Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix29.11.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#138946
1   2   3   4   5   6   7
manaviyatshunoslik mustaqil talim1

2. Badiiy qadriyatlar: 
- xalq og‘zaki ijodi (asotir, afsona, rivoyat, ertak, doston, maqol, matal, qo‘shiq, 
latifa, lof, xalq dramasi, askiya); 
- xalq tasviriy va amaliy san’ati (xalq yaratgan badiiy-estetik san’at namunalari, 
xalq teatri, xalq musiqiy san’ati); 
- ijtimoiy tarixiy taraqqiyot jarayonida paydo bo‘lgan, rivojlangan, qadriyat 
darajasiga ko‘tarilgan an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, amaliy faoliyatdagi 
ilg‘or tajribalar yig‘indisidan iborat. 
xalq og‘zaki ijodining ma’naviy qadriyatlarini targ‘ib etishdagi ta’sir kuchi, 
unda xalqning o‘zligi, milliy xarakter hususiyatlarining ochib berilishi bilan 
xarakterlanadi va ularda xalqning g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy, badiiy-estetik
ekologik, iqtisodiy, diniy, aqliy, jismoniy madaniyati mazmuni, ma’naviy talab va 
ehtiyojlari, orzu-umidlari, ta’lim-tarbiya shakl, usul va vositalari o‘z ifodasini 
topgan. 
Xalq og‘zaki ijodi namunalarida chuqur ilmiy asoslangan bo‘lsa-da, ma’naviy 
qadriyatlarning ikkala guruhiga mansub barcha qadriyatlarning poydevori 
(insonparvarlik, bilimdonlik, mehnatsevarlik, adolatparvarlik, kattalarga hurmat
rostgo‘ylik, mehmondo‘stlik va boshqalar) o‘z aksini topgan.
Doston xalq ma’naviy qadriyatlarining qorishiq holda mujassamlashtirilgan 
xalq og‘zaki ijodi shakllaridan biri bo‘lib, unda folklor, musiqa, teatr, she’riyat kabi 
badiiy-estetik qadriyatlar umumlashtirilgan. Dostonlarda yuksak insoniy fazilatlar 
baxshilar tomonidan badihago‘ylik yo‘li bilan tinglovchilarga yetkaziladi, uning 
hissiy ta’sir kuchi orqali sharq xalqlarining chatishib ketgan falsafiy, diniy, axloqiy 
qarashlari, urf-odatlari, turmushi badiiy tafakkur qilinadi. Dostonlarning tarbiyaviy 
va ma’rifiy ahamiyati yuksak go‘zallikka, baxt-saodatga erishishning birdan-bir 
yo‘li maqsad sari qat’iy intilishdan, matonat, mardlik, qahramonlik ko‘rsatishdan 
iborat. 



Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə