Ma’ruza: Barokko arxitekturasi va boshlang`ich davri. Yuksalgan barokko arxitekturasi. Frantsiya renessansi davri



Yüklə 55,1 Kb.
səhifə2/6
tarix22.03.2024
ölçüsü55,1 Kb.
#183143
1   2   3   4   5   6
Ma’ruza Barokko arxitekturasi va boshlang`ich davri. Yuksalgan -fayllar.org (1)

Italiyada - barokko stili 
O`n yettinchi asr G`arbiy Yevropa san’ati tarixida “Barokko asri” deb 
yuritiladi. Davrning estetik qarashlari aynan shu uslubda ko`proq o`z ifodasini
topishi, bu iboraning fanda qo`llanilishiga sabab bo`ldi. Yangi uslub – Barokko 
stilining belgilari dastlab Italiya san’atida 16-asrning 80 chi yillarida kirib keldi.
U butun XVII asr davomida rivojlanib, XVIII asrning birinchi yarmigacha xukm 
surdi. Barokko, dastlab, arxitektura soxasida o`zini namoish etib, u xali
Uyg`onish me’morlari Palladio, Vinьola qurilmalarida o`z ifodasini topdi. Bu stil 
keyinroq, tasviriy san’at va xaykaltoroshlikda xam ko`rina boshladi.
Mikelandjeloning maxobatli suratlari va xaykallarida, Korredjoning maxobatli va 
dastgoxli asarlarida uning ilk belgilari xamda xususiyatlari ko`rina boshladi.
Barokko bu qarama- qarshiliklar va kompozitsion elementlarning notekis 
bo`linishidir. Bu ibora italyanchada -“g`aroyib”, ”bachkana”, ”serxasham” va

xaddan ziyod bo`rttirilgan degan ma’noni anglatadi. Bu badiiy stil, faqat
me’morlik va tasviriy san’atda o`zini namoish etmay, balki butun badiiy-madaniy 
jabxada jumladan, adabiyot va musiqada xam o`zini namoish etdi. Bu stil,
keyinchalik, butun Yevropa mamlakatlariga keng tarqalib, jumladan: Flandriya
Ispaniya, Frantsiya, Germaniya va Angliyada, qisman boshqa davlatlarga xam o`z
ta’sirini o`tkazdi. Davrning sotsial kelishmovchiliklari, feodal va kapitalistik 
tuzum o`rtasidagi o`zaro siyosiy -iqtisodiy kurashlar, shuningdek, milliy
davlatlarning tiklanishi va ulardagi qirg`in-barot urushlar bu uslubga o`z talabini 
qo`ydi. Uni xaddan ziyod bo`rttirilgan, dabdabali, serxasham va jozibador
bo`lishiga , undagi shakllarning o`ta qarama-qarshi va xarakatchan keltirilishi. 
Barokko stili shuningdek, absolyut monarxiyani olqishlashga va ko`klarga
ko`tarishga xamxizmat qildi. Qurilgan qurilmalarda absolyut manarxiyaning 
qudratini namoish etsa, tasviriy san’at asarlarida shaxsni olqishlash va ko`klarga
ko`tarish kabi xususiyatlar ko`zga tashlanadi. Barokko stili asosan, ikki sinf: 
cherkov va aslzodalar talab istagidan yuzaga kelib, bu ikki sinfga xizmat qildi.
Uning kurtak yozishi aynan katolik cherkovi talab istagidan kelib chiqib, Rim 
papasi qarorgoxlaridan boshlanadi. Rim papasi 16-asr oxirlaridan butun
yevropada, o`z mavqeini tiklab olishda, o`z maqsad va g`oyalarini keng targ`ib 
qilishda bu stildan unumli foydalandi. Shu sabab, eng avval u, o`z qarorgoxini
qayta qurdirib, uni yanada ko`rkam serxasham va dabdabador bo`lishiga xarakat 
qildi. Bu esa san’atda ekstravagantlilik yoki jimjimadorlik sari intilishning bir
ko`rinishi bo`lib, ba’zan ekzaltatsion hissiyotga boy yoki ekstsentrik 
bo`rttirilishlar orqali o`z ifodasini topdi. Katolitsizm g`oyasini keng targ`ib
etishda barokko stili eng avval cherkov qurilishida, xashamatli saroy va villalarni 

bezatishda maxobatli rangtasvir, xaykaltoroshlik va cherkov mexrobiga


ishlangan asarlarda qo`l keldi. Ularda diniy rivoyatlardan olingan mavzular 
yetakchilik qildi. Bunda Iso, Mariya,saxobalar bilan birga aziz avliyolar boshidan
o`tkazgan azob-uqubatlarni tasvirlovchi saxna ko`rinishlar dramatik talqin etilib, 
ular emotsional ta’sirli yetkazilib, insonlarda dinga bo`lgan e’tiqodni
kuchaytirishga qaratildi. Barokko stiliga xos dekorativlilik, his-xayajonga to`la 
dramatik talqin etilgan san’at asarlar o`zining dinamik yechimi va nur va soyaga
to`laligi bilan ko`plab ijodkorlarni o`ziga jalb eta oldi.Bu G`arb Yevropa 
mamlakatlariga tezda yoyildi va maxalliy an’analar va uslublar bilan
uyg`unlashib, o`ziga xos milliy rux kasb eta bordi.
1
Jumladan, Ispaniyada va 

Portugaliyada barokko o`ta xashamdor va jimjimadorligi bilan e’tiborni tordi.


Bunga sabab, bu yerdagi milliy me’moriy an’analar bilan birga amaliy bezak 
san’ati rivojidan dalolat beradi.Flandriyada barokko o`ta jozibador va ko`tarinki
ruxda ko`rinish kasb etgan bo`lsa, Germaniyada barokko gotik an’analar ta’sirida 
shakllandi. Frantsiyada barokko klassitsizm tamoyillari bilan uyg`unlashib ketdi.
Aniqrog`i, barokko, arxitekturada klassitsizmga zamin yaratdi. Keyinroq, 
Skandinaviya va Rossiyada xam o`z rivojini boshidan o`tkazdi.


Yüklə 55,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə