Ma’ruza №13 mavzu: flotatsiya usulida boyitishning fizik- kimyoviy asoslari. Flotatsiya usullari


Hozirgi zamon flotatsiya jarayonining shakllanishi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix21.04.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#85833
1   2   3   4   5
13-maruza

Hozirgi zamon flotatsiya jarayonining shakllanishi 

Flotatsiya  jarayoni  foydali  qazilmalarni  boyitish  usuli  sifatida  amaliyotda 

o‘z  o‘rnini  topguncha  uzoq  va  murakkab  yo‘lni  bosib  o‘tadi.  Flotatsiya  jarayoni 

shakllanish  davrida  yog‘li  (maslyanaya),  pardali  (plenochnaya)  va  ko‘pikli 

(pennaya) – flotatsiya deb nomlanib kelindi. 

1860  yilda  Vilyam  Xayns  (Angliya)  minerallarni  ajratib  olish  masalasida 

birinchi  patent oladi.  Bu  ixtironi  mazmuni  shundan  iborat edi:  o‘ta  maydalangan 

ruda suv zichligidan kam zichlikka ega bo‘lgan yog‘ bilan aralashtiriladi, so‘ngra 

bu  aralashma  suv  bilan  to‘ldirilgan  idishga  (tindirgichga)  beriladi.  Yog‘  bilan 

namlangan suvyuqmas zarrachalar (sulfidlar) yog‘ zarrachalari bilan yuqorida, suv 

yuquvchan zarrachalar (masalan, kvars) tindirgichni tubida to‘plangan. Bu usulni 

yog‘li  flotatsiya  deb  atalgan.  Yog‘li  flotatsiya  usulida  yog‘ning  sarfi katta  (2  %) 

bo‘lgan.  Yog‘  sarfini  kamaytirish  maqsadida  ish  olib  borgan  nemis  olimlari 

Germaniyada  1877  yilda  ikkinchi  patentni  oladilar.  Bunda  yuqoridagi  jarayon 

aynan  qoladi,  faqat  tindirgichdagi  bo‘tana  qaynatiladi.  Qaynatilayotgan 

bo‘tanadan  suvda  erigan  gazlar  ajralib  chiqadi  va  flotatsiya  jarayoni  samaraliroq 

o‘tadi,  ammo,  bu  davrda  pufakchalarni  ahamiyati  nimadan  iborat  ekanligini 

tushunib yetmagan edilar. 

 




Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə