|
Ma'ruza. Boshlang'ich sinflarda arifmetik amallarni o'rganishning umumiy masalalari Reja
|
səhifə | 5/6 | tarix | 20.10.2023 | ölçüsü | 111,31 Kb. | | #128694 |
| Ma\'ruza. Boshlang\'ich sinflarda arifmetik amallarni o\'rganishninNoma'lum qo‘shiluvchini topish uchun yig„indidan ma’lum qo„shiluvchini ayirish kifoya. 1-sinf kitobida noma’lum qo„shiluvchi darcha orqali ko„rsatilgan:
Quyidagi ko„rinishdagi masalalar ustida ishlash bilan tushuntirish olib borish tavsiya qilinadi:
“Hovuzda 4 ta o„rdak suzib yurgan edi. Yana bir necha o„rdak kelib qo„shilgandan keyin, hovuzdagi o„rdaklar 8 ta bo„ldi. Nechta o„rdak kelib qo„shilgan?”
“Oziq-ovqat do„koniga 9 quti konfet va pecheniy keltirildi. Konfetlar 6 quti bo„lsa, necha quti pecheniy keltirilgan?”
7) Ayirishning hadlari. Noma'lum kamayuvchi va noma'lum ayriluvchini topish. Ayirishning to‘g‘riligini tekshirish
Ayirishning hadlari
6 - 2 = 4
6 va 2 ning ayirmasi 4 ga teng. 6 - kamayuvchi 2 - ayriluvchi
4 - ayirma
6-2 - ayirma
□ 4 = 5 noma'lum kamayuvchi ni topish uchun ayirmaga ayriluvchini
qo„shish kerak. 5 + 4 = 9. Kamayuvchi 9 ga teng ekan.
8 -□ = 3 noma'lum ayriluvchini topish uchun kamayuvchidan ayirmani ayirish kerak. 8 - 3 = 5. Ayriluvchi 5 ga teng ekan.
Ayirishning to‘g‘riligi qo„shish amali bilan tekshiriladi. Ayirma va
ayriluvchining yig„indisi kamayuvchiga teng bo„lsa, ayirish to„g„ri bajarilgan
bo„ladi. Darslikda quyidagi misollar berilgan:
- 3 = 5 9 - 5 = 4 7 - 3 = 4
5 + 3 = □ 4 + 5 = 0 □ + □=7
Quyidagi ko„rinishdagi masalalar ustida ishlash bilan tushuntirish olib borish tavsiya qilinadi:
“Aerodromda bir nechta samolyot bor edi. 5 ta samolyot uchib ketgandan so„ng, aerodromda 2 ta samolyot qoldi. Aerodromda oldin nechta samolyot bo„lgan?”
“Traktorning bakida ish boshlanganda 9 litr yonilg„i bor edi. Ish oxiriga kelib 2 litr yonilg„i qoldi. Necha litr yonilg„i ishlatilgan?”
Dostları ilə paylaş: |
|
|