“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali Reja



Yüklə 28,83 Kb.
səhifə1/3
tarix18.05.2023
ölçüsü28,83 Kb.
#110947
növüReferat
  1   2   3
“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti musiqa madaniyati fakulteti 1-bosqich 102- guruh talabasi Abdulxaqova Dildora ning Mediasavodxonlik va axborot madaniyati tayyorlagan referati

Mavzu: “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali


Reja:
I. FESTIVAL TUZILMASI
II. FESTIVAL TADBIRLARI
III. FESTIVAL SHARTLARI
IV. FESTIVALNI O‘TKAZUVChI TOMONNING MAJBURIYATLARI
Sharq mamlakatlari xalqlari milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, milliy musiqa an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish, yosh avlod qalbida san’atga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirish, go‘zallikni, chin insoniy qadriyatlarni tarannum etish, shuningdek, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma’naviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O‘zbeknavo” gastrol-konsert birlashmasi, “O‘zteleradio” kompaniyasi va Bastakorlar uyushmasi hamda Samarqand viloyati hokimligining “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Belgilab qo‘yilsinki:
festival har ikki yilda bir marta Samarqand shahrida, birinchisi 1997-yilning 25-avgustidan 2-sentabriga qadar o‘tkaziladi;
festivallar oralig‘idagi tayyorgarlik ishlarini muvofiqlashtirishni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi amalga oshiradi.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
(1-bandning birinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2005-y., 27-son, 191-modda)
2. “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish tashkiliy qo‘mitasi tarkibi 1-ilovaga, festivalni o‘tkazish tartibi haqidagi nizom 2-ilovaga, festivalning sarf-xarajatlari smetasi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-3-ilovalar berilmaydi.
3. Tashkiliy qo‘mita tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tadbirlari rejasini;
festival bosh direksiyasi tuzilmasi va shtatlar jadvalini;
festival dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda homiylar ro‘yxatini aniqlasin.
4 O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Madaniyat ishlari vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi va YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi bilan birgalikda “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini YUNESKOning xalqaro madaniyat tadbirlari rejasiga kiritish masalasini belgilangan tartibda hal qilsin.
5. Toshkent shahar hokimligiga poytaxtda to‘xtab o‘tadigan festival qatnashchilarini kutib olish, joylashtirish va jo‘natishni tashkil etish topshirilsin.
6. Samarqand viloyati hokimligi:
festival bosh direksiyasining faoliyatini ta’minlash tadbirlarini ko‘rsin;
1997-yil 1-avgustgacha festival tadbirlari o‘tkaziladigan sahna maydonlari va zallarni tayyorlasin;
shaharda tegishli obodonchilik ishlarini amalga oshirsin.
7. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi:
festival qatnashchilari va mehmonlari uchun bosh direksiya buyurtmasiga muvofiq, mehmonxonalardan joy ajratsin;
xorijiy qatnashchilar va mehmonlardan yashash haqini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan narxlarda summalarda qabul qilsin.
8. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi festival qatnashchilari va mehmonlarini bosh direksiya buyurtmasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tarif asosida so‘m hisobida avia va temir yo‘l chiptalari bilan ta’minlasinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi xorijiy ishtirokchilar va ularning yuklarini bojxona, viza va aeroport to‘lovlaridan ozod etsinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi festival o‘tadigan joylarda xavfsizlikni ta’minlasin.
11. “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi va “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi festivalga bag‘ishlangan sovg‘a buyumlari chiqarishni yo‘lga qo‘ysinlar, festivalda ishtirok etuvchi mamlakatlarning davlat bayroqlarini tayyorlab bersinlar.
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarning respublika budjetidan va homiylar hisobidan 70:30 nisbatda qoplanishini nazarda tutgan holda mablag‘ ajratsin hamda tegishli mablag‘larni festival bosh direksiyasi hisobiga o‘tkazib bersin.
Belgilab qo‘yilsinki, festival ishtirokchilarining kelib-ketishi bilan bog‘liq transport xarajatlari 50 foizdan 100 foizgacha qoplanadi.
Homiylarning foydadan to‘laydigan soliq bo‘yicha bazasi ularning festival hisobiga o‘tkazadigan mablag‘i miqdoriga monand qisqartirilishi nazarda tutilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xalqaro festival ehtiyojlari uchun zarur so‘mlarni erkin muomaladagi valyutaga ayirboshlashni ta’minlasin.
14. “O‘zavtotrans” korporatsiyasi, “Toshshaharyo‘lovchitrans” uyushmasi va “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi festival bosh direksiyasi buyurtmasiga muvofiq transport xizmati ko‘rsatsin
15. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xalqaro festival ishtirokchilariga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi festivalga bag‘ishlangan reklama nashrlarini o‘z vaqtida chop etsin.
17. “O‘zteleradio” kompaniyasi, O‘zA va boshqa ommaviy axborot vositalariga festivalga tayyorgalikning borishini va o‘tkazilishini muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari I. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.

Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish tartibi haqida


NIZOM
“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali Sharq mamlakatlari milliy musiqa san’atining eng yaxshi namunalarini keng targ‘ib qilish, sharqona nafosatli, milliy musiqiy an’analarni asrab-avaylash va rivojlantirish, yoshlarda san’atga bo‘lgan muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirish, ijodiy aloqalar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish, tinchlik, do‘stlik, hamjihatlik g‘oyalarini ulug‘lash, o‘zaro madaniy-ma’naviy hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida ta’sis etilgan.
Festival har ikki yilda bir marta Samarqand shahrida o‘tkaziladi.

Yüklə 28,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə