Markaziy bank va uning funksiyalari Reja


Oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiya



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə10/12
tarix17.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#105932
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Markaziy bank va uning funksiyalari Reja

Oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiyasi.
Davlatning oltin - valyuta rezervlarini boshqarish funktsiyasi. Markaziy Bank davlatning oltin, kimmatbaxr metal va kamyob toshlarni valyuta zaxiralarini boshqaradi. Davlatning rasmiy oltin-valyuta zaxiralari xalkaro xisob-kitoblarda aktivlar rezervi, xisob-kitoblar boyicha davlatning kafolatli sug’urta fondi sifatida namoyon bo’ladi. Odatda mamlakat oltin zaxiralarining asosiy qismi Markaziy bank ixtiyoriga berilgan bo’ladi. Ba’zi davlatlarda oltin zaxiralar moliya ministrligi ixtiyorida bo’lib, markaziy bank oltin bilan operatsiyalarni olib boradi.
Rivojlangan davlatlarda xukumatning odatda, chet el valyutalarida hisob-raqamlari bo’lmaydi. Mamlakatning oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish Markaziy bank zimmasida bo’lib, ularning summasi Markaziy bank balansida aks etadi. Xukumatning esa, chet el valyutalarida tashqi qarzlari mavjud bo’ladi. qarzni tqlash muddati kelishi bilan xukumat Markaziy bankka tqlov topshiriqnomasi yozadi. Bank qzining valyuta zaxiralari hisobidan xukumatning tashqi qarzini to’laydi va to’langan summaning milliy valyutadagi ekvivalentini xukumatning hisob raqamlaridan chegirib oladi.


Rivojlangan industrial davlatlarda Markaziy bank bajaradigan an’anaviy funktsiyalardan biri - valyuta zaxiralarini boshqarishda Markaziy bankning monopol mavqeiga ega ekanligidir. Xususan, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSh kabi davlatlarning markaziy banklari mamlakat valyuta zaxiralarini boshqarishda ana shunday huquqqa egadirlar.


Markaziy banklarning maslahatlar berish va ma’lumotlar bilan ta’minlash funktsiyasini uning davlat banki sifatidagi funktsiyasiga kiritish mumkin. Markaziy bankning ma’lumotlar talab qilish huquqi to’g’risida tijorat banklari uchun hisobotlar shaklini va topshirish muddatini belgilab berishligini Markaziy bankning ma’lumot - tadqiqot funktsiyasining bir ko’rinishi sifatida ko’rsatadi.


Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Markaziy bankning funktsiyalari qo`yilgan maqsadlarga erishishni ta’minlash uchun xizmat qiladi. Shu sababli asosiy maqsadga erishish yo`lida belgilangan u yoki bu vazifani hal etish Markaziy bank funktsiyalarining ayrimlarini boshqalariga nisbatan faolroq jalb qilinishini talab etadi.

Yuqorida qayd etib o`tilgan Markaziy bankning asosiy an’anaviy funktsiyalari xalqaro bank tizimida an’anaviy ko’rinish sifatida keng tarqalgan, ya’ni har bir rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar Markaziy banklarining funktsiyalari bir-biriga o’xshab ketadi



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə