Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘G‘risida


Soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari



Yüklə 347,16 Kb.
səhifə3/5
tarix30.12.2023
ölçüsü347,16 Kb.
#167144
1   2   3   4   5
Axborot xavfsizligi

Soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari
Quyidagilar soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
a) aholi, tadbirkorlik subyektlari hamda davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasidagi munosabatlarni raqamlashtirish, shuningdek, raqamli xizmatlar va servislardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish;
b) davlat idoralari faoliyatini to‘liq raqamlashtirishni ko‘zda tutuvchi “Elektron hukumat” tizimining yangi bosqichi — “Raqamli hukumat” tizimiga o‘tish;
v) axborot tizimlari va resurslari asosida hududlarda zamonaviy boshqaruv uslublarini joriy etishni nazarda tutuvchi “Raqamli hudud” dasturini amalga oshirish;
g) IT-industriya uchun qulay sharoit yaratish orqali mamlakatimizni “IT Xab”ga aylantirish va xizmatlar eksportini oshirish;
d) raqamli texnologiyalar bo‘yicha aholining bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;
e) zamonaviy va sifatli raqamli infratuzilmani rivojlantirish;
j) Axborot texnologiyalarini joriy etish va ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifati ustidan samarali raqamli nazoratni yo‘lga qo‘yish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-son Farmoniga
3-ILOVA
Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi tashkilotlarni qayta tashkil etish va nomlash
DASTURI

T/r

Tashkilotning amaldagi to‘liq (rasmiy) nomi

Qayta tashkil etilayotgan va nomlanayotgan tashkilotning to‘liq (rasmiy) nomi

Qayta tashkil etilayotgan tashkilotning faoliyatiga oid qoidalar va izohlar

1.

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi

Nomi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi etib o‘zgartirilmoqda.

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan samarali
va maqsadli foydalanilishini ta’minlash maqsadida boshqaruv apparatining amaldagi maqomi saqlab qolingan holda uning mablag‘larini shakllantirish manbalari, jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yo‘nalishlari normativ-huquqiy hujjat bilan qayta ko‘rib chiqiladi.

2.

“Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi

Nomi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi etib o‘zgartirilmoqda.



3.

“Aloqaloyiha”davlat unitar korxonasi

Raqamlashtirish vazirligi muassisligidagi “Aloqaloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyati etib qaytatashkil etilmoqda.

Negizida Raqamlashtirish vazirligi muassisligidagi “Aloqaloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etilib, ustav fondidagi 49 foiz davlat ulushi xususiylashtiriladi.

4.

“Xabar” gazetasi tahririyati” davlat unitar korxonasi

Raqamlashtirish vazirligi muassisligidagi “Xabar” gazetasi tahririyati” mas’uliyati cheklangan jamiyati etib qaytatashkil etilmoqda.

Negizida “Xabar” gazetasi tahririyati” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etilib, ustav fondidagi 49 foiz davlat ulushi xususiylashtiriladi.

5.

“UNICON.UZ” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” davlat unitar korxonasi

Raqamlashtirish vazirligi muassisligidagi “UNICON.UZ” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati etib qaytatashkil etilmoqda.

Negizida Raqamlashtirish vazirligi muassisligidagi “UNICON.UZ” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi”mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etiladi.

6.

“Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi muassisligidagi “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati etib qaytatashkil etilmoqda.

Negizida Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi muassisligidagi “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etiladi.

7.

“Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” davlat unitar korxonasi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi muassisligidagi “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi”mas’uliyati cheklangan jamiyati etib qaytatashkil etilmoqda.

Negizida “Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etilib, ustav fondidagi 15 foiz davlat ulushi xususiylashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PF-76-son Farmoniga
4-ILOVA

Yüklə 347,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə