olami va kechinmasini ko`rsatish bilan birga,ularulkan maxobatli xajmda, keskin
va qaltis burilishlarda,intiluvchan xarakatda talqin etildi. Shuningdek,yuz
ifodasida qayg`u va quvonchni ifodalay olish xam bu davr xaykaltoroshlarining
izlanishlaridagi asosiy muammo bo`ldi.
Arxitekturakabi barokko xaykallari juda ko`p narsani o`z qamroviga olib, keng
makonda u boy taasurot qoldiradi. Ayni vaqtda me’moriy ansambllar bilan
uyg`unlashgan xaykal o`zining mustaqilligini yo`qotib,uni tekis yuzadan
tashqarida m: devor o`yig`ida yoki turtib chiqqan portiklarda, karniz va
kapitellardan joy egallay boshladi. Bog`- saylgoxlarda, suvlik,chim yoki
ko`kalamzorlarni xam xaykaltaroshlik kompozitsiyalarisiz tasavvur etishning o`zi
mushkul bo`lib qoldi.
Marmar barokko xaykaltoroshligining eng sevimli xom materiali bo`lib, o`ta
nozik xaykallarni jonli yasashda undan unumli foydalanildi.Barokko ustalari
o`zlari yaratayotgan xaykallarda marmarning o`ziga xos xususiyatlarini yaxshi
anglab,ba’zi joylarini silliq, ba’zan g`adir-budur ko`rinishda qoldirib, tana
plastikasini, mato,”krujeva”va xakozolarni illyuzion ko`rinishga ega bo`lishi
uchun xarakat qilganlar.Italiyada 17 chi asrning dastlabki xaykaltoroshi Stefano
Moderna edi.Uning“Avliyo Tsetsiliya” kompozitsiyasi ilk barokko xaykal
namuna sidir. Unda yosh avliyo Tsetsiliyani qabrdan qazib olingani va u uzala
tushib yotganitasvirlanadi.
Dostları ilə paylaş: