Mana bir boq boq (4x) Qay chamanni anbari



Yüklə 18,07 Kb.
tarix20.10.2023
ölçüsü18,07 Kb.
#128422
Boq boq


Mana bir boq boq (4x)

Qay chamanni anbari


Qaysi makon sarvari
Feruza yoqut misan
Qaysi konni gavhari
Sana banda bolubdur
Husn olaminda bari
O’zing solding qalbima
Getma go’zimdan nari
Kimni sevar yorisan
So’yla manga ey pari.

N-t
Mana bir boq boq (4x)

Ko’nglim bo’ldi beqaror
Sani ko’rib ey malak
Oshiqni bayon aylab
Etma yo’lingda halak
Har galding yonima
Bergin o’zingdan darak
Mas aylading nozina
Qo’ynimdan chiqdi yurak
Kimni sevar yorisan
So’yla manga ey pari.

N-t
Mana bir boq boq (4x)

Bu shuhrat aylading
Tashna qilib qonima
Yoki sitam ko’rgizib
Azob berib jonima
Yo muruvvat ehson et
Rahm ayla ahvolima
Raftori tovus mayda
qadam bosib yonima
Kimni sevar yorisan
So’yla manga ey pari

Mana bir boq boq (8x)

Yondirdi likir likirlaring dod alam
Yora dikir dikirlaring dod alam
Zimdan qarab qiqir qiqir kularsan
Yondirdi sani makrlaring dod alam(2x)

O’ynag’aning sani hiylayi nayrang


Azoblaring jonim olur tur-farang(2x)

Dard-u sitamlardan boshlarim garang


Nozu firog’ingdan asablar tarang(2x)

Yondirdi likir likirlaring dod alam


Yora dikir dikirlaring dod alam
Zimdan qarab qiqir qiqir kularsan
Yondirdi sani makrlaring dod alam(2x)

Ukajon toza gulim yori sitam o’zginangiz(2x)


Bir nigoh birla shirin qildi xumor ko’zginangiz(2x)

Gala laylim laylim, sana boylum boylum


Gala holim galadir ochilgan gulim galadir
Buuuuy omoneyy(2x) nozingdaney

Gala laylim laylim, sana boylum boylum


Gala holim galadir ochilgan gulim galadir(2x)

O’zi bir kichkinadur ofatijon o’ldiradur


Kiprigiyu qoshlari pistadahon kuydiradur
Buuuuy omoneyy(2x) nozingdaney
Gala laylim laylim, sana boylum boylum
Gala holim galadir ochilgan gulim galadir(2x)

Jonga oro berar jonni alifdek turishing(2x)


Ko’ngil orom olib ruhu ravondek yurishing(2x)
Buuuuy omoneyy(2x) nozingdaney
Gala laylim laylim, sana boylum boylum
Gala holim galadir ochilgan gulim galadir(2x)

Lopppi loppi loppi loppi


Loppi loppi desam sani erkalab
Boshima kotarsam bika bikalab

Gal gal endi ko’chalarni to’ldirib


Yigitlarni bo’larini bo’ldirib(2x)
Chiroyda zo’rliqda talabgorlarni(2x)
Hammasini o’rta yo’lda qoldirib(2x)
Lopppi loppi loppi loppi
Loppi loppi desam sani erkalab
Boshima kotarsam bika bikalab

Chakkalaring oppoq lablaring o’ymoq


Qirmiz dudoqlara garakmas bo’yoq(2x)
Og’asin achog’in do’ldirib turg’an(2x)
Do’lido’q qomating bunchalar do’mboq(2x)

Lopppi loppi loppi loppi


Loppi loppi desam sani erkalab
Boshima kotarsam bika bikalab
Yo siz galling yo man boray(2x)

Ko’nglim sultoni shohisiz yuragimning armonisiz(2x)


Hayolimning xamroxisiz(2x)
Yo siz galling yo man boray(2x)

Boqqim kelar o’zingizga zorman bitta so’zingizga(2x)


Hech qiz yetmas o’zingizga (2x)

Yo siz galling yo man boray(4x)
Yüklə 18,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə