bezatishda maxobatli rangtasvir, xaykaltoroshlik va cherkov mexrobiga
ishlangan asarlarda qo`l keldi. Ularda diniy rivoyatlardan olingan mavzular
yetakchilik qildi. Bunda Iso, Mariya,saxobalar bilan birga aziz avliyolar boshidan
o`tkazgan azob-uqubatlarni tasvirlovchi saxna ko`rinishlar dramatik talqin etilib,
ular emotsional ta’sirli yetkazilib, insonlarda dinga bo`lgan e’tiqodni
kuchaytirishga qaratildi. Barokko stiliga xos dekorativlilik, his-xayajonga to`la
dramatik talqin etilgan san’at asarlar o`zining dinamik yechimi va nur va soyaga
to`laligi bilan ko`plab ijodkorlarni o`ziga jalb eta oldi.Bu G`arb Yevropa
mamlakatlariga tezda yoyildi va maxalliy an’analar va uslublar bilan
uyg`unlashib, o`ziga xos milliy rux kasb eta bordi.
1
Jumladan, Ispaniyada va
Portugaliyada barokko o`ta xashamdor va jimjimadorligi bilan e’tiborni tordi.
Bunga sabab, bu yerdagi milliy me’moriy an’analar bilan birga amaliy bezak
san’ati rivojidan dalolat beradi.Flandriyada barokko o`ta jozibador va ko`tarinki
ruxda ko`rinish kasb etgan bo`lsa, Germaniyada barokko gotik an’analar ta’sirida
shakllandi. Frantsiyada barokko klassitsizm tamoyillari bilan uyg`unlashib ketdi.
Aniqrog`i, barokko, arxitekturada klassitsizmga zamin yaratdi. Keyinroq,
Skandinaviya va Rossiyada xam o`z rivojini boshidan o`tkazdi.
Dostları ilə paylaş: