|
![](/i/favi32.png) Mantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari Tafakkurning qonunlari. Ma’ruza rejasiMantiq fanining predmeti, maqsad va vazifalari (1)keng tarqalgan analogiya
– hodisalar o‘xshashligidan ularni vujudga keltirgan
sabablar, sabablar o‘xshashligidan esa ularga xos o‘xshashliklar harakati to‘g‘risida xulosa
chiqarish.
v)
qat’iy analogiya
– ikki buyumning bir umumiy belgi bo‘yicha o‘xshashlgidan boshqa
belgi bo‘yicha o‘xshashligi to‘g‘risida xulosa chiqarish.
g)
qat’iy bo‘lmagan analogiya
–
bir belgidan boshqa belgilar to‘g‘risida xulosa chiqarish
Analogiya fan va texnikada modellashtirishning mantiqiy asosi bo‘lib xizmat qiladi
4-savol bayoni:
Fan bilimlarning muayyan sistemasidan iboratdir. Bilimlar o‘rtasidagi
aloqadorlik, izchillik va tartibni, ularning chin yoki yolg‘onligini bevosita ko‘rib bo‘lmaydi. Agar
buning iloji bo‘lsa, unda hech qanday dalil va isbotga hojat qolmas edi. Holbuki, ko‘pgina ilmiy
bilimlarni aniqlash dalillash yoki isbot qilishni taqozo etadi.
Ilmiy bilimlarning faqat bir qismi isbot talab qilmaydi. Bu aksiomalardir. Chunki ular
tajribada allaqachon tekshirilib tasdiqlangandir. Qolgan aksariyat ko‘pchilik bilimlar esa isbot va
dalilga muhtojdir. Shuning uchun dalillash va isbot bilimlar chinligi, haqqoniyligi va to‘g‘riligini
aniqlashning muhim shartidir. Asossiz fikr g‘ayriilmiy fikrdir.
Shunday qilib, ob’ektiv voqelikdagi narsa va hodisalar to‘g‘risidagi bilimlarimiz isbot va
yetarli asosga tayanmog‘i lozim. Isbot xulosa chiqarish orqali amalga oshiriladi. Masalan, suvning
elastik jism ekanligi to‘g‘risidagi fikrning chinligini aniqlash uchun uni quyidagicha isbot qilamiz:
Suv suyuqlikdir.
Suyuq jismlarning barchasi elastikdir.
Demak, suyuqlikdan iborat bo‘lgan suv ham elastikdir.
Bu misoldan ravshanki, biror fikrning isboti uchun boshqa ma’lum, isbotlangan, aniq fakt va
dalillar, fikrlar asos qilib olinadi. Bu
dalillash yoki isbotlashdir
.
Dostları ilə paylaş: |
|
|