Ma’ruza: Barokko arxitekturasi va boshlang`ich davri. Yuksalgan barokko arxitekturasi. Frantsiya renessansi davri


Italiyada barokko xaykaltaroshligi



Yüklə 55,1 Kb.
səhifə3/6
tarix22.03.2024
ölçüsü55,1 Kb.
#183143
1   2   3   4   5   6
Ma’ruza Barokko arxitekturasi va boshlang`ich davri. Yuksalgan -fayllar.org (1)

Italiyada barokko xaykaltaroshligi
.

17chi asr Italiya barokko xaykaltoroshligida barokko arxitekturasi printsiplari


o`zining kuchli ta’sirini o`tkazib,uning g`oyaviy- badiiy yechimi bilan bog`liq 
xolda rivojlandi. Xaykaltoroshlik interьyer,cherkov fasadi,saroy va villalar,bog`
saylgoh, ansambllarni bezatishda katta axamiyatga ega bo`ldi. Xaykallar, qabr 
toshlar,mexrobga mo`ljallangan xaykaltoroshlik kompozitsiyalari va fontan
xaykaltoroshlik guruxlari shuningdek, dekorativ bezaklar me’moriy ansambllarni 
bezatish bilan birga, ularga joziba va ko`rk bag`ishlab,ajralmas qismiga
aylandi.Papalik ,taniqli amaldorlar, yuqori tabaqa va badavlat kishilar asosiy 
buyurtmachilar bo`lib, xaykaltoroshlik san’atining g`oyaviy mazmunini va
tematikasini belgilab,bu turdan dinni keng targ`ib etishda, cherkov obro`sini 
oshirishga,yoki aslzodalar o`z xayotini namoish qilish maqsadida undan unumli
foydalandilar. 
Barokko xaykaloroshligida asosiy qaxramon bu eng avval - Iso, Mariya va uning
saxobalari,ularning xayotidan olingan g`aroyib saxnalar,undan so`ng mifologik 
qaxromonlar,aslzodalarni tasvirlovchi tantanavor portretlar va jimjimador
qabrtoshlar ishlash shu davrning sevimli mavzulari xisoblangan.Endi Uyg`onish 
davridagidek xayotdan mamnun yetuk ideallar o`rnigabarokko xaykaltoroshligida
insonning yuqori emotsional xissiyoti , xatti-xarakati bilan birga uning ichki 
tug`yoni va iztirobini yoritishasosiy masala bo`ldi. Obrazlarningichki ma’naviy
1
Ф.Дасса. Барокко. М., 2002. 

olami va kechinmasini ko`rsatish bilan birga,ularulkan maxobatli xajmda, keskin


va qaltis burilishlarda,intiluvchan xarakatda talqin etildi. Shuningdek,yuz 
ifodasida qayg`u va quvonchni ifodalay olish xam bu davr xaykaltoroshlarining
izlanishlaridagi asosiy muammo bo`ldi.
Arxitekturakabi barokko xaykallari juda ko`p narsani o`z qamroviga olib, keng
makonda u boy taasurot qoldiradi. Ayni vaqtda me’moriy ansambllar bilan 
uyg`unlashgan xaykal o`zining mustaqilligini yo`qotib,uni tekis yuzadan
tashqarida m: devor o`yig`ida yoki turtib chiqqan portiklarda, karniz va 
kapitellardan joy egallay boshladi. Bog`- saylgoxlarda, suvlik,chim yoki
ko`kalamzorlarni xam xaykaltaroshlik kompozitsiyalarisiz tasavvur etishning o`zi 
mushkul bo`lib qoldi.
Marmar barokko xaykaltoroshligining eng sevimli xom materiali bo`lib, o`ta 
nozik xaykallarni jonli yasashda undan unumli foydalanildi.Barokko ustalari
o`zlari yaratayotgan xaykallarda marmarning o`ziga xos xususiyatlarini yaxshi 
anglab,ba’zi joylarini silliq, ba’zan g`adir-budur ko`rinishda qoldirib, tana
plastikasini, mato,”krujeva”va xakozolarni illyuzion ko`rinishga ega bo`lishi 
uchun xarakat qilganlar.Italiyada 17 chi asrning dastlabki xaykaltoroshi Stefano
Moderna edi.Uning“Avliyo Tsetsiliya” kompozitsiyasi ilk barokko xaykal 
namuna sidir. Unda yosh avliyo Tsetsiliyani qabrdan qazib olingani va u uzala
tushib yotganitasvirlanadi. 



Yüklə 55,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə