Marketing funksiyalari va uning mazmuni



Yüklə 111,23 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü111,23 Kb.
#163611
Marketing funksiyalari va uning mazmuni


Marketing funksiyalari va uning mazmuni………………………….
3.2. Marketingning asosiy vazifalari……………………………………..
3.3. Marketingning asosiy tamoyillari…………………………………...
3.4. Talabning holati va rivojlanishiga ko‘ra marketingning turlari……..
3.1. Marketing funksiyalari va uning mazmuni
Marketing konsepsiyasini mazmuni marketing funksiyalarini amalga oshirish
orqali hal etiladi. Marketing funksiyalari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
 marketing tadqiqotlari;
 mahsulot assortimenti ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish;
 sotish va taqsimot funksiyasi;
 tovarni siljitish;
 narxni tashkil etish funksiyasi;
 marketing-menejment funksiyasi.
1 Marketing tadqiqotlari funksiyasida:
 xalqaro bozorni tahlil etish;
 sotish bozorini tadqiq etish;
 iste’molchi ehtiyojlarini tadqiq etish;
 marketing operatsiyalarini o‘rganish;
 axborot to‘plash va qayta ishlash;
 marketing-miks kompleksini tadqiq qilish;
 raqobatlarni o‘rganish;
 benchmarking;
 talabni va sotishni prognoz qilish va boshqalar o‘rganiladi.
Tahliliy funksiyada tashqi muhit omillari, bozor, uning elementlari va holati,
iste’molchilar, bozorni tuzilishi, tovar va tovarni tuzilishi, shuningdek firmaning
ichki muhiti tahlil qilinadi. Bunda firma rahbariyati tomonidan nazorat qilinadigan
omillar- texnologik jarayon, moliyaviy ahvoli, tashkiliy tuzilish, bozorni tanlash va
boshqalar hisobga olinadi.
Tashqi
muhit
omillariga
iste’molchilar,
texnologiya, mustaqil ommaviy axborot vositalari kabi nazorat qilinmaydigan omillar
kiradi.
2
Mahsulot
yaratish
funksiyasi
orqali
marketing
faoliyatida
yangi
mahsulotlarni yaratish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab
chiqarish sohasiga tovar raqobatdoshligi va sifatni boshqarish, shuningdek tovar
siyosatini ishlab chiqish masalalari hal etiladi.
3 Sotish funksiyasi orqali tovarni taqsimlash va sotish siyosatini ishlab chiqish,
savdo-taqsimot tarmog‘i orqali sotuvni tashkil etish, yuk tashishni va omborga
joylashtirishni tashkil etish, tovar aylanmasini aniqlash, taqsimot tizimini fizik
oqimlarini nazorat qilish va sotishni tahlil etish o‘rganiladi.
4 Tovarni siljitish funksiyasi natijasida sotishni rag‘batlantirish va reklama
siyosatini ishlab chiqish; sotishni rag‘batlantirishni samarali vositalarini asoslash;
tovarni siljitish to‘g‘risida multimedia texnologiyalarini asoslash; ichki firma
reklamasini tashkil etish; sotuv ishlarini rag‘batlantirish; pablik rileyshnzni tashkil
qilish va boshqalar to‘liq o‘rganiladi.
5 Narxni tashkil etish funksiyasi orqali narxni shakllanish strategiyasi va
taktikasini ishlab chiqish; sotuvni har bir bozori uchun har bir mahsulot uchun
yashash davrini turli bosqichlarida narx matritsasini tuzish; joriy narxlar o‘zgarishi
mexanizmini tuzish; raqobatchi narxini tahlil qilish; yangi mahsulot uchun narx
belgilash kabilar hal etiladi.
6 Marketing-menejment funksiyasi esa marketingni boshqarishni tashkil
etish; nazorat qilish, marketing xizmatini tashkiliy tuzilishini ishlab chiqish,
marketing faoliyati tizimida boshqaruv qarorlarini optimallashtirish, audit, marketing
xizmati faoliyati samaradorligini baholash kabilarni o‘rganadi.
Marketing funksiyalari firmani boshqa funksiyalari, ya’ni ishlab chiqarish,
kadrlar, moddiy texnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funksiyalari bilan
birga amalga oshiriladi.
Marketingning
funksiyalari
xo‘jalik
yurituvchi
subyektlarning
boshqa
funksiyalaridan farqi shundan iboratki, marketing funksiyalari xo‘jalik yurituvchi
subyektlar, uning iste’molchilari, mijozlari o‘rtasida ayirboshlash jarayonini amalga
oshirish va tashkil etishga qaratilgandir. Shuning uchun ham marketing funksiyalari
doimo o‘zgarib boradigan ehtiyoj hamda talabni shakllanishi, yaratilishi va
rivojlanishiga ta’sir etadi.
3.2. Marketingning asosiy vazifalari
Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish
uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli
echish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o‘zgarishlarga tezda moslashish,
iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga
keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o‘rganish va
prognoz qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o‘rganishni o‘z
oldiga maqsad qilib qo‘ygandir.
Marketingni vazifalari quyidagi MARKETING
Mahsulotlarni
Mahsulotlarni sotish
i shlab chiqarish
 Sifat
Bozorni
Bozorga ta’sir
 Xarajatlar
o‘rganish
o‘tkazish
 Qo’yiladigan
choralari
talablar
 Talab
 Sotuvni
 Taklif
tashkil etish
 Savdo
Reklama
Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim:
 xaridorlar ehtiyojini o‘rganish va aniqlash;
 narxning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;
 talab va taklif to‘g‘risida olingan ma’lumotlar asosida bozorni o‘rganish;
 tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga
qiziqishini orttirish;
 tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi narx tadqiqotlarini amalga oshirish
uchun ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish;
 tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar
olish;
 to‘ldiruvchi tovarlar va o‘rnini bosuvchi tovarlar to‘g‘risida axborot
yig‘ish;
 tovarlarga bo‘lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat
qilishdan iboratdir.
Marketingni bosh vazifasi korxonaning mavjud va potensial imkoniyatlarini
baholash va amalga oshirish hamda bozorda talab va taklifni muvofiqlashtirish
maqsadida imkoniyatlarni aniqlashdan iborat.
Marketing yoki tadbirkorlik faoliyati aniq natijaga erishish maqsadida amalga
oshiriladi. Marketingni asosiy maqsadlari firmaning asosiy maqsadlari bilan o‘zaro
aloqadordir.
3.1-jadval
Korxonaning asosiy maqsadi
Maqsadlar
Ko‘rsatkichlar
Bozor ulushi, aylanma, tovarni roli va ahamiyati, yangi
Bozorni egallash
bozorlarni qamrab olish
Foyda, aylanmaga nisbatan rentabellik, shaxs kapitalini
Rentabellik
rentabelligi, umumiy kapitalni rentabelligi
Kreditga
layoqatligi,
likvidligi,
o‘z-o‘zini
Moliyaviy barqarorlik
moliyalashtirish darajasi, kapitalni tuzilishi
Ish bilan qoniqish, daromad darajasi va ijtimoiy himoya,
Ijtimoiy maqsadlar
ijtimoiy integratsiya, shaxsiy rivojlanish
Bozordagi pozitsiya va
Mustaqilligi,
imij,
siyosiy
sharoitga
munosabati,
prestij
jamiyatni tan olishi
Firmaning asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi:

bozorni egallash;

rentabellik;

moliyaviy barqarorlik;

ishlab chiqarishni ijtimoiy omillarini ta’minlash;

bozordagi mavjud va prestijni tashkil tatbiq mustahkamlash.
Marketing
maqsadlari
tahlili
unga
erishish
bo‘yicha
asosiy
vazifalarni
shakllantirishga imkon beradi. Meffert 1986 yilda 3 ta o‘zaro bog‘liq marketingni
kompleks vazifalarini ajratib ko‘rsatadi:
1 Talabni tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan bozor faoliyatiga kiruvchi
vazifalar.
2 Firma yoki korxona sohasiga taalluqli vazifalar.
3 Tashqi muhit va jamiyat tashkilotlari bilan bog‘liq masalalar.
Marketing vazifalari natijasida marketing jarayonini barcha bosqichlariga mos
keluvchi marketing funksiyalari shakllanadi va doimo tartibga solib boriladi.
3.3. Marketingning asosiy tamoyillari
Korxona faoliyatini boshqarish tizimi sifatida, marketingni asosiy qoidalari
bo‘lib, uning marketing faoliyatini samarali amalga oshirishning asosida muayyan
tamoyillar yotadi.
Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-mavjud va potensial iste’molchilar ehtiyojini aniq bilgan holda tovar yoki
xizmatga bo‘lgan talabini qondirishga yo‘naltirish;
-barcha zvenolar faoliyatini xo‘jalik mexanizmini yagona tizimiga birlashtirib,
ularni oxirgi amaliy natijalari erishishga yo‘naltirishni ta’minlash;
-korxonaning
ishlab
chiqarish
hamda
tijorat
faoliyatini
uzoq
natijadorligini ta’minlash;
-iste’molchilarni o‘zgarib turuvchi talablariga faol moslashish maqsadida,
korxona xulq-atvori strategiyasi hamda taktikasini birlashtirib, bir vaqtning o‘zida,
ularning ehtiyojlarini shakllantirish va rag‘batlantirishga ta’sir o‘tkazish.
Ijtimoiy ahamiyati nuqtai nazaridan to‘rtta marketingni muqobil maqsadlarga
ajratiladi.
1 Iste’mol darajasini oshirish;
2 Iste’molchilarni qondirilishini maksimallashtirish;
3 Iste’mol tanlovini maksimallashtirish;
4 Turmush tarzini (sifatini) oshirish.
Iste’mol darajasini oshirish ishlab chiqaruvchilar foydasini o‘sishga olib keladi,
ishlab chiqarishni va xizmatlar sohasini rivojlantirishga, shuningdek ishsizlikni
kamayishiga olib keladi.
Iste’molchilarni qondirilganligini maksimallashtirish iste’mol kutayotgan tovar
(xizmat) xossalariga to‘liq mos kelishiga erishishni ko‘zlaydi.
Iste’mol
tanlovini
maksimallashtirish
iste’molchilarga
(xizmat)larni turli xillarini ko‘rsatib, ularning xodimlariga to‘liq mos keluvchi
bozorda tovarlarni qidirib topish mumkin bo‘lgan tovarlarni mujassamlashtiradi.
Turmush sifatini oshirishda marketing tovarlarni sotish, sifatini ta’minlash va
tovar (xizmat) narx bo‘yicha maqbul bo‘lish emas, balki jismoniy va moddiy jihatdan
sifatni anglatadi.
Marketingning asosiy tamoyillari:
1 Iste’molchiga yo‘naltirilganlik.
2 Kelgusiga yo‘naltirilganlik. Ishlab chiqaruvchi marketing faoliyatini qisqa
muddatli natijalariga emas, balki uzoq muddatli natijalariga mo‘ljalni olgan bo‘lishi
kerak.
3 Oxirgi amaliy natijalarga erishishga yo‘naltirilganlik.
Marketing faoliyati natijasi bozor ulushi, sotish hajmi, foydaning o‘sishi bilan
belgilanadi.
Marketing tamoyillari marketing asosini va uning mohiyatini ochib beruvchi
holat, talabdir. Marketingni mohiyati – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
albatta iste’molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga
mo‘ljallashdan iborat. Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib
chiqadi:
 iste’molchilarga nima kerak bo‘lsa o‘shani ishlab chiqarish kerak;
 bozorga tovarlar va xizmatlar taklifi bilan emas, balki iste’molchilarn
muammolarini echish vositalari bilan ishlash;
 tovar ishlab chiqarishni ehtiyoj va talabni tadqiq qilgandan so‘ng tashkil etish
kerak;
 firmani
ishlab
chiqarish-eksport
faoliyatining
oxirgi
natijalariga
konsentrlashganini kuchaytirish;
 marketing konsepsiyasi vositalarini qo‘llash asosida marketing dasturini
shakllantirishga olib keluvchi qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun kompleks
yondashish va maqsadli dastur uslubini ishlatish;
 tovarni iste’molchiga siljitishni barcha bo‘g‘inlarini marketing bilan qamrab
olish maqsadida bir vaqtni o‘zida maqsadli yo‘naltirilgan ta’sir asosida bozor talabiga
mos keluvchi tovar ishlab chiqarish strategiya va taktikasini qo‘llash;
 korxona faoliyatini va marketing xizmatini bozorda tovar xulq-atvorini
prognoz qilishi va strategik rejalashtirishni amalga oshirish asosida samarali
kommunikatsiyani uzoq muddatli istiqboliga mo‘ljal olish;
 tovarni yashash davrini barcha bosqichlarini ishlab chiqarish va tovar
taqsimlashni ijtimoiy va iqtisodiy omillarini hisobga olish;
 tashkilot va tarmoqlar rejasiga nisbatan bozorni birlamchi ekanligini eslash;
 talab
va
taklifni
balanslashtirish
maqsadida
rejalarni
tarmoqlararo
korrdinatsiyalash va o‘zaro ta’sirini ushlab turish;
 tovar bozori yoki firma imiji (obro‘yi) va raqobatli ustunlikni qidirish va
shakllantirish jarayonida aniq holatda agressivlikka, hujumkorlikka, faollikka intilish,
umumiy holda marketingning asosiy tamoyillari – bu bozorni bilish, unga moslashish
va bozorga ta’sir o‘tkazishdan iborat.
Xulosa qilib aytganda, marketingning mohiyati va maqsadlaridan quyidagicha
asosiy tamoyillari kelib chiqadi:
 iste’molchilarga yo‘naltirilgan tamoyil, ya’ni iste’molchi shohdir;
 istiqbolga
yo‘naltirilgan
tamoyil,
ya’ni
subyekt
faoliyati
yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur;
 pirovard ko‘rsatkichga erishishga yo‘naltirilgan tamoyil, ya’ni bozor ulushini,
foydani oshishi va hokazolar.
3.4.
Talabning holati va rivojlanishiga ko‘ra marketingning turlari
Marketing talabni qondirishga qaratilgan faoliyat bo‘libgina qolmay, balki
talabga ta’sir ham qilishdir. Xo‘sh, bu ta’sir qanday bo‘lishi kerak, boshqa
mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tish va yangi talabni vujudga keltirish kerakmi?
Marketing faoliyatining bu aniq maqsadlarini - bozorda mavjud bo‘lgan vaziyatni
hisobga olish bilan, xaridorlar qiziqish darajasi bilan, korxonaning o‘z iqtisodiy va
ijtimoiy vazifalari bilan, u yoki bu bozorga kirishi bilan aniqlanadi. Shunday qilib,
talab marketing maqsadini, shu bilan birga kerakli marketing strategiyasini tanlashga
imkon beradi. Bir necha talab darajasini va unga mos keluvchi bir qancha
strategiyasini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Quyidagi talab darajasi va unga mos
keluvchi marketing strategiyasini ko‘rib chiqamiz.
1 Salbiy talab. Agar xaridorlarning ko‘pchilik qismi tovarni qabul qilmasa va
undan qochsa, bozor salbiy talab vaziyatida bo‘ladi. Marketing xizmatlarining
vazifasi - nima uchun bozor tovarni qabul qilmayapti, marketing dasturi tovarlarni
mukammallashtirish orqali, narxlarni pasaytirish orqali tovarga bo‘lgan qarashlarni
o‘zgartirish mumkinligini tahlil qilish va talabni yanada faol qo‘llab-quvvatlashdir.
2 Mavjud bo‘lmagan talab. Iste’molchilar tovar bilan qiziqmasliklari va e’tibor
bermasliklari mumkin. Bu holda marketingning vazifasi - xaridorlarda ushbu tovarga
nisbatan qiziqish uyg‘otishdir.
3 Yashirin talab. Ko‘pgina iste’molchilar bozorda mavjud bo‘lgan tovarlar va
xizmatlar bilan qondirilishi mumkin bo‘lmagan talabga ega bo‘ladilar. Bu holda
marketingning vazifasi - potensial bozor hajmini aniqlash va talabni qondirishga
qodir bo‘lgan samarali tovarlar yaratishdan iborat.
4 Pasayayotgan talab. Ertami-kechmi, har qanday korxonaning bir yoki bir
necha
tovariga
bo‘lgan
talabning
pasayishiga
duch
keladi.
Bu
sharoitda
kon’yunkturaning pasayish sabablarini tahlil qilish lozim va yangi maqsadli bozorlar
topish yo‘li bilan, tovar xususiyatlarini o‘zgartirish yoki yanada samarali aloqalar
(kommunikatsiya) o‘rnatish bilan tovar etkazib berishni rag‘batlantirish mumkinligi
aniqlanadi. Bu erda marketingning vazifasi - pasayib borayotgan talabning oldini
olish uchun, tovarni taklif qilishga ijodiy yondashish lozimligini unutmaslikdir.
5 Doimiy
bo‘lgan talab.
Ko‘pchilik korxonalarda tovar
etkazib berish
mavsumiy, kundalik va hattoki soatbay tebranishga ega. Bu korxonalarning asosiy
fondlarini kam yoki ko‘p yuklash muammosini tug‘diradi. Masalan, jamoa
transportining asosiy qismida «tig‘iz vaqtda» yo‘lovchilar haddan ziyod ko‘p bo‘ladi.
Bu vaziyatda marketingning vazifasi - o‘zgaruvchan (egiluvchan) narxlar yordamida,
rag‘batlantirish va boshqa ta’sir qilish usullari orqali talabning vaqt bo‘yicha
tebranishini tekislash yo‘llarini izlashi lozim.
6 To‘laqonli talab. Bu talab to‘g‘risida tadbirkorlar o‘z savdo tushumlaridan,
foydalaridan to‘liq qoniqish olgan holdagina gapiradilar. Marketing vazifasi
iste’molchilarning tovarni ustun ko‘rishi va raqobatning kuchayishiga qaramasdan
talabning mavjud darajasini ushlab qolishga harakat qilish lozim. Bu sharoitida tovar
sifatini yanada oshirish, unga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, tovarning iste’molni
qondirish darajasini doimiy nazorat qilish birinchi o‘ringa chiqadi.
7 Haddan tashqari yuqori bo‘lgan talab. Bozordagi talabni qondirish mumkin
bo‘lgan darajadan talab darajasi yuqori bo‘ladi. Bu holda marketingning vazifasi -
talabning vaqtinchalik yoki doimiy ravishda pasaytirish yo‘lini izlab topishdir. Bu
vaziyatda
narxlarni
ko‘tarish
orqali,
talabni
qisqartirishga
qaratilgan
rag‘batlantirishlar, servisni pasaytirish va boshqa choralar yordamida haddan tashqari
yuqori bo‘lgan talabni kamaytirishga harakat qilinadi. Bu vaziyatda marketingning
maqsadi - talabni butunlay yo‘q qilish emas, balki faqatgina uning darajasini
pasaytirishdan iborat.
8 Noratsional talab. Tovarga bo‘lgan talabga qarshi harakat qilish, sog‘liqqa
zararli tovarlarga talabni kamaytirish aniq maqsadli harakatlarni talab qiladi, tamaki
mahsulotlari, spirtli ichimliklarning tarqalishiga qarshi turli tadbirlar o‘tkaziladi.
Marketingni vazifasi mahsulot zarari to‘g‘risida ma’lumotlar tarqatish, narxlarni
ko‘tarish va tovarlarga egalik qilishni cheklashlar orqali, iste’molchilarni o‘z
odatlaridan voz kechishga ishontirish.
Shunday qilib, talabning 8 holatiga to‘xtalib o‘tdik. Mana shu holatlarning har
biriga to‘g‘ri keladigan marketing turlari quyidagi rasmda keltirilmoqda.
Konvertsiyali-talab yo‘q (salbiy), uni vujudga keltirish
shart.
Rag‘
batlantiruvchi-talab
umuman
yo‘q,
uni
vujudga
keltirish kerak.
Rivojlanuvchi-tala b mavjud, uni real holga keltirish kerak.
Remarketing-talab pasaymoqda, uni qayta tiklash kerak.
Marketing
turlari
Demarketing-talab haddan tashqari ko‘p, uni pasaytirish
kerak.
Sinxromarketing-talab o‘zgarib turibdi, barqarorlashtirish
kerak.
Qo‘llab-quvvatlovchi
marketing-talab
korxona
imkoniyatlariga to‘g‘ri keladi, uni barqaror holga keltirish
kerak.
Qarshi turuvchi m arketing-irratsional talab shakllangan, uni
nolga tushirish ker ak.
3.2-rasm. Talab har xil holatlarda qo‘llaniladigan marketing turlari
Konversion marketing - salbiy talabni bosib o‘tishga yordam beradi, ya’ni yo‘q
joyda talabni vujudga keltiradi, bunga ishontirish va tovar to‘g‘risidagi yolg‘on
ma’lumotlarni inkor etish orqali erishiladi. Masalan, urushdan keyingi yillarda
sotuvda, sanoatda ishlab chiqilgan mayonez paydo bo‘ldi. Xaridorlar buni tezda
qabul qilmadilar. Faqatgina reklama vositasi bilangina mahsulotga talab vujudga
keltirildi va taklif muvozanatlashtirildi.
Rag‘batlantiruvchi
marketing
-
talabni
qiziqtirmasa va bugungi kunda o‘z qiymatini yo‘qotgan bo‘lsa, tovarlar noto‘g‘ri
joylashtirilgan bo‘lsa va boshqa bir necha hollarda talab mavjud bo‘lmasligi mumkin.
Bunday sharoitda rag‘batlantiruvchi marketingning maqsadi iste’molchi bilan tovar
o‘rtasida foydali o‘zaro aloqa o‘rnatishdan, imkoniyatlarni yaratishdan va talabni
yaratishdan iboratdir.
Potensial talab mavjud, uni real talabga aylantirish kerak. Bu sharoitda
rivojlanuvchi marketing turidan foydalaniladi. Potensial talabni real talabga
aylantirish uchun birinchi navbatda yangi tovarlar yaratish ustida ishlash kerak, ya’ni
talabni yangi sifat darajasida qondirishga erishish kerak. Rivojlanuvchi marketing -
yashirin talabni qamrab oluvchi va uni real talabga aylantiruvchidir.
Talabning pasayishi turli davrlarda har qanday tovar duch keladigan hodisa. Bu
holatda Remarketingdan foydalaniladi. Remarketingning maqsadi talabni tiklash
zarurligini bildiradi, ya’ni tushib borayotgan talabni jonlantirishdir.
Talab o‘zgarib turadi, talabni stabillash kerak. Bu holatda sinxromarketing
turidan
foydalaniladi.
Sinxromarketing
-
tebranib
barqarorlashtirishga va uni tartibga solishga yordam beradi. Bunday talab mavsumiy
va boshqa tebranishlar bilan xarakterlanadi. Buning natijasida tovar taklifi talabga
to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun sinxromarketingning strategiyasi talab va taklif
me’yorini tekislashdan iborat.
Talab firmaning imkoniyatlariga aniq javob beradi, talabning bir tekisda
bo‘lishiga erishish kerak. Bu sharoitda qo‘llab-quvvatlovchi marketing turidan
foydalaniladi. Qo‘llab-quvvatlovchi marketing - tovarlar va xizmatlar assortimentini
to‘ldirish, yangilash va narxlarni pasaytirish orqali mavjud bo‘lgan talab va ehtiyoj
darajasini saqlab qolishga imkon beradi.
Talab haddan tashqari yuqori, talabni pasaytirishga erishish lozim. Bu holatda
demarketing turidan foydalaniladi. Demarketingning maqsadi narxni ko‘tarish,
servisni qisqartirish yo‘li bilan talabni vaqtinchalik yoki surunkasiga pasaytirishdan
iborat.
Nosog‘lom talab sog‘liq uchun zararli bo‘lgan tovarlarga nisbatan paydo
bo‘ladi. Bunda qarama qarshi harakatlanuvchi marketing noratsional ehtiyojlarni
qondiruvchi talab va xizmatlarga bo‘lgan talabni kamaytirish yoki butunlay yo‘q
qilishga xizmat qiladi. Bunga antireklama vositasida erishiladi.
Yüklə 111,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə