Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə140/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   175
Mashg‘ulotning maqsadi:

Tyeri-tanosil infeksiyalarga qanday kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari kirishini, ularning tuzilishi va odam organizmida keltirib chiqargan kasalliklarini, laboratoriya diagnostika usullari bilan tanishtirish. Bu infeksiyalarning odam organizmiga yuqish yo‘llari va patogenezi bilan tanishish.

Tanosil kasalliklari qo‘zg‘atuvchilari


Qo‘zg‘atuvchilar

Kasalliklar nomi

Qo‘zg‘atuvchilar

Kasalliklar nomi

Baktyeriyalar:

Neisseria gonorrhoeae

Haemophilus ducreyi

Treponema pallidum

Treponema pertenue

Treponema bejel

Treponema carateum

Mycoplasma hominis

Ureaplasma urealyticum


So‘zak

Yumshoq shankir

Zaxm

Frambeziya



Endimik zaxm

Pinta


Uretritlar

Uretritlar



Mycoplasma genitalium

Chlamidia trachomatis

Sodda jonivorlar:

Trichomonas vaginalis

Viruslar:

Gerpes viruslar

OITS virusi


Uretritlar

Venyerik limfo-granulematoz

Uretritlar

Genital Gerpes

OITS


Spiroxetalar

Spiroxetalar (lot. Spira-egri-bugri, burama, chaita-ingichka), parmaga o‘xshash buralgan, harakatchan, bir hujayrali mikroorganizmlar.Saprofit va patogen spiroxetalar tasnifi: Tartibi: Spirachaetales ikkita oila kiradi:

- Spirochaetaceae

- Leptosiraceae

Spirachaetales oilasiga 7 avlod kiradi: Borellia, Brachyspira, Criatiapira, Leptonema, Serpulina, Spirochaeta, Treponema. Odam uchun borrela va treponemalar patogen hisoblanadi.

Leptosiraceae oilasiga faqat bitta avlod Leptospira kiradi, uning vakillari odam va hayvonlar uchun patogendir.

Spyeroxetalar saprofitlari yirik, kattaligi 200–500 mkm bo‘lgan hujayralar bo‘lib, ayrimlarida kriptalar bor. Saprofit spiroxetalar va nopatogen leptospiralar ifloslangan suv havzalarida, sovuqqonli hayvonlar ichagida yashaydi. Romanovskiy-Gimza usuli bilan ko‘k rangga bo‘yaladi.

Zahm qo‘zg‘atuvchisi

Zahm qo‘zg‘atuvchisi Treponema pallidum 1905 y. F.Shaudin va E.Goffmanlar tomonidan topilgan. Bu spiroxeta anilin bo‘yoqlari bilan yaxshi bo‘yalmaydi, shuning uchun uni oqish treponema deyiladi.

Morfologiyasi. Tr.pallidum ingichka, 12–14 tacha buramasi bo‘lgan, harakatchan spiroxyetadir. Tanasi bir tekis buralib spiral hosil qiladi. Treponemalarning ikki tomoni uchli yoki bir oz bukilgan bo‘lib, uzunligi 10–13 mkm, eni 0,09–0,18 mkm. Ko‘ndalang kesimi juda kichik bo‘lganligi sababli baktyeriologik filtrlardan o‘tib kyetadi va yorug‘lik mikroskopida ko‘rinmaydi. Zahm qo‘zg‘atuvchisi buralib, to‘lqinsimon harakat qiladi. Elektron mikroskop ostida oqish treponema uch qavatli qobiqqa o‘ralgan holatda ko‘rinadi, har bir qavat o‘z strukturasi va vazifasiga ega. Fibrillalar ip shaklida bo‘lib, bir uchi bilan blefaroblastlarga yopishadi. Sitoplazma tarkibida turli xil kattalikdagi ribosomalar joylashgan, ular oqsil molekulalari, vakuola va lizosomalar sintezini amalga oshiradi. Oqish treponemalar ko‘ndalang bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Romanovskiy-Gimza usuli bilan bo‘yalganda och pushti rangga kiradi. Treponemalar uchun organizmda noqulay sharoit vujudga kelishi (antibiotiklar ta’siri) ularning sistalar hosil qilishiga olib keladi. Sistalar koptokcha shaklida o‘ralgan treponemalar bo‘lib, tashqi tomonidan dori-darmonlar ta’siriga chidamli musinsifat qobiq bilan o‘ralgan. Sista shakliga o‘tgan treponemalar organizmga patogen ta’sir ko‘rsatmaydi va ma’lum muddat saqlanadi. Makroorganizmning immunobiologik xususiyati pasayganda va mikroorganizmga ta’sir etuvchi omillar bartaraf etilganda sista shaklidagi mikroblar patogen treponemalarga aylanadi.

O‘sishi. Oqish treponema qat’iy anaerob, oziq muhitga talabchan, oddiy muhitda o‘smaydi. Oqish treponema tovuq embrionining xorionallantois to‘qimasida, miya to‘qimasining bo‘lakchalari qo‘shilgan quyon zardobida vazelin moyi ostida ko‘payishi tajribalarda ko‘zatilgan. Patogen xususiyatlarga ega bo‘lgan va quyonlarda, laboratoriya sharoitida saqlanuvchi treponemalar to‘qimadagi shtammlar deb ataladi. Bunday shtammlar birgina patogenligi bilan emas, balki antigenlik jihatlari bilan ham farq qiladi.

Antigen tuzilishi. Oqish treponema murakkab antigen tuzilishiga ega. Uning antigeni, asosan, polisaharid, lipid va protein komplekslaridan iborat.

Chidamliligi. Oqish treponemalar tashqi muhitga uncha chidamli emas. 45-48º S qizdirilganda 1 soat, 55 0S da esa 15 daqiqada o‘ladi. Lekin nam muhitda uzoq yashaydi. Dezinfeksiya qiluvchi vositalar treponemalarni bir zumda o‘ldiradi.

Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Tabiiy sharoitda hayvonlar zahm bilan kasallanmaydi. Ekspyerimental sharoitda birinchi marta shimpanze maymunida (I.I.Mechnikov bilan E.Ru, 1903), keyinchalik quyonda qo‘zg‘atilgan.

Kasallikning odamlardagi patogenezi. Kasallik manbai faqat bemor. Kasallik, asosan (90–97% hollarda) jinsiy aloqa yo‘li bilan yuqadi. Zahm bilan og‘rigan ayoldan homiladorlik vaqtida yo‘ldosh orqali homilaga yuqadi (tug‘ma zahm), onaning sutidan bolaga o‘tish hollari ham kuzatilgan. Zahm qo‘zg‘atuvchisi organizmga tyeri yoki shilliq qavatlar orqali kiradi. Treponema kirgan joyida ko‘payadi va shu yerni jarohatlaydi. Hozirgi vaqtda zahmning klinik jihatdan birlamchi, ikqilamchi, uchlamchi, hamda yashirin shakllari, shuningdek, ichki a’zolar va nyerv sistemasi zahmi (avj oluvchi falaj, neyro zahm) farq qilinadi.

Zahmning birlamchi davri. Birlamchi zahm yashirin (inkubasion) davrdan so‘ng boshlanadi. Oqish treponema kirgan joyida infiltratdan iborat tuguncha paydo bo‘ladi. Uning usti yaraga aylanadi, keyin bu yara qattiqlashadi va qattiq shankr hosil bo‘ladi. Yaraning tagi va atrofi tog‘ayga o‘xshash qattiq, shuning uchun nomi ulsus durum yoki qattiq shankr deb ataladi. Bu davrda regionar limfa bezlari ham shishib yallig‘lanishi mumkin. Qattiq shankr boshqa yaralardan og‘rig‘i yo‘qligi bilan farq qiladi. Bu davrda yaradan va regionar limfa bezlaridan zahm qo‘zg‘atuvchisini ko‘plab topish mumkin. Zahmning birinchi davri 5-6 hafta davom etadi. Bu davrda bemor zardobi tekshirilganda Vassyerman reaksiyasi (RW) manfiy yoki musbat bo‘lishi mumkin. Qo‘zg‘atuvchisining kirgan joyiga ko‘ra qattiq shankr lab, til, ko‘krak bezlari sohasida, ko‘z atrofida va qo‘llarda uchraydi.

Zahmning ikqilamchi davri. Treponema limfa tomirlari orqali qonga o‘tib, butun organizmga tarqaladi, natijada tyeri va shilliq qavatlarida har xil pushti rangli toshmalar (sifilidlar) paydo bo‘ladi. Yallig‘langan toshmalar ichida ko‘p miqdorda treponemalaropiladi ular nihoyatda xavflidir. Shuning uchun bemor bu davrda atrofdagilar uchun yuqumli hisoblanadi. Zahmga xos jarohatlar bemorning ichki a’zolari, suyak, pyerifyerik va markaziy nyerv sistemalarida paydo bo‘ladi. Bu davr 2–3 yil, ba’zan bir necha yil davom etishi mumkin. Bu davr ikqilamchi, yangi, qaytalama yoki yashirin davrlarga bo‘linadi.

Zahmning uchlamchi davri. Kasallikning bu davrida badanning ayrim joylarida granulematoz to‘qimalar paydo bo‘ladi. Tyeri, tyeri osti yoki ichki a’zolarda mahalliy surunkali yallig‘lanish boshlanib, papula, tugunchalar, gumma yoki emiriluvchi gumma infiltratlar paydo bo‘ladi, to‘qimalar chiriydi va chuqur jarohatlar boshlanadi.

Gummadan qo‘zg‘atuvchini ajratib olish juda qiyin, ammo bemor davolanmasa, oqish treponema organizmda saqlanib qolavyeradi. Ko‘pincha ular bemorning nyerv sistemasida to‘planadi va kasallik og‘ir oqibatlarga olib keladi.

Immuniteti. Kishilarda zahmga qarshi antitelolar hosil bo‘ladi, ammo ular infeksiyaning qayta tushishidan himoya qila olmaydi. Bu kasallikda sust gipyerta’sirchanlik reaksiyalari rivojlanadi.

Laboratoriya tashhisi. Kasallikning davriga qarab turli usullar qo‘llaniladi. Ammo uning barcha davrida baktyerioskopik usuldan foydalaniladi. Tekshirish uchun matyerial yaradan, papuladan ajraladigan suyuqlik va regionar limfa tugunlaridan olinadi va nativ preparat mikroskopning qorong‘ilatilgan maydonida (harakatlanishi) ko‘riladi. Surtmalar tayyorlab, Romanovskiy-Gimza va Burri usullari bilan bo‘yaladi, kumushlantiriladi va mikroskop ostida ko‘zdan kechiriladi.

Immunoflyuoressent usulidan ham foydalaniladi. Har bir ajratib olingan oqish treponemani boshqa nopatogen, tashqi jinsiy a’zolarda (T.refringens) va og‘izda (T.macrodentum, T.denticola, T.orale) yashovchi bo‘ladigan treponemalardan farq qilish lozim. Kasallikning ikkinchi davrida bemor organizmida immunobiologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bularni Vassyerman va cho‘kma reaksiyalar yordamida aniqlanadi. Vassyerman reaksiyasi Borde-Jangu reaksiyasiga o‘xshash. Borde-Jangu reaksiyasida komplementni maxsus antigen-antitelo kompleksi o‘ziga biriktiradi. Vassyerman reaksiyasida esa antigen sifatida oqish treponema kulturasidan yoki zahm bilan jarohatlangan homila a’zolaridan olingan spesifik, protein kompleksi hamda ho‘kiz yuragi muskulidan tayyorlangan nospesefik kardiolipidlardan foydalaniladi. Tashhis qo‘yishda qo‘shimcha ikkita cho‘kma reaksiyalar (Kan va sitoxol) qo‘yiladi. Vassyerman reaksiyasi (kasallikning birinchi davrida, qattiq shankrdan 2–3 hafta keyin yoki infeksiya yuqqan 5–6 haftada o‘tgach) 50% bemorlarda musbat bo‘ladi. Uchinchi davrda 75%, rivojlanuvchi falajda 95–98% va nyerv sistemasi zahmida 50-70% bemorlarda Vassyerman reaksiyasi musbat bo‘ladi. Tug‘ma zahm bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda 2–3 oy o‘tgach reaksiya musbat bo‘lishi mumkin.

Zahmga tashhis qo‘yishda Vassyerman reaksiyasi bilan birga ikkita cho‘ktirish: Kan va Zak-Vitebskiy (sitoxol) reaksiyalari keng qo‘llaniladi. Bemordan olingan qon zardobini, ho‘kiz yuragi muskulidan tayyorlangan lipoid antigen bilan aralashtiriladi. Agar 10 daqiqadan so‘ng mayda donachalar yoki bo‘lakchalar shaklida cho‘kmalar paydo bo‘lsa, reaksiya musbat yoki aksincha, bir xil quyqa hosil bo‘lsa, reaksiya manfiy bo‘ldi.

Zahmda Serologik reaksiyalarning musbat natija byerish davrlari



 

 ОТИР мусбат







 


Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə