G‘arbda XIII-XIV asrlarda yuz bergan Yevropa Renessansi, aslida, IX-XII asrlarda mintaqamizda amalga oshirilgan Birinchi Sharq Uyg‘onish davri «Islom Renessansi»ning yangi mantiqiy davomi hisoblanadi



Yüklə 13,61 Kb.
tarix26.10.2023
ölçüsü13,61 Kb.
#131059
dante yurist


G‘arbda XIII-XIV asrlarda yuz bergan Yevropa Renessansi, aslida, IX-XII asrlarda mintaqamizda amalga oshirilgan Birinchi Sharq Uyg‘onish davri – «Islom Renessansi»ning yangi mantiqiy davomi hisoblanadi. Bunda Yevropa xalqlari Sharq xalqlari orqali:
birinchidan, antik dunyo ilm-fani, Qadimgi Sharq madaniyati yutuqlarini;
ikkinchidan, O‘rta Osiyo, Eron va Arabistondan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar ta’limoti, kashfiyotlari, ilmiy tajribalari hosilasini;
uchinchidan, Sharq xalqlari adabiyotida kuylangan g‘oyalar, qo‘llangan usul, uslub va ohanglarni o‘rgangan hamda izchil o‘zlashtirgan.
O‘z navbatida, dunyoning deyarli yarmini egallagan, buyuk saltanatga asos solgan Sohibqiron Amir Temur Sharq va G‘arb madaniyati, ma’rifati va ma’naviyatiga birdek bag‘rikenglik va rag‘bat bilan qaragani tufayli XIV- XVI asrlardagi Ikkinchi Sharq Uyg‘onish davri – «Temuriylar Renessansi»ga asos solingan. Keyingi bosqichda yana G‘arb madaniy hayotda Sharqning merosxo‘ri bo‘lib maydonga chiqqan.
G‘arbning daho shoiri Dante Aligeri (1265-1321) Birinchi Sharq Uyg‘onish davri bilan Yevropa Renessansi davri oralig‘ida yashab o‘tgan ulug‘ ijodkordir. Demakki, u Sharq Renessansi qaynarbuloqlaridan suv ichib, G‘arb Uyg‘onish davri bog‘larini yashnatgan.
Dantening ijodi Ikkinchi Sharq Uyg‘onish davrida ham jahon afkor ommasi, ayniqsa, madaniyat, adabiyot va san’at muxlislari e’tiboridan chetda qolmagan. Shu ma’noda, bugun biz poydevorini barpo etayotgan Uchinchi Renessans uchun ham G‘arb daho shoiri va uning o‘zbek tili bo‘yicha buyuk tarjimoni Abdulla Oripov ijodi katta ahamiyatga ega. Ushbu kitobda ana shu mavzularda so‘z boradi.
Yuridik fanlari doktori, akademik O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Akmal Saidovning ushbu kitobi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
Yüklə 13,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə