Mavzu Kredit va uning mazmuni. Reja (2)



Yüklə 192,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix24.12.2023
ölçüsü192,12 Kb.
#158853
  1   2   3   4   5   6   7   8   9


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM
Iqtisodiyot yo‘nalishi
20.116 guruh talabasi
Mo'ydinzoda Muhammadali
Kredit va uning mazmuni
mavzusida
Mustaqil ishi


Kredit va uning mazmuni.
REJA:
• Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari.
• Kredit turlari va tamoyillari.
• Foiz va unga ta’sir etuvchi omillar.
• Kredit va bank tizimi.
• Pul multiplikatori.
• Markaziy bank va uning asosiy vazifalari.


1
.
Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari.
Kredit so`zi
lotincha credit - ishonch degan ma’noni anglatib, tovar yoki pulni
ma’lum bir muddatda qaytarish sharti bilan qarzga berishni bildiradi. Birov pulini
qaytarib olishga ishongani uchun qarz beradi.
Kredit munosabatlari juda qadim zamonlarda
vujudga
kelgan. Dastlab natura
shaklida (g`alla, chorva va boshqalar) mulkdorlar tomonidan qarzga berish rasm bo`la
boshlagan. Keyinroq pul shaklida ham beriladigan bo`ldi. qarzga pul berishning dastlabki
shakli sudxo`rlik bo`lib, u nihoyatda yuqori darajada protsent bilan qaytarilishi bilan
kreditdan farq qiladi. qadimgi Gretsiyada eramizgacha IV- asrda oyiga 42 %, yiliga 570
% gacha foiz to`langani tarixiy
manbalarda
qayd etilgan. Bundan tashqari sudxo`r
qarz
oluvchidan
qo`shimcha
imkoniyatlar
yaratilishini
ham
talab
qilgan. Badiiy
adabiyotda
birinchi
bo`lib, fransuz yozuvchisi O. Balzak sudxo`r obrazini yaratgan.
S.Ayniyning “Sudxo`rning o`limi“ asari o`zining mazmuni, obraz ifodasi jixatdan Balzak
asaridan ham o`tib ketgan desak xato qilmaymiz.
Sudxo`rlik
qarzi bir tomondan kuchayib mayda ishlab chiqaruvchilarni xonavayron
qilgan, ikkinchi tomondan kapitalning dastlabki jamg`arish uchun zarur mablag`larni
shakllanishga yordam bergan. Industrial ishlab chiqarish va klassik kapitalizmning
vujudga kelishi bilan kreditsiz ishlab chiqarish faoliyatini yuritish qiyinlashib qoladi.
Kapital bir xo`jalikda pul shaklida, ikkinchisida tovar shaklida bo`lib, turli sohalarda
harakati bir-biriga to`g`ri kelmaydi. Kapital harakatining alohidalashgani tufayli bir
xo`jalikda pul etishmasa, ikkinchisida bo`sh pul mavjud bo`ladi. Natijasida mablag`i yo`q
xo`jaliklar, bo`sh pul mablag`i borlardan qarz olishga majbur bo`ladilar. Bo`sh pul
mablag`i borlar o`z pullarini ma’lum muddatga qarzga berar ekanlar, pularini boshqa
birovni qo`liga topshirib, xatarli tavakkal qilganlari uchun ma’lum miqdorda
haq
oladilar. o`z
mablag`i etarli bo`lmagan xo`jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy resurslarga
bo`lgan ehtiyojini kredit orqali qoplaydi. Takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz davom
etishini
ta’minlash zaruriyati kredit munosabatini ob’ektiv zarur qilib qo`yadi. CHunki
tovarlar ishlab chiqarish,
uni sotish, tovar ishlab chiqarish uchun zarur resurslarni
sotib olish bir vaqtning o`zida yuz bermaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bo`sh pul mablag`larini o`lik boylik, xazina sifatida
saqlash
befoyda. Jamiyat taraqqiy
etishi
bilan
kredit munosabatlari rivojlanib,
yangi-yangi
imkoniyatlar vujudga kela boradi. hozirgi iqtisodiyotni kreditsiz tasavvur
qilib bo`lmaydi.

Yüklə 192,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə