Manbashunoslik va tarixshunoslik


Arab yozuvidagi (arab, fors turkiy tillardagi manbalar)



Yüklə 2,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/242
tarix05.04.2022
ölçüsü2,59 Mb.
#85071
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   242
Manbashunoslik va tarixshunoslik

Arab yozuvidagi (arab, fors turkiy tillardagi manbalar) 
Arab  yozuvidagi  dastlabki  manbalar  tarixidan.  Arab  tilidagi  yozma 
manbalar:  Qur’oni  Karim  va  uning  tafsirlari;  hadislar  va  ularning  sharhlari; 
Muhammad  payg‘ambar  va  xalifalar  hayotiga  oid  asarlar.  Fiqhga  oid  manbalar. 
Arab  tilida  yozilgan  turli  fan  sohalariga    oid  manbalar  (filologiya,  lug‘atlar, 
filosofiya,  meditsina,  geografiya).  Arab  tilidagi  tarixiy  asarlar  (al-Madoiniy, 
Tabariy,  al-Balazuriy,  al-YA’qubiy,  Beruniy  asarlari).  Fanlar  tasnifiga  oid  asarlar 
(Ibn an-Nadim, Abu Abdulloh al-Xorazmiy). IX-XIII asrlar davomida arab tilidagi 
manbalarning ko‘payishi.  Forsiy tilda arab yozuvida yozilgan dastlabki  manbalar. 
Arab  yozuviga  o‘tish  bosqichlari.  Forsiy  matnlardagi  xat  turlari.  Xattotlik  kasb 
sifatida.  Forsiy  yozma  merosning  ko‘payib  borishi.  Eng  qadimgi  forsiy 
qo‘lyozmalar (islomga oid manbalar; turli fan sohalariga oid asarlar). Bizgacha etib 
kelgan  forsiy  yozma  meros  haqida  (Tarjimayi  “Tarixi  Tabariy”,  Hudud-ul-olam, 
Jahonnoma, “Zayn-ul-axbor” Gardiziy asari; Firdavsiy “SHohnoma”).  
Arab 
yozuvidagi  turkiy  yozma  meros.  Turkiy  yozma  merosning  ko‘lami.  Turkiy 
tillardagi  yozma  merosning  shakl  jihatdan  tarkibi;  nazmda  yozilgan  asarlar, 
islomga  oid  asarlar,  tarjima  asarlar  (arab  va  forsiy  tillardan),  sharhlar.  Arab 
yozuvidagi  turkiy  qo‘lyozma  asarlarning  miqdoriy  ko‘rsatkichlari  (jahon 
qo‘lyozma  xazinalaridagi  salmog‘i).  Turkiy  qo‘lyozmalarning  mazmuniy  tarkibi: 
tarix,  xronologiya,  yozishmalar,  biografiya,  shajara,  geografiya,  bibliografiya, 
astronomiya, ensiklopediya, meditsina, falsafa, etika, matematika. Arab yozuvidagi 
turkiy qo‘lyozmalarning tashqi belgilariga qarab bo‘linishi. Turkiy qo‘lyozmalar ─ 
“Qutadg‘u  bilik”,  “Tarixi  muluki  ajam”,  Qur’on  tafsirlari,  “Qisasi  Rabg‘uziy”, 
“SHayboniynoma”, “Tavorixi guzida” asarlari. 
 

Yüklə 2,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə