Markaziy bankning yuridik shaxs sifatidagi maqomi va funktsiyalari. Reja


Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishda



Yüklə 77,32 Kb.
səhifə10/10
tarix29.04.2023
ölçüsü77,32 Kb.
#107666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishda sudlarni «adolat qo‘rg‘oni»ga aylantirish, jumladan, Oliy sud faoliyatini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi birlashtirilib, Oliy sud faoliyati takomillashtirildi, sudya lavozimida bo‘lishning ilk marotaba besh yillik, keyin o‘n yillik muddati va muddatsiz davri belgilandi, sud tomonidan jinoyat ishini qo‘shimcha tergovga qaytarish instituti bekor qilindi. Fuqarolik ishi bo‘yicha sud qarorini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish imkoniyatini beruvchi muddat 3 yildan 1 yilga qisqartirildi.
Sudyalikka hayot tajribasiga ega shaxslarni tayinlash maqsadida ilk marotaba tavsiya etiladigan nomzodlar uchun sudyalikka nomzodning yoshi kamida 35 yosh etib belgilandi. Sudyalikka nomzodlarni tanlov asosida tanlab olish mexanizmi joriy etildi. O‘tgan davr mobaynida sudyalarning umumiy soni qariyb 30 foizga oshdi, natijada sudyalar korpusi kuchaytirildi.
Sudyalar daxlsizligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha sud inspeksiyasi tashkil etildi. Sud tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tatbiq qilinmoqda.
2017–2021 yillarda inson huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha muhim qadamlar tashlandi. Jumladan, mamlakat aholisi uchun uzoq yillardan buyon og‘riqli masala bo‘lib kelgan «propiska» tizimi tubdan isloh qilindi. Fuqarolik berish tartibining soddalashtirilishi natijasida 2018–2021 yillarda 70 mingdan ortiq shaxs O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.
Byurokratik to‘siqlarni kamaytirish yo‘lida jismoniy shaxslar uchun bojxona hududiga kirib kelish va uni tark etish bo‘yicha «yashil» va «qizil» yo‘lak tizimi amaliyotga tatbiq etildi. Avvallari O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelishda yo‘lovchi bojxona nazoratidan o‘tish uchun o‘rtacha 2 soatgacha vaqt sarflagan bo‘lsa, endilikda o‘rtacha 30 daqiqadan 1 soatgacha vaqt ichida chegara va bojxona nazoratini tark etishi mumkin.Uzoq yillar davomida mamlakat uchun tamg‘a bo‘lib kelgan Jasliq jazoni ijro etish koloniyasi tugatildi. Qiynoqlarning oldini olish masalasiga davlat rahbari tomonidan alohida e’tibor qaratilibdi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.https://finlit.uz/uz/articles/financial-market/central-bank
2.https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_Respublikasi_Markaziy_banki.
3.https://kun.uz/uz/news/2018/06/07/markazij-bankning-asosij-vazifalari-nimalardan-iborat
4.https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/tijorat_banklarida_korporativ_boshqaruv_qanday_buladi.
5.https://nbu.uz/news/markaziy-bankining-kengaytirilgan-boshqaruv-majlisi-bolib-otdi/
6.https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/markaziy_bank_tugrisida_yangi_qonun
Yüklə 77,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə