Ma’ruza: Barokko arxitekturasi va boshlang`ich davri. Yuksalgan barokko arxitekturasi. Frantsiya renessansi davri



Yüklə 55,1 Kb.
səhifə1/6
tarix22.03.2024
ölçüsü55,1 Kb.
#183143
  1   2   3   4   5   6
Ma’ruza Barokko arxitekturasi va boshlang`ich davri. Yuksalgan -fayllar.org (1)


Ma’ruza: Barokko arxitekturasi va boshlang`ich davri. Yuksalgan barokko arxitekturasi. Frantsiya renessansi davri



13-ma’ruza:

Barokko arxitekturasi va boshlang`ich davri. Yuksalgan 

barokko arxitekturasi. Frantsiya renessansi davri

MA’RUZA REJASI: 

1. 17chi - asr G`arbiy-Yevropa mamlakatlaridagi siyosiy- ma’naviy 

xayot. 

2. 17 asrda Italiya san’ati 

3. 17 asrda Flandriya san’ati 

4. 17 asrda Frantsiya san’ati 

Tayanch so`zlar: 

Katolitsizm, Rim, Inkvizitsiya, iyezuitlar, Rim Papasi, Pavel VII, Innokentiy X, 

Barokko uslubi, realizm, karavadjizm, akademizm, eklektizm, Bernini,

Barromini, Karrachilar, Antverpen, Rubens, Van Deyk, Amsterdam,

Rembrandt, Xals, byurgerlar, korporatsiya, guruxli portret, Madrid, Filip P,

Karl 4, ”Oltin asr”, Ekorial, Toledo, Velaskes, bodegon, infanta, Ribera, 

pleteresk, churrigera, Errereska.. 

17- asrda Italiya san’ati 

17- asrda–Italiya. Italiyada 16-asr o`rtalaridan beri feodal- katolik reaktsiya
xukm surar edi. 17-asrda u Uyg`onish davridagidek ilg`or, yetakchi mamlakatlar 
qatorida emas edi. Siyosiy xamda iqtisodiy jixatdan sust va tarqoq mamlakat
bo`lgan Italiya kichik xududlarga bo`lingan bo`lib, o`zidan kuchli bo`lgan
Frantsiya va Ispaniyadek davlatlarga bas kela olmasdi. U ma’lum muddat o`z
siyosiy mustaqilligini qo`ldan boy berdi. Bu mamlakatdagi uzoq yillik urush 
Ispaniyaning g`alabasi bilan yakunlanib, u Italiya yerlarining katta qismini
egallab xukmronlik qila boshladi.Agar Ispaniya Italiyaning butun janubiy 
xududlarini egallagan bo`lsa, Frantsuzlar Mantuya, Ferrara xatto Parm
gertsogligiga xam ta’sirini o`tkazib, Modena va Pьyemontaga xam ko`z 
tikayotgan edi. 1559 yilda- Kato- Kambrezi sulxiga bitim tuzildi. Shu davrdan
boshlab Italiya taqdiri Ispaniya bilan bog`lanib qoldi. Venetsiya, Genuya va 
boshqa Rim papasiga tegishli bo`lgan yerlardan tashqari Italiya, ikki asr
mobaynida Ispaniyaga qaram bo`ldi. Bu yerdagi qirg`in- barot urushlarga 
Ispaniya sababchi bo`ldi.Bu davrda xokimiyatni katolik ruxoniylari va
aristokratlar boshqarar edi. Italiya xalqi: shaxarliklar va dexqonlar og`ir axvolda, 
qashshoqlikda kun kechirar edi.
17-asrda katolik dinining mavqei faqat italiyada emas, balki xalqaro maydonda 

xam o`sib, baquvvatlashdi.Cherkov esa Italiyada katta kuchga ega bo`lib, u


ma’naviy xayot va jamiyatga kuchli ta’sirini o`tkazar edi.Papalik , ispan 
gabsburglari bilan til biriktirib,erksevar kishilar va yetakchi g`oyalar ustidan
ustun kelib,tayziq o`tkazishga urinar edi. ”Inkvizitsiya” (cherkov sudi) yoki 

inkvizatorlar bu yerda xam o`z mavqeini saqlashga urinib, san’atga xam ma’lum


daraja ta’sirini o`tkazdi. Uyg`onish davrining ilg`or gumanistik g`oyalari ham 
o`tmishda qoldi. 16-asr o`rtalaridan san’atda “manerizm” deb nom olgan ruhan
tushkun kayfiyatdagi nosog`lom yo`nalish xukmronlik qila boshladi. 
Iqtisodiy va siyosiy munosabatlarda taxqirlangan, ammo xayratlanarli
darajada o`zining boy ma’naviy madaniyati va qudrati bilan Italiya tasviriy san’at 
va madaniy borada yangicha qudratli yo`nalishlar o`chog`i bo`ldi. Bu yerda turli
oqim va yo`nalishlar yuzaga kelib, keyingi Yevropa san’ati va madaniyatida o`z 
rivojini topdi. 16-asr oxirlarida italiya tasviriy san’ati murakkab shart-sharoitlarda
rivojlangan bo`lsada,17-asrda uning dovrug`i butun yevropaga yoyildi. 
17 chi yuz yillik italyanchada “Seichento” deb nomlandi. Italiya 

seichento madaniyati va san’atining umumiy xarakteri uning tarixiy rivojlanishi


bilan bog`lanadi. Aynan, Italiyada barokko stili dunyoga keldi va u keng rivoj 
topdi. Bu stil, asosan ikki sinf: cherkov va aslzodalar xoxish va talablariga javob
berdi. Barokkoga asosiy buyurtmachi xam ular bo`ldi. Diniy janrdagi asarlar 
cherkov talabiga javob bergan bo`lsa, aslzodalar uchun mifologik mavzudagi
kompozitsiyalar keng o`rin egalladi. Biroq, bu yo`nalish, Italiya san’atida yagona 
bo`lmay, u bilan yonma-yon realistik yo`nalish xam rivojlandi. Bu oqim Italiya
jamiyatidagi demokratik qatlamlar g`oyasi bilan bog`liq bo`lib, Italiyaning 
ko`pgina badiiy markazlariga keng yoyildi.
16-asr oxiri 17-asr boshlaridayoq Italiya maktabining asosiy badiiy prnitsiplari 
aniqlanib, asrnnng ikkinchi o`n yilligida esa, yirik badiiy maktablar o`zlarining
nomlarini e’lon qildilar. 16-asr 90-yillaridan Rim Yevropada butun katolik 
olamining markazi bo`lib qolmay, balki tasviriy san’atda xam yetakchi badiiy
markaziy shaxarlaridan biriga aylanib,o`zida milliy-madaniy an’analarni aks 
ettirgan xududiy lokal maktablarda yangicha g`oyalar tez tarqalar edi. Rim 16 -
17 asrlar arafasida antik san’at va madaniyatning o`chog`i bo`lib, ko`plab 
mamlakat rassomlari bu shaxarda o`z ijodiy qobiliyat va saloxiyatini oshirish
maqsadida bu yerga intilganlar. Shuningdek, Renesans san’ati bilan yaqindan 
tanishishga xam.Aynan, barokko printsiplari Rim shaxridan boshlangan. Italiya
seichentosida esa yetakchi stil barokko bo`lgan. Bu stil 16 - asr oxirlaridan Rim 
arxitekturasida aniq bir ko`rinishiga ega edi. Barokko rim arxitekturasida o`zining
tendentsion rivojini bosqichma-bosqich boshidan kechirdi.
XVII asr Italiya barokko me’morligi rivojida D.Fontana, K.Raynalьdi,
K.Moderna, D.Della Portalar o`ziga xos o`rin egallagan bo`lsa, bu stilning yuqori 
cho`qqisi –L.D.Bernini , F.Barromini, B.Longenalar ijodiyoti bilan chuqur
bog`lanadi. 
XVII asr Italiya san’atining dovrug`i va mavqei L.D.Bernini nomi bilan
bog`lanadi. Bernini serqirra ijodkor, me’mor, rassom va xaykaltarosh sifatida 

dong taratdi. U shu qadar mashxur bo`ldiki, xatto, Berninining nomi butun bir asr


san’atining ustidan g`olib keldi. 
XVII asr Italiya san’atida lokal (
joylik o`ziga xos rangtasvir maktablari
) maktablar
ichida Rim alohida o`rin egallaydi. Rim boshqa markazlarga qaraganda san’atda 
yetakchilik qilib, u bilan yonma-yon Venetsiya, Bolonьya, Verona maktablari
xam o`zlarini e’lon qildilar. Bolonьyada aka-uka Karrachilar dastlabki “To`g`ri 
yo`ldan boruvchi Akademiya”ga asos solishlari bilan birga, akademizm
yo`nalishga tamal toshini qo`ydilar. Aka-uka Karrachilarning barokko maxobatli 
rangtasviri rivojiga qo`shgan hissasi xam alohida e’tiborga loyiq. Ayniqsa,
Anniballe Karrachi san’ati nafaqat italiyada,xatto boshqa mamlakatlarda xam 
mashxur bo`ldi. Italiya san’atida plafon rangtasviri
(shipga surat solish)
keng rivoj
topdi. Karrachilar bu soxada o`zlaridan ko`plab shogirdlar yetishtirdilar. Ular 
akademik san’at rivojida xam o`ziga xos rol o`ynadilar.
XVII asr Italiya rangtasvirida M.M.de Karavadjo san’ati xam alohida 
ahamiyatlidir. U Italiya rangtasvirida yirik isloxotlarni amalga oshiradi. Shu bilan
birga o`zi yaratgan “karavadjizm” ga asos soldi. Bu uslub keyingi davr rassomlari 
ijodida muhim o`zgarishlarga sabab bo`ldi. Karavadjizm keyingi yevropa
rassomlari ijodiy izlanishlarida o`ta zarur usul va qo`llanilish sifatida qadrlandi va 
rivojlandi. Karavadjizm ta’sirida Italiyada – Lotto va Bossanolar, Frantsiyada –
J.de Latur va Valantenlar, Flandriyada-Rubensdek rassomlar, golland san’atida- 
Rembrandt va butun bir Utrextchi rassomlar xam bu oqim ta’siriga tushib va
muvaffaqiyatli ijod qildilar.Aynan Italiya san’atida janrlarning mustaqil janr 
sifatida ajralib chiqishi va ularda defferentsiyalashish jarayoni xam g`arb-
yevropa tasviriy san’atida muhim bo`ldi. Italiya rangtasvirida ushbu janrlar shu 
davr rassomlari ijodida asoslandi. Italiya san’atida portret, maishiy, tarixiy, batal,
manzara, janrlari o`ziga xos tarzda rivoj topib, natyurmort janriga Karavadjo 
dastlabki qadamni tashlab berdi.(
Mevali savatcha natyurmorti) 
Italiya maktabi azaldan G`arbiy Yevropadagi boshqa milliy badiiy 

maktablar uchun namuna bo`lib keldi. XVII –asrda u Renesans an’analaridan


uzoqlashib, yangi davrda yangicha izlanishlar sari intilib, yana avvalgidek 
yetakchilikni qo`ldan boy bermadi. U bu davrda ham boshqa milliy badiiy
maktablar uchun taqlid qilishning namunasi bo`ldi. Xuddi Uyg`onish 
davridagidek ko`plab Yevropa rassomlari bu yerga badiiy ta’limni
mukamallashtirishda xamda amaliyot o`tash uchun bu yerga shoshildilar. Italiya 
san’atidan bahramand bo`lmagan biror maktab yoki ijodkorning o`zi bo`lmasa
kerak. XVII asrda ular Renesans va Barokko stilini butun dunyoga keng 
yoydilar.Bu kabi xulosalar shuni ko`rsatadiki, Italiya maktabi barcha maktablar
uchun asos, poydevor vazifasini o`taydi. Umuman qaralganda Italiya, butun 
madaniy jabhada, arxitektura, tasviriy va amaliy san’at borasida yagona


o`choqlardan biri sifatida XVIII asr o`rtalarigacha yetakchilikni qo`ldan boy


bermadi. 



Yüklə 55,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə