Ma’ruza №13 mavzu: flotatsiya usulida boyitishning fizik- kimyoviy asoslari. Flotatsiya usullari


Rasm 47. Namlanishni har-xil holatlari



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix21.04.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#85833
1   2   3   4   5
13-maruza

 

Rasm 47. Namlanishni har-xil holatlari: 

a) suv tomchisi; b) havo pufakchasi. 


 

Mineral  qanchalik  suvyuqmas  bo‘lsa,  unga  havo  pufakchalari  shunchalik 

yaxshi yopishadi va flotatsiya jarayoni sodir bo‘ladi. 

Chegara  burchakning  muvozanatdagi  qiymati  Davidov-Neyman  tenglamasi 

bilan aniqlanadi: 

 

cос ѳ=



г

с

с

к

г

к





   



 

 

 



 

 

 



(58) 

 

 Ko‘pincha, 



58-tenglama  bilan  aniqlangan,  chegara  burchakning 

muvozanatdagi qiymati, amalda xaqiqiy qiymatiga to‘g‘ri kelmay, farq qiladi. Buni 

namlanish gisterezisi deb ataladi. Bunga sabab, namlanish perimetri bo‘ylab ta’sir 

qilayotgan  ishqalanish  kuchidir.  Soddaroq  qilib  aytganda,  qattiq  faza  yuzasiga 

tomizilgan suvning  yuzasidagi  havoni siqib chiqarishi sekinroq o‘tadi,  muvozanat 

qiymatiga yetib bormaydi, yuzada suv sekinroq yoyiladi. 

Namlanish  gisterezisi  qattiq  faza  yuzasini  g‘adir-budirligi  (silliqmasligi) 

oshgan  sari  oshib  boradi,  ayniqsa  qattiq  faza  yuzasiga  getropolyar  birikmalar 

kimyoviy  shimilgan  bo‘lsa,  namlanish  gisterezisi  yuqori  bo‘ladi.  Namlanish 

gisterezisi  katta bo‘lgan zarrachalarning suv  yuqmaslik darajasi  yuqori bo‘ladi  va 

yaxshi flotatsiyalanadi. 

Suv  bilan  minerallar  yuzasini  ta’sirlanishi,  asosan,  minerallar  yuzasidagi 

mavjud bo‘lgan to‘yinmagan aloqa bog‘larning xususiyatiga bog‘liq. 

Har  qanday  adsorbsiya  jarayoninga  o‘xshab  gidrat  qatlam  bo‘lishi  issiqlik 

ajralib  chiqishi  bilan  boradi.  Uning  miqdori  namlanish  ishi  bilan  baholanadi  va 

mineral  yuza  bilan  suvning  birikishi  mustaxkamligini  belgilaydi.  Bir  xil  anion 

bo‘lsada, kationnning radiusi qancha kichik bo‘lsa, namlanish ishi shuncha yuqori 

bo‘ladi. 

Polyar  bog‘  bilan  bog‘langan  durlarning  yuzasi  bilan  suv  faol  ta’sirlanadi. 

Shuning  uchun  bunday  minerallarda  flotatsiyalanish  qobiliyati  sust.  Ammo, 

minerallarning  namlanish  darajasi  nisbiy  xossa  bo‘lib,  flotatsiyalanishi  to‘g‘risida 

xulosa  chiqarish  uchun  namlanish  darajasini  ikkinchi  bir  mineralniki  bilan 

taqqoslab ko‘rish kerak. 

Ma’lumki,  ion  bog‘  fazada  ma’lum  yo‘nalishga  ega  emas,  boshqa  tomonda 

to‘liq  bog‘  hosil  qilmaydi  (masalan,  NaCl  durida  har  bir  natriy  ionini  oltita  xlor 

ioni qurshab turadi). 

Sulfidlarga  qaraganda  (masalan,  PbS)  kislorodli  anionlarda  (masalan, 

PbSO


3

) ion bog‘ kuchliroq ko‘rinishda bo‘ladi. Shu sababli, suv dipollari sulfidlar 

yuzasiga  kuchsizroq  yopishadi  va  osonroq  suvsizlantirishi  (degidrasiyalash) 

mumkin. 


Mineralning  namlanishiga  ta’sir  qiluvchi  gidrat  qatlamining  strukturasi  va 

turg‘unligi,  nafaqat  mineral  yuza  tabiatiga,  balki  suvning  xolatiga  ham  bog‘liq 

bo‘ladi.  Masalan,  kvars  oddiy  sharoitda  suv  bilan  juda  yaxshi  namlanadi 

(namlanish  chegara  burchagi  0  ga  teng,  θ=0

0

),  yangi  yomg‘ir  suvi  bilan  esa  (4-



10

0

С  haroratda)  yomon  namlanadi  (θ=60



0

).  Buni oddiy  suvga  qaraganda  yomg‘ir 

suv molekulalarining maksimal tartibli joylashganligi bilan izohlasa bo‘ladi. Yangi 



yomg‘ir  (ko‘lmak)  suviga  qisqa  vaqtda  ultra  tovush  ta’sir  ettirsa,  uning 

strukturaviy tartibli joylanishi kamayadi va oddiy suvga o‘xshab qoladi. 

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, agarda oddiy suvni  magnit maydonidan o‘tkazilsa, 

strukturasi  o‘zgarib,  anamal  xossaga  ega  bo‘ladi.  Bu  esa  flotatsiya  jarayonini 

tezlashtiradi va tanlovchanlikni oshiradi. 

 

 



 

Document Outline

  • Reja:

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə