borasida mahalliy va xorijiy tajribani tahlil qilish yuqori darajada yo’l-transport xavfsizligini ta‘minlashning quyidagi asosiy yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish imkonini beradi:  mos hududiy infratuzilmani yaratish asosida multimodal yuk tashish tizimlari va barcha transport turlarini kompleks rivojlantirish;  shahar ichi va hududiy yo’l xo’jaligini modernizatsiyalash;  shaharlarda transport qatnovi va transport majmuini boshqarish tizimini qayta tashkil etish;  ishlab chiqarish chiqindilarini yig’ish, tashish va ularni keyinchalik qayta ishlashning zamonaviy tizimini barpo etish. Transport tizimini kompleks rivojlantirish quyidagilarni nazarda tutadi:  transportni boshqarishning mezo va mikroiqtisodiy funksiyalarini alohida ajratib olish: yaxlit tizim sifatida elektr, avtomobil, havo, daryo, dengiz va temir yo’l transportini rivojlantirish strategiyasini aniqlashtirish bilan bog’liq bo’lgan mezoiqtisodiy funksiyalar davlat va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshirilsa, tijorat asosidagi tashishlarni tashkil etish borasidagi mikroiqtisodiy funksiyalar –firmalar va davlat ulushi mavjud bo’lgan ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari tomonidan amalga oshiriladi;
 transport harakatini va shuningdek, logistika markazlarini boshqarish bo’yicha shahar va hududiy organlarni tashkil etish;
 davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan regional transport infratuzilmasi obyektlari (dengiz va daryo portlari, aeroportlar, terminallar, vokzallar va boshqalar)ni hududlar yoki munitsipial tuzilmalar ixtiyoriga berish;
 transport qurilishi va infratuzilma obyektlaridan foydalanish borasida davlat-xususiy sherikchilik munosabatlarini rivojlantirish;
 shahar ichida yo’lovchi va yuk tashish tarkibini maqbullashtirish.

Shahar transportini rivojlantirish strategiyasi transport infratuzilmasi, eng avvalo, yo’llar, terminallar va logistika markazlarini taraqqiy ettirish istiqbollarini hisobga olishi lozim. Mazkur infratuzilma holatini baholashning quyidagi ko’rsatkichlar tizimi farqlanadi:


 1,0 ming km² maydon, 1 mln. aholiga to’g’ri keluvchi yo’llar uzunligi;
 qattiq qoplamali va zamonaviy muhandislik kommunikatsiyalariga ega bo’lgan yo’llarning ulushi (transport tugunlari; yo’l o’tkazgichlar, to’sinlar; yo’l ayrimalari; ko’priklar va boshq.);
 yo’l-transport hodisalari;
 zamonaviy yo’llarga ega bo’lgan aholi yashash manzillari, yuk tashuvchilar va yuk qabul qiluvchilar ulushi;
 zamonaviy avtomobil yo’llarining o’sib borish sur‘atlari;
 bir nechta transport turlari yordamida amalga oshiriluvchi intermodal tashishlarning ulushi;
 harakatni boshqarishning telematik vositalari bilan jihozlangan yo’llarning uzunligi;
 1 mln. tonna yuk hisobida zamonaviy terminallarning quvvati.

O’zbekistonning transport majmui va bugungi kunda mavjud bo’lgan transport xavfsizligi muammolari yaxlit tarzda mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashning muhim sharti sifatida qarab chiqishni taqozo etadi. Bunday xavflarning vujudga kelish sabablari orasida quyidagilarni ajratib ko’rsatishimiz mumkin:


 ayrim yo’l uchastkalari o’tkazish quvvatining yetarlicha emasligi yoki umuman bunday imkoniyatga ega emasligi;
 uchinchi mamlakat orqali tranzit yuk va yo’lovchi tashish shartlarining noqulayligi;
 transport vositalarining mavjud emasligi;
 transport ta‘riflarining haddan tashqari yuqoriligi;
 ma‘lum bir yo’llar va yo’nalishlarda yuk hamda yo’lovchi tashishning ishonchlilik darajasining pastligi.



Yüklə 145,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə