Ma’ruza Mashg’ulotlarining ta’lim texnologiyasi


Mashg‘ulotning xronologik kartasi



Yüklə 23,57 Mb.
səhifə137/175
tarix29.01.2022
ölçüsü23,57 Mb.
#83245
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   175
Mashg‘ulotning xronologik kartasi:



Mashg‘ulot bosqichlari

Mashg‘ulot shakli

Davomiyligi (180 minut)

1

O‘qituvchining kirish so‘zi (mavzuni asoslash)

Informasiya

5

2

Talabalarning nazariy bilim darajalarini yangi texnologiya usullari yordamida baholash

tushuntirish, so‘rov

50

3

O‘qituvchini mavzu bo‘yicha umumlashtirishi

Informasiya

10

4

Mavzuni O’zlashtirish%i uchun talabalarga ko‘rsatma matyeriallarni tarqatish: mikropreparatlar, mikroblar o‘stirilgan oziq muhitlar

Namoyish

15

5

Mashg‘ulotni amaliy qismini O’zlashtirish%i bo‘yicha talabalarning mustaqil ishlari

surtmalar tayyorlash, bo‘yash. Presipitasiya reaksiyasini qo‘yish.

50

6

Amaliy ish natijalarini muhokama qilish va talabalarni bilim darajalarini baholash

so‘roq, muhokama natijalarini tekshirish

35

7

Har bir talabani 100 balli sistema bo‘yicha baholash va e’lon qilish

Informasiya

10

8

Mashg‘ulot bo‘yicha o‘qituvchining yakuniy so‘zi va kelgusi mashg‘ulot mavzusini e’lon qilishi

informasiya, mustaqil shug‘ullanish uchun savollar

5

JAMI:

180 minut

6-mavzu. O‘ta xavfli infeksiyalar (kuydirgi, o‘lat, brusellez).

Sibir yarasi qo‘zg‘atuvchisi Bacillaceae oilasiga Bacillus urug‘iga kiradi. Qo‘zg‘atuvchi katta-katta, ikkala chetlari kesilgan tayoqchalar shaklida bo‘lib, ketma-ket zanjir hosil qilib joylashadi. Qo‘zg‘atuvchi spora hosil qiladi, sporasi tanasining o‘rtasida joylashgan. Kasallik qo‘zg‘atuvchining yuqish yo‘llariga qarab 3 xil shaklda kechadi: o‘pka, ichak, tyeri shakllari. Sibir yarasida 2 xil antigen: O-antigeni va K-kapsulali antigen uchraydi. O-antigeni juda chidamli bo‘lib, Askoli reaksiyasida shu antigen aniqlaniladi. Sibir yarasi kasalligi zoonoz kasallik bo‘lib, hayvonlardan odamga yuqadi. Laboratoriya diagnostikasida asosan Serologik, baktyerioskopik, baktyeriologik, biologik usullar qo‘llaniladi. Maxsus profilaktikasida STI vaksinasi qo‘llaniladi.

1786–1788 yillari Uralda, otlar orasida kasallik tarqaladi, u bilan S.S.Andreevskiy shug‘ullanadi va o‘ziga bu kasallikni yuqtirib, kuy¬dirgi kasalligining yuqumli zoonoz ekanligini, ya’ni kasal hayvonlardan odamlarga yuqishini isbotlaydi. Bu kasallik ruscha “Sibirskaya yazva”, bizda esa “kuydirgi” deb ataladi. A.Pollendyer (1849), K.Daven (1850), kuydirgi ka¬salligining qo‘zg‘atuvchisi – Bacillus anthracis ekanini aniqladi. 1876 yilda R.Kox mikroorganizmning sof kulturasini ajratib oldi. L.Pastyer (1881) va Ya.S.Sen¬kovskiylar (1883) mikrobning biologik xususiyatlarini o‘rganib, vaksi¬nasini olishga muvaffaq bo‘ladilar,

Morfologiyasi. Kuydirgi basillasining ikki uchi to‘mtoq, yirik tayoqcha shaklida bo‘lib, uzunligi 5–10 mkm, eni 1–2 mkm, organizmda ko‘pincha juft yoki kalta zanjir, oziq muhitlarda esa uzun zanjir shaklida joylashadi (streptobasilla).

Basillalar hara¬katsiz, tashqi muhitda noqulay sharoitda spora hosil qiladi, sporasi baktyeriyaning markazida joylashib, tuxumsimon shaklda ko‘rinadi, diametri baktyeriya enidan katta emas, ular grammusbat bo‘yaladi.

Basillalar odam va hayvon organizimida kapsula hosil qiladi, u bir yoki bir necha baktyeriya hujayrasini o‘ragan holda zanjir shaklida joylashadi. Qon, zardob, tuxum oqsili yoki miya to‘qimasi qo‘shilgan oziq muhitlarda o‘stirilganda ham kapsula hosil qiladi

O‘sishi. Kuydirgi kasalligining qo‘zg‘atuvchisi aerob va fakultativ anaerob, rN 7,0–7,4 bo‘lgan oddiy muhitlarda 35-370S da (chegarasi 15 – 420S) yaxshi o‘sadi. Go‘sht-peptonli agarda o‘stirilganda R-shakldagi yirik, chetlari g‘adir-budir koloniyalar hosil qiladi. Ularni mikroskop ostida ki¬chik ob’ektiv yordamida ko‘rilganda, ko‘rinishi “shyerning yolini” eslatadi.

Basillani penisillin qo‘shilgan go‘sht-peptonli agarda o‘stirilgan¬da, ular protoplastlarga aylanib, mayda sharchalar ko‘rinishida “marjonga” o‘xshab joylashadi. Basil¬lani go‘sht-peptonli bulonda o‘stirilganda esa bulon tiniq holda qoladi va probirka tubida paxtaga o‘xshash cho‘kma hosil bo‘ladi.

Fermentativ xususiyati. Basillalar glyukoza, saharoza, maltoza va boshqa qandlarni kislota hosil qilib, parchalaydi. Ular degidraza, lipa¬za, diastaza, pyeroksidaza, katalaza fyermentlarini ishlab chiqaradi. Agar bu mikrobni tik qotirilgan jelatinaga sanchib ekilsa, avval jelatinaning ustki qismi suyuladi, so‘ng mikrob uning o‘rta qismidan atrofiga tarmoqlanib o‘sadi, natijada ag‘darib qo‘yilgan “archaga” o‘xshash shakl paydo bo‘ladi. Bun¬day o‘sish kuydirgi mikrobi uchun xos belgidir. Kuydirgi basillasi ivi¬tilgan zardobni sekinlik bilan eritadi va ammiak, vodorod sulfid hosil qiladi. Asta-sekin nitratlarni nitritlargacha qaytaradi, sutni 3–5 kunda ivitadi.

Toksin hosil qilishi. Kuydirgi kasalligining basillasi murakkab ekzotoksin hosil qiladi. Bu toksin – o‘ldiruvchi toksin (sitotoksin), shish paydo qiluvchi omil va protektiv antigendan iborat. Ekzotok¬sin kasallikning patogenezida muhim rol o‘ynaydi va maxsus immunitet hosil qilishda ishtirok etadi. Basillalar yana agressin ajratadi, bu omil baktyeriyani fa¬gositoz va antitelolar ta’siridan ximoya qiladi.

Antigen tuzilishi. Kuydirgi qo‘zg‘atuvchisining kapsula (oqsil) va somatik (polisahariddan iborat) antigenlari bor. Polisaharid tabiatli, guruhga xos somatik antigen hujayra devorida joylashgan bo‘lib, alfa-glyukozamin, D-galaktoza va sirka kislotasining qoldig‘idan iborat. Bu antigen tempyeraturaga chidamli, shuning uchun qaynatilganda ham bir necha vaqtgacha o‘z xususiyatini yo‘qotmaydi. Antigenning shu xususiyatiga asoslanib Askolining presipitasiya reaksiyasi qo‘yiladi.

Kapsula antigeni oqsildan tashkil topgan bo‘lib, tarkibiga poliglu¬tamin kislota kiradi. Kasallik basillasi o‘ziga xos himoya (protektiv) antigenni hosil qiladi. Bu antigen toksin tarkibiga kiradi, issiqlikka chidamsiz oqsil bo‘lib, zaharsiz, ammo immunogenlik xususiyati kuchli, shu sabab¬li keyingi yillarda undan kimyoviy vaksina tayyorlash ustida ish olib borilmokda.

Kuydirgi, antrakoid, soxta kuydirgi basillalari va spora hosil qiluvchi saprofitlarda umumiy antigen-gapten bo‘lib, u bir valentli antitelolarni hosil qiladi.

Chidamliligi. Kuydirgi basillasining vegetativ shakli tashqi muhitda uzoq yashamaydi, 550S qizdirilganda 40 daqiqada, 600S qiz¬dirilganda 15 daqiqada, qaynatilganda esa, 1–2 daqiqada o‘ladi. Ammo, spora shaklida, tashqi muhitda uzoq vaqt saqlanadi. Quritilgan spora suvda 20 yilgacha, tuproqda 10–40 yilgacha saqlanadi. Sporalar issiqlikka chidamli, qaynatilganda 15–20 daqiqada, 1100S haroratli avtoklavda 5-10 daqiqada o‘ladi. Dezinfeksiyalovchi eritmalar, ya’ni 5% li karbol kislota, 10% li xloramin, 1% li formalin 2 soat davomida o‘ldiradi.

Hayvonlarga nisbatan patogenligi. O‘t bilan oziqlanadigan barcha hayvonlar kuydirgi basillasiga moyil. Kuydirgi ko‘pincha qoramollar, qo‘y, echki, ot, tuya va kiyiklarda bo‘ladi. Cho‘chqa, it, mushuk va yirtqich hayvonlarda bu kasallik kam uchraydi.

Hayvonlar basillaning sporasi tushgan em-xashak, o‘tlarni eganda kasallanadi. Patologik jarayon, asosan, ichakda rivojlanadi. Infeksiya transmissiv yo‘l orqali (so‘na-lar chaqqanda) ham yuqadi.

Oq sichqon, dengiz cho‘chqachalari, quyonlar qulay tajriba hayvon¬lari; kasallik yuqtirilganidan 2–4 kun o‘tgach ular o‘ladi. Ma¬tyerial yuborilgan joyda shish, qon quyilishi paydo bo‘ladi. Hayvonlarda holsizlik, ko‘karish kuzatiladi. Ichki a’zolari ayniqsa, talog‘i kattalasha¬di, ichagi, og‘zi va burnidan qon kyetadi, septisimiya rivojlanadi va hayvon nobud bo‘ladi.

Kasallikning odamlardagi patogenezi. Kuydirgi odamlarga kasal hayvonlardan yoki uning yungi va tyerisi orqali yuqadi. Kuydirgi kasb kasalligi bo‘lib, ko‘pincha hayvon yoki uning mahsulotlari bilan bevosita aloqada bo‘ladigan kishilarda kuzatiladi.

Kasallik kasal hayvonning go‘shti yaxshi pishirilmasdan iste’mol qilinganda ham yuqishi mumkin. Bundan tashqari, kasal¬lik chang, tuproq orqali, yozda esa qon so‘ruvchi hasharotlar chaqishi natija¬sida ham yuqadi. Kasallikning yashirin davri bir necha soatdan 6–8 kungacha, o‘r¬tacha 2–3 kun. Mikrobning organizmga kirish yo‘liga ko‘ra kasallikning uch xil klinik shakli farq qilinadi. Kasallik septik holatda ham kechishi mumkin.

Tyeri shakli - boshqalariga nisbatan ko‘p uchraydi. Mikrob tyeridan kirsa u joy (tananing ochiq joylari – yuz, bo‘yin, qo‘l) dastlab qizaradi, keyin u yerda pufakcha hosil bo‘lib og‘riydi. Pufakchada tiniq yoki qon aralash suyuqlik to‘planib, atrofi yallig‘lanadi. Pufakcha asta-sekin qorayib quriy boshlaydi, to‘qimalar nekrozga uchrab, yara hosil bo‘ladi. Kuydirgi chiqqan joyning atrofi shishgan, nekrozlangan bo‘ladi. Bemorning harorati 39-400S gacha ko‘tarilishi mumkin. Yaraga yaqin joylashgan limfa bezlari shishadi. Kasallik tezda aniqlansa va o‘z vaqtida davolansa, bemorning isitmasi 5–6 kundan so‘ng pasayadi, shishlar kamayadi, 2–2,5 haftadan keyin yara qotib, o‘rnida chandiq hosil bo‘ladi va bemor sog‘aya boshlaydi. Kasallik ba’zan sepsisga o‘tishi, bunda letallik holati kuzatilishi mumkin.

O‘pka shakli - kuydirgi basillasining sporalari bilan zararlangan te¬ri, yung va mo‘ynalar bilan muloqotda bo‘lganda sporalar kishilar¬ning yuqori nafas yo‘llariga tushadi va natijada infeksiyaning o‘pka shakli rivojlanadi. Kasallikning bu shakli og‘ir (og‘ir bronxopnevmoniya) kechadi va ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi.

Ichak shakli - bu odatda, kasal hayvonning go‘shti yoki suti iste’mol qilinishi natijasida kelib chiqadi. Bunda ichak shilliq qavatlari og‘ir zararlanadi. Kuchli zaharlanish, ko‘ngil aynishi, qon qusish, qon aralash ich ketish hollari kuzatiladi. Kasallik 3–4 kun ichida yurak etishmovchiligi hisobiga o‘lim bilan tugaydi. Basillalar bemorning najasidan topiladi. Kuydirgi kasalligining tyeri shakli ko‘p uchraydi, ichak va o‘pka shakllari juda kam kuzatiladi.

Immuniteti. Kuydirgi kasalligidan so‘ng mikrob va toksinga qarshi immunitet hosil bo‘ladi, qayta kasallanish deyarli uchramaydi. Kasallik immunitetida makrofaglar va protektiv antigenga qarshi antitelolar asosiy ahamiyatga ega. Bu antitelolar ta’si-rida virulentli kuydirgi basillalari fagositar reaksiya yordamida yo‘q qilinadi. Sog‘aygan kishilar zardobidan kuydirgi basillasining kapsula¬sini parchalovchi, agressin va toksinlarni neytrallovchi omillar topiladi. Kasallikda sust gipyerta’sirchanlik reaksiyasi rivojlanadi.

Laboratoriya tashhisi. Kasallikning shakliga qarab tekshirish uchun har xil matyeriallar olinadi. Tyeri shaklida yaradan olingan suyuqlik, o‘pka shakli¬da balg‘am, ichak shaklida najas va siydik, septisemiyada esa qon tek¬shiriladi.

Patologik matyerialdan surtma tayyorlanadi, Gram, Lefflyer, Gins-Burri va Romanovskiy-Gimza usullari bilan bo‘yaladi. So‘ngra mikroskop ostiga qo‘yib qaralganda zanjirga o‘xshab joylashgan, kapsula bilan o‘ralgan, yirik-yirik grammusbat tayoqchalar ko‘rinadi. Qo‘zg‘atuvchining morfologiyasiga ko‘ra dastlabki tashhisni qo‘yish mumkin.

Baktyeriologik usulda sof kulturani ajratib olish uchun tekshiriluvchi matyerial go‘sht-peptonli agar quyilgan kosa¬chaga va go‘sht-pepton bulonli probirkaga ekiladi. Sof kulturaning morfologiyasi, tinktorial hamda biokimyoviy xususiyatlari tekshiri-ladi va shularga asoslanib boshqa mikroorganizmlardan diffyerensiasiya qilinadi. Ba-sillaning kapsula hosil qilishini zardob-qonli muhitlarda aniqlana¬di. Shuningdek lyuminessent-Serologik sinama qo‘yish va penisillin qo‘shilgan muhitda o‘stirib (marjon shaklini) ko‘rish tavsiya etiladi.

Biologik usulda tekshiriluvchi matyerial quyon, oq sichqon, dengiz cho‘chqachasining tyerisi ostiga yuboriladi. Kuydirgi basillasi oq sichqonlarni 24–48 soatda, dengiz cho‘chqachasini 2–3 kunda o‘ldiradi. O‘lgan hayvonlar yoriladi, uning qoni va ichki a’zolaridan surtma tayyorla¬nadi va sof kulturasini ajratib olish uchun maxsus muhitlarga ekiladi. Olingan kulturani identifikasiya qilish uchun tezkor biologik usul qo‘l¬laniladi. Kultura oq sichqonlarning qorin pardasiga yuqtiriladi. Bir necha soatdan so‘ng pyeritonial suyuqlik olib surtma tayyorlanadi. Surtma¬larda kapsulali basillalar topilishi yakunlovchi natija hisoblanadi.

Kuydirgi kasalligida tyeri-allyergik sinama ham qo‘yiladi. Buning uchun bilakning ichki tomoni tyerisi orasiga 0,1 ml antraksin yuboriladi. 24 soatdan so‘ng shu joy qizarib-shishib chiqsa, reaksiya mus¬bat hisoblanadi.

Murdaning a’zolari, tyeri, jun va ularning mahsulotlaridan kuy¬dirgi basillasini topish qiyin bo‘lsa-da, Serologik usuldan foydala¬niladi, ya’ni tyermopresipitasiya reaksiyasi (Askoli reaksiyasi) qo‘yiladi. Serologik tashhisda KBR, BGAR, IFU usullaridan foydalaniladi.

Kuydirgi basillalarini unga o‘xshash spora hosil qiluvchi aeroblardan farq qilish uchun kuydirgi basillasini erituvchi maxsus fag ishlatiladi.

Davosi va profilaktikasi. Kasallikni davolash uchun mikrobga va toksinga qarshi preparatlar byeriladi. Muskul orasiga kuydirgi kasalligiga qarshi gamma-globulindan 30–50 ml yuboriladi. Bundan tashqari, antibiotiklar¬dan penisillin, eritromisin, yarim sintetik tetrasiklinlar byeriladi.

O‘lat


O‘lat qo‘zg‘atuvchisi iyersiniya avlodiga, entyerobaktyeriyalar oilasiga kiradi. Tuxumsimon ko‘rinishga ega va bipolyar bo‘yaladi. Bu infeksiya zoonoz infeksiya bo‘lib, asosan kemiruvchilar kasallanadi va odamlarga yuqtiradi. O‘lat kasalligida ham tyeri, o‘pka, ichak shakllari uchraydi.

Laboratoriya diagnostikasida baktyerioskopik, baktyeriologik, Serologik usullar qo’llaniladi. Profilaktikasida EV-shtammidan tayyorlangan tirik yoki ximiyaviy vaksina qo‘llaniladi.

Toun (o‘lat) o‘tkir, o‘ta xavfli antrapozoonoz infeksiya bo‘lib, uning qo‘zg‘atuvchisi Enterobacteriacae oilasiga, Yersinia urug‘iga mansub bo‘lib, Yersinia pestis deb nomlanadi. Mikrobiologlardan G.N. Minx (1878 yil), Yyersen va Kitazatolar (1894 yil) aniqlashgan.

Bu kasallik rus tilida chuma (arabchada “djumma”) deyilib, sporadik va epizootik haraktyerga ega. Toun qadimiy va tabiiy o‘choqlarga ega o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, o‘ta xavfli infeksiyalar guruhiga (karantin infeksiya) kiritilgan. Tounning pandemiyasi miloddan avvalgi III asrdan ma’lum bo‘lib, birinchi pandemiya 527-565 yillarda Misr va Xabashistondan boshlanib sharqiy Rim impyeriyasigacha tarqalgan. Ikkinchi pandemiya esa XIV–XV asrlarda vujudga kelgan bo‘lib, “qora o‘lim” va “buyuk o‘lim” nomi bilan tarixga kirgan, jami 60 mln. ga yaqin kishining yostig‘ini quritgan. Ikkinchi pandemiya davrida London shahrining o‘zida (1664-1665) 20% aholi toundan vafot etgan. Uchinchi pandemiya esa 1894 yili Gonkong shahridan boshlanib, 20 yil davom etgan va 10 mln. dan ortiq odamning o‘limiga sabab bo‘lgan. Kasallik qo‘zg‘atuvchisining aniqlanishi hamda kemiruvchilar kasallik epidemiologiyasida asosiy o‘rinni egallaganligining olimlar tomonidan isbotlanishi juda katta tarixiy ahamiyat kasb etadi.

XX asrning oxirida (1958–1979) Shimoliy Afrikada kasallikning yana bir bor ko‘tarilishi qayd qilindi va shu yillari dunyo bo‘yicha 47 ming bemor aniqlandi. 1990 yili Hindis-tonda ham tounga chalingan bemorlar borligi ma’lum bo‘ldi.

Morfologiyasi. O‘lat baktyeriyasi kalta, tuxumsimon, ovalsimon bo‘lib, bir tomoni to‘mtoqroq, uzunligi 1–2 mkm, eni 0,3–0,6 mkm Tounaktyeriyasi harakatsiz spora hosil qilmaydi, ammo kapsulasi bor. Anilin bo‘yoqlari bilan yaxshi bo‘yaladi, bunda ikki uchi aniq (bipolyar bo‘yalish), tanasining o‘rta qismi esa rangsiz ko‘rinadi. Chunki mikrobning ikki chetida protoplazma ko‘proq, tanasining o‘rtasida juda kam bo‘ladi. Grammanfiy. Toun baktyeriyalari o‘zgaruvchan, ya’ni polimorfizm xususiyatiga ega. Shuning uchun yosh kulturalardan tayyorlangan surtmalarda tuxumsimon shaklga ega bo‘lsa, qattiq yoki zich oziq muhitlarda o‘stirilganda baktyeriyalar uzunchoqroq shaklda, ba’zan ipsimon bo‘lishi ham mumkin. Ular orasida L-shakldagilari ham uchrab turadi.

O‘sishi. Toun qo‘zg‘atuvchisi fakultativ anaerob, rN 6,9–7,0 bo‘lgan oddiy oziq muhitlarda yaxshi ko‘payadi. O‘sish uch kun davomida kuzatiladi, optimal harorat 28–30 0S, ammo 370S da selektiv muhitlarda kapsula hosil qiladi. Y. restis 450S da ham o‘sishi mumkin, muhitning tarkibiga natriy sulfat yoki gemolizlangan qon qo‘shilsa, o‘sish tezlashadi.

Go‘sht-peptonli agarda o‘stirilganda mayda-mayda tiniq koloniyalar hosil qiladi. Keyinchalik koloniyalar o‘rtasi xiralasha boshlaydi, ularni kuzatganda xuddi “singan oyna” parchasiga o‘xshash yosh koloniyalarni ko‘rish mumkin. Koloniyalarning chetlari asta-sekin bo‘rtib chiqib, xuddi “to‘qilgan ro‘molcha”ni eslatadi. Bulonda o‘sganda uning yuzasida o‘sadi va pilyonka hosil qiladi, pilyonkadan ipchalar osilib turishi mumkin sumalak (stalaktit) ko‘rinishida. Toun baktyeriyasi, asosan, virulent R-shakldagi koloniyalarni hosil qiladi, ba’zan S-shakllari ham uchraydi, ammo ular kam virulent hisoblanadi. Virulentli koloniyalari aksariyat hollarda qoramtir pigment hosil qiladi.

Biokimyoviy xususiyatlari. Toun qo‘zg‘atuvchisi ko‘pgina qand – glyukoza, galaktoza, mannoza, maltozalarni gazsiz kislota hosil qilib parchalaydi, ayrimlari glisyerinni ham parchalaydi. Toun baktyeriyalari jelatinani suyultirmaydi, indol hosil qilmaydi, ammo nitratlarni nitritlarga qaytaradi.

Toksin hosil qilishi. Toun baktyeriyasi odamga nisbatan o‘ta patogen hisoblanadi. Ular ekzotoksin ajratadi, u haroratga chidamsiz bo‘lib, oqsil tabiatli A va V qismlardan iborat, ya’ni A toksin turga xos, V oksin esa toun va soxta sil (Y.pseudotuberculosis) uchun umumiydir.O‘lat zaharining ta’sir mehanizmi ular toksikoblokatirlar guruhiga kiradi adrenyergik reseptorlar antagonisti hisoblanadi, hujayralardagi siklik adenilatsiklazani blokirovka qilib qo‘yadi va hujayralarni o‘limiga olib keladi. Bu omillar yana eritrositlarni gemoliz qiladi, fibrinlarni eritadi. Toun qo‘zg‘atuvchisi toksini “sichqon toksini” deb ham yuritiladi, chunki bu toksin sichqonlar uchun o‘ta zaharli hisoblanadi.

Antigen tuzilishi. Toun baktyeriyalari 10 dan ortiq turli antigenlarga ega. Shulardan D, F, V, W-antigenlar yaxshi o‘rganilgan. F-antigen toun baktyeriyasining ustidagi asosiy komponenti bo‘lib, oqsildan tuzilgann. V- va W-antigenlar baktyeriyaning qayerida joylash-ganligi yaxshi o‘rganilgan emas. V-antigen oqsildan, W-antigeni esa lipoproteid kompleksidan iborat.

Tounning virulentli turlarida haroratga chidamli O-somatik antigeni mavjud.

Toun baktyeriyalarida eshyerixiya, salmonella, shigellalar va 0 (I) qon guruhli odam eritrositlarni antigenlariga o‘xshash antigenlar borligi aniqlangan.

Chidamliligi. Toun baktyeriyalari past haroratda saqlanib qoladi. 0 0S haroratda 6 oy, kiyimlarda 5–6 oy, sutda 90 kun, donlarda, murdada 50 kun, suvda 30 kun, bubondan olingan yiringda 20–30 kun, balg‘amda 10 kun, sabzavot va ho‘l myevalarda 6–11 kun tirik saqlanadi.

Toun baktyeriyasi qaynatilganda, 5% li lizol va fenol eritmasi ta’sirida bir necha daqiqada o‘ladi. Bu baktyeriyalar quyosh nuri ta’siriga va quritishga chidamsiz.

Hozir tounning bir necha antibiotiklarga chidamli shtammlari aniqlangan.

Hayvonlarga nisbatan patogenligi. Toun qo‘zg‘atuvchisiga kemiruvchi hayvonlardan, asosan, qora va kulrang kalamush, sichqonlar, yumronqoziq, qumsichqon va boshqalar o‘ta moyil. Tounga moyil kemiruvchilarning 300 dan ortiq turi ma’lum, shuning uchun kemiruvchilar bu infeksiyaning asosiy xo‘jayini hisoblanadi. Ular o‘rtasida epizotiya kuzatiladi.

Kasallikning odamlardagi patogenezi. Toun baktyeriyalarini kemiruvchilar tashib yuradi, shuning uchun bu kasallik zoonoz, tabiiy o‘choqli infeksiya hisoblanadi. Kemiruvchilar orasida kasallik tarqalganda tuya, mushuk, tulki va boshqa hayvonlarga ham yuqadi. Odamlarga infeksiya transmissiv, aloqa, havo-chang, havo-tomchi va alimentar yo‘llar bilan yuqadi. Toun qo‘zg‘atuvchisi jarohatlangan tyeri orqali (burga chaqqanda, kemiruvchilarning tyerisiga ishlov byerayotganda) kirganida kasallikning tyeri shakli rivojlanadi. O‘pka shaklida esa, toun baktyeriyalari havo-tomchi yo‘li orqali, bemor bilan gaplashganda yoki u yo‘talganda balg‘am bilan kiradi. Tyeri, jun qabul qiladigan va qayta ishlaydigan korxonalarda toun qo‘zg‘atuvchisi havodagi chang orqali ham kirishi mumkin. Kasal hayvon (tuya)ning go‘shti iste’mol qilinganda kasallikning ichak shakli yuzaga keladi. Agar mikrob qonga tushsa, kasallikning sepsis shakli rivojlanadi. Kasallikning yashirin davri 3-6 kun, ayrim hollarda bir necha soatdan iborat. Qo‘zg‘atuvchining joylashgan o‘rni, mikroorganizmning reaktivligi, baktyeriyaning virulentligi, odamdagi hujayra va gumoral immunitetning holatiga ko‘ra tounning tyeri, bubon, irlamchi septik, ikqilamchi septik, birlamchi va ikqilamchi o‘pka shakllari farq qiladi.

Tounning tyeri shaklida qo‘zg‘atuvchi tushgan joyda pustula va karbunkul paydo bo‘ladi. Ko‘pincha bu yerda o‘zgarish bo‘lmaydi, baktyeriyalar limfa tomirlari orqali yaqin joylashgan (regionar) limfa tugunlariga boradi, bu yerda yallig‘lanish jarayoni boshlanadi va natijada birlamchi bubon shakli paydo bo‘ladi; mikroblar qonga tushib, boshqa limfa tugunlarini shikastlasa, ikqilamchi bubonlar hosil bo‘ladi. Septik shaklda toun baktyeriyasi peshob, najas, balg‘am bilan tashqi muhitga chiqadi. Birlamchi o‘pka shaklida toun baktyeriyalari havo-tomchi orqali kiradi, agar qon orqali o‘tsa, u holda ikqilamchi o‘pka shakli rivojlanadi. O‘pka shaklida mikrob, asosan, balg‘am bilan ajraladi.

Toun kasalligi to‘satdan boshlanadi: bemor qattiq titraydi, boshi og‘riydi, yuzi oqarib, ko‘karib kyetadi, xuddi qo‘rqayotgan odam yuziga o‘xshaydi (facies pestica), bu belgilar toun kasalligining barcha xiliga taaluqli. Har bir shaklining o‘ziga xos klinik belgilari mavjud. Antibiotiklar kashf qilingunga qadar toun kasalligidan o‘lish juda yuqori (40–90%) edi. Respublikamizda cho‘l zonalar ko‘p bo‘lganligi uchun toun kasalligi hayvonlar orasida va onda-sonda odamlarda ham paydo bo‘lib qolish xavfi mavjud.

Immuniteti. Bemor toundan sog‘aygach turg‘un, uzoq davom etadigan immunitet hosil bo‘ladi. Shu sababli odam toun bilan qaytadan kasallanmaydi.

Laboratoriya tashhisi. Toun kasalligi o‘ta xavfli (I guruhga mansub) infeksiya bo‘lganligi uchun tekshirish ishlari maxsus laboratoriyada va tounga qarshi maxsus kiyimlarni kiyib o‘ta ehtiyotkorlik bilan o‘tkaziladi.

Toun kasalligiga tashhis qo‘yish uchun avval qon, balg‘am, bubon, yara va murdadan olingan matyeriallar baktyerioskopik usul bilan tekshiriladi. Baktyeriologik usulda tekshirilishi lozim bo‘lgan matyerial maxsus oziq muhitlarga ekiladi va undan sof kultura ajratib olinadi. Kulturani morfologik, biokimyoviy, antigenlik xususiyatlariga hamda dengiz cho‘chqachalari, oq sichqonlardagi biosinama natijalariga ko‘ra identifikasiya qilinadi, ya’ni baktyeriologik, baktyerioskopik usullar bilan bir qatorda biologik usul ham qo‘llaniladi. Tezkor immunoflyuoressent usulida baktyeriyalarni tekshiriluvchi matyerialdan maxsus immun zardoblar yordamida tezlikda aniqlash uchun foydalaniladi. Bundan tashqari, BilGAR ham qo‘llaniladi. Epizopatiya o‘choqlarida hayvonlar zardobidagi antitelolarni aniqlash maqsadida immunofyerment reaksiyasidan foydalaniladi. Tounning tezkor diagnostikasida toun baktyeriofaglarini ham qo‘llash mumkin.

Davosi va profilaktikasi. Toun kasalligi kompleks davolanadi. Bemorlarga streptomisin byeriladi. Bu kasallikning barcha shakllarida yaxshi natija byeradi. Agar streptomisin bilan birga xloramfenikol yoki tetrasiklin byerilsa, natija yanada yaxshi bo‘ladi. Bulardan tashqari, tounga qarshi gammaglobulin va maxsus baktyeriofag ham qo‘llaniladi.

Maxsus profilaktika uchun quruq, tirik EV vaksina qo‘llash. 1926 yili Girard va Rabiklar Madagaskar orolida toundan o‘lgan bola organizmidan EV shtammini ajratib olib 5 yil davomida GPAda o‘stirib, virulentligini kamaytirib, immunologik xususiyatini saqlab qolgan vaksina shtammini yaratishga muvaffaq bo‘lganlar.

Vaksinani tyeri ostiga, tyeri orasiga, tyeri ustiga 1–2 marta yuborib emlanadi. Hosil bo‘lgan immunitet bir yilgacha himoya qiladi. Hozir tounga qarshi majburiy emlash o‘tkazilmaydi. Chunki ko‘pgina davlatlarda aholini yoppasiga emlash hisobiga bu infeksiya kamaydi.

Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:

“O‘ta xavfli infeksiyalar: sibir yarasi va o‘lat keltirib chiqaradigan kasalliklarning laboratoriya tashhisi” mavzusi bo‘yicha

“Bo‘sh zveno” ish o‘yini.

Ish uchun zarur:

a. Mavzu bo‘yicha savollar to‘plami.

b. O‘yin bayonnomasini olib borish uchn ajratilgan, guruh ro‘yxati yozilgan bir varaq qog‘oz.

c. Sekundomyer.

Ish tartibi:

1. O‘yinni o‘qituvchi va talabalardan biri – hisobchi sifatida o‘tkazadi.

2. Qog‘ozga guruh talabalarining ro‘yxati, sanasi, fakulteti, ish o‘yinining nomi yoziladi.

3. O‘qituvchi talabalarga muntazam savol byeradi.

4. Talaba 5 sekund davomida javob byerishi kyerak.

5. O‘qituvchi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri so‘zi bilan javobni baholaydi, mabodo noto‘g‘ri bo‘lsa, to‘g‘ri javobni byeradi.

6. Talabalar savolning 2 davrasidan (turidan) o‘tadilar.

7. Hisobchi talaba har bir talaba ismi sharifi qarshisiga javobga qarab “ ” yoki “-” qo‘yadi.

8. Savollarni 2 davrasi o‘tib bo‘lgandan so‘ng, o‘yin to‘xtatiladi va 2 ta (-) olgan talaba “bo‘sh zveno” sifatida o‘yindan chetlatiladi.

9. Qolgan talabalar bilan yangi doira bo‘yicha o‘yin davom etadi.Ularga yangi savollar davrasi taklif etiladi, yana 2 ta (-) olgan talaba “bo‘sh zveno” sifatida o‘yindan chetlatiladi.

10. Savollar davralari o‘tkazib eng ko‘p savollarga javob byergan kuchli qatnashchi tanlanadi.

11. O‘qituvchi qog‘ozdagi har bir talabaning familiyasi to‘g‘risida “bo‘sh zveno” bo‘lib, qaysi savollar doirasidan chiqib ketganligini belgilaydi.

12. O‘yin maksimal 0,8 ball bilan belgilanadi.

Birinchi ikkita davradan keyin chetlatilgan talabalar – “0” ball oladi.

 Uchinchi turdan keyin – 0,2 ball

 To‘rtinchi turdan keyin – 0,4 ball

 Beshinchi turdan keyin – 0,6 ball

 Oltinchi turdan keyin – 0,8 ball

13. Darsni nazariy qismini baholashda talabalarni o‘yinda olgan ballari inobatga olinadi.

14. Jurnalda o‘yin o‘tkazilganligi haqida qayd qilinadi, guruh sardori qo‘l qo‘yadi.

15. Ish bayonnomasi saqlanadi.

“Bo‘sh zveno” ish o‘yini savollari.

i. Sibir yarasi qo‘zg‘atuvchisi qaysi oilaga va avlodga kiradi? - Basilla.

ii. Sibir yarasi qo‘zg‘atuvchisi qanday morfologiyaga ega va surtmada qanday joylashadi? - Qo‘zg‘atuvchi katta-katta ikkala chetlari kesilgan tayoqchalar shaklda bo‘lib, ketma-ket zanjir hosil kilib joylashadi.

iii. Qo‘zg‘atuvchi spora hosil qiladimi va qanday joylashadi?- Xa, sporasi tanasining o‘rtasida joylashgan.

iv. Kasallik qo‘zg‘atuvchining yuqish yo‘llariga qarab 3 xil shaklini ayting?- O‘pka, ichak, tyeri shakllari.

v. Sibir yarasida antigenlarni ayting: O-antigeni va K-kapsulali antigen uchraydi. O-antigeni juda chidamli bo‘lib, Askoli reaksiyasida shu antigen aniqlaniladi.

vi. Sibir yarasi kasalligi qanday kasallik?- Zoonoz, hayvonlardan odamga yuqadi.

vii. Laboratoriya diagnostikasida qanday usullar qo‘llaniladi?- asosan Serologik, baktyerioskopik, baktyeriologik, biologik.

viii. Maxsus profilaktikasida qanday vaksina qo‘llaniladi?- STI vaksinasi.

ix. Basillalarni xivchinlari bormi? - Yo‘q, hara¬katsiz

x. Qachon spora hosil qiladi va qanday ko‘rinadi?- Tashqi muhitda noqulay sharoitda spora hosil qiladi, sporasi baktyeriyaning markazida joylashib, tuxumsimon shaklda ko‘rinadi, diametri baktyeriya enidan katta emas,

xi. Tinktorial xususiyati?- Ular grammusbat bo‘yaladi.

xii. Basillalar odam va hayvon organizimida kapsula hosil qiladimi va kachon? - Ha, u bir yoki bir necha baktyeriya hujayrasini o‘ragan holda zanjir shaklida joylashadi. Qon, zardob, tuxum oqsili yoki miya to‘qimasi qo‘shilgan oziq muhitlarda o‘stirilganda ham kapsula hosil qiladi.

xiii. Kuydirgi kasalligining qo‘zg‘atuvchisi qanday nafas oladi?- aerob va fakultativ anaerob.

xiv. O‘sish uchun qanday sharoit kyerak?- rN 7,0–7,4 bo‘lgan oddiy muhitlarda 35-370S da (chegarasi 15–420S) yaxshi o‘sadi.

xv. Kultural xususiyatlari qanday?- Go‘sht-peptonli agarda o‘stirilganda R-shakldagi yirik, chetlari g‘adir-budir koloniyalar hosil qiladi. Ularni mikroskop ostida ki¬chik ob’ektiv yordamida ko‘rilganda, ko‘rinishi “shyerning yolini” eslatadi.

16. Basillani penisillin qo‘shilgan go‘sht-peptonli agarda qanday ko‘rinishida buladi?- Ular protoplastlarga aylanib, mayda sharchalar “marjonga” o‘xshab joylashadi.

17. Basil¬lani go‘sht-peptonli bulonda qanday o‘sadi?- Bulon tiniq holda qoladi va probirka tubida paxtaga o‘xshash cho‘kma hosil bo‘ladi.

18. Basillalar uglevodlarni qanday parchalaydi?- Glyukoza, saharoza, maltoza va boshqa qandlarni kislota hosil qilib, parchalaydi.

19. Jelatinani qanday parchalaydi?- Agar bu mikrobni tik qotirilgan jelatinaga sanchib ekilsa, avval jelatinaning ustki qismi suyuladi, so‘ng mikrob uning o‘rta qismidan atrofiga tarmoqlanib o‘sadi, natijada ag‘darib qo‘yilgan “archaga” o‘xshash shakl paydo bo‘ladi.

20. Sutni necha kunda ivitadi?- 3–5 kunda ivitadi.

21. Kuydirgi kasalligining basillasi qanday toksin hosil qiladi?- Murakkab ekzotoksin hosil qiladi.

22. Toksinni xususiyati?- Bu toksin – o‘ldiruvchi toksin (sitotoksin), shish paydo qiluvchi omil va protektiv antigendan iborat. Ekzotok¬sin kasallikning patogenezida muhim rol o‘ynaydi va maxsus immunitet hosil qilishda ishtirok etadi. Basillalar yana agressin ajratadi, bu omil baktyeriyani fa¬gositoz va antitelolar ta’siridan ximoya qiladi.

23. Kapsula antigeni oqsildan tashkil topgan bo‘lib, tarkibiga qanday kislota buladi?- poliglu¬tamin kislota kiradi.

24. Kuydirgi basillasining vegetativ shakli chidamligini ayting? - vegetativ shakli tashqi muhitda uzoq yashamaydi, 550S qizdirilganda 40 daqiqada, 600S qiz-dirilganda 15 daqiqada, qaynatilganda esa, 1–2 daqiqada o‘ladi.

25. Spora shaklida chidamligini ayting?- Tashqi muhitda uzoq vaqt saqlanadi. Quritilgan spora suvda 20 yilgacha, tuproqda 10–40 yilgacha saqlanadi. Sporalar issiqlikka chidamli, qaynatilganda 15–20 daqiqada, 110 0S haroratli avtoklavda 5-10 daqiqada o‘ladi.

26. Dezinfeksiyalovchi eritmalarda qanday o‘ladi?- 5% li karbol kislota, 10% li xloramin, 1% li formalin 2 soat davomida o‘ldiradi.

27. Hayvonlarga nisbatan patogenezi, moyilligi?- O‘t bilan oziqlanadigan barcha hayvonlar kuydirgi basillasiga moyil. Kuydirgi ko‘pincha qoramollar, qo‘y, echki, ot, tuya va kiyiklarda bo‘ladi. Cho‘chqa, it, mushuk va yirtqich hayvonlarda bu kasallik kam uchraydi.

28. Hayvonlarga basillaning sporasi qanday tushadi?- Em-xashak, o‘tlarni eganda kasallanadi. Patologik jarayon, asosan, ichakda rivojlanadi. Infeksiya transmissiv yo‘l orqali (so‘na¬lar chaqqanda) ham yuqadi.

29. Biologik usul qo‘llaganda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi? - Yuborilgan joyda shish, qon quyilishi paydo bo‘ladi. Hayvonlarda holsizlik, ko‘karish kuzatiladi. Ichki a’zolari ayniqsa talog‘i kattalasha¬di, ichagi, og‘zi va burnidan qon kyetadi, septisimiya rivojlanadi va hayvon nobud bo‘ladi.

30. Odamlarga qanday yuqadi?- Kuydirgi odamlarga kasal hayvonlardan yoki uning yungi va tyerisi orqali yuqadi yoki alimentar, transmissiv yo‘l bilan yuqadi.

31. Kasallikning yashirin davri davomligi?- Bir necha soatdan 6–8 kungacha, o‘r¬tacha 2–3 kun.

32. Qanday shakli ko‘prok uchraydi?- Tyeri shakli boshqalariga nisbatan ko‘p uchraydi.

33. Tyeri shaklni klinik belgilari?- Mikrob tyeridan kirsa u joy (tananing ochiq joylari – yuz, bo‘yin, qo‘l) dastlab qizaradi, keyin u yerda pufakcha hosil bo‘lib og‘riydi. Pufakchada tiniq yoki qon aralash suyuqlik to‘planib, atrofi yallig‘lanadi. Pufakcha asta-sekin qorayib quriy boshlaydi, to‘qimalar nekrozga uchrab, yara hosil bo‘ladi. Kuydirgi chiqqan joyning atrofi shishgan, nekrozlangan bo‘ladi. Bemorning harorati 39-400S gacha ko‘tarilishi mumkin. Yaraga yaqin joylashgan limfa bezlari shishadi. Kasallik tezda aniqlansa va o‘z vaqtida davolansa, bemorning isitmasi 5–6 kundan so‘ng pasayadi, shishlar kamayadi, 2–2,5 haftadan keyin yara qotib, o‘rnida chandiq hosil bo‘ladi va bemor sog‘aya boshlaydi. Kasallik ba’zan sepsisga o‘tishi, bunda letallik holati kuzatilishi mumkin.

34. O‘pka shaklining kechishi?- Kuydirgi basillasining sporalari bilan zararlangan te¬ri, yung va mo‘ynalar bilan muloqotda bo‘lganda sporalar kishilar¬ning yuqori nafas yo‘llariga tushadi va natijada infeksiyaning o‘pka shakli rivojlanadi. Kasallikning bu shakli og‘ir (og‘ir bronxopnevmoniya) kechadi va ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi.

35. Ichak shaklini kechishi?- Bu odatda, kasal hayvonning go‘shti yoki suti iste’mol qilinishi natijasida kelib chiqadi. Bunda ichak shilliq qavatlari og‘ir zararlanadi. Kuchli zaharlanish, ko‘ngil aynishi, qon qusish, qon aralash ich ketish hollari kuzatiladi. Kasallik 3–4 kun ichida yurak etishmovchiligi hisobiga o‘lim bilan tugaydi.

36. Kuydirgi kasalligidan so‘ng qanday immunitet hosil buladi?- Mikrob va toksinga qarshi immunitet hosil bo‘ladi, qayta kasallanish deyarli uchramaydi. Kasallik immunitetida makrofaglar va protektiv antigenga qarshi antitelolar asosiy ahamiyatga ega. Bu antitelolar ta’si¬rida virulentli kuydirgi basillalari fagositar reaksiya yordamida yo‘q qilinadi. Sog‘aygan kishilar zardobidan kuydirgi basillasining kapsula¬sini parchalovchi, agressin va toksinlarni neytrallovchi omillar topiladi. Kasallikda sust gipyerta’sirchanlik reaksiyasi rivojlanadi.

37. Qanday matyerial olinadi?- Kasallikning shakliga qarab tekshirish uchun har xil matyeriallar olinadi. Tyeri shaklida yaradan olingan suyuqlik, o‘pka shakli¬da balg‘am, ichak shaklida najas va siydik, septisemiyada esa qon tek¬shiriladi.

38. Patologik matyerialdan qanday usulda surtma tayyorlanadi?- Gram, Lefflyer, Gins-Burri va Romanovs¬kiy-Gimza usullari bilan bo‘yaladi.

39. Kuydirgi kasalligida tyeri-allyergik sinama qo‘yiladimi?- Xa, buning uchun bilakning ichki tomoni tyerisi orasiga 0,1 ml antraksin yuboriladi. 24 soatdan so‘ng shu joy qizarib-shishib chiqsa, reaksiya mus¬bat hisoblanadi.

40. Qanday Serologik usuldan foydala¬niladi?- Tyermopresipitasiya reaksiyasi (Askoli reaksiyasi) qo‘yiladi. Serologik tashhisda KBR, BGAR, IFU usullaridan foydalaniladi.

41. Kuydirgi basillalarini unga o‘xshash spora hosil qiluvchi aeroblardan qanday farq qilinadi?- Kuydirgi basillasini erituvchi maxsus fag ishlatiladi.

42. Kasallikni davolashda nimadan foydalanadi?- Mikrobga va toksinga qarshi preparatlar byeriladi. Muskul orasiga kuydirgi kasalligiga qarshi gamma-globulindan 30–50 ml yuboriladi. Bundan tashqari, antibiotiklar¬dan penisillin, eritromisin, yarim sintetik tetrasiklinlar byeriladi.

43. O‘lat qo‘zg‘atuvchisi qanday morfologiyaga ega? - Toun baktyeriyasi kalta, tuxumsimon, ovalsimon bo‘lib, bir tomoni to‘mtoqroq, uzunligi 1–2 mkm, eni 0,3–0,6 mkm Toun baktyeriyasi harakatsiz spora hosil qilmaydi, ammo kapsulasi bor. Anilin bo‘yoqlari bilan yaxshi bo‘yaladi, bunda ikki uchi aniq (bipolyar bo‘yalish), tanasining o‘rta qismi esa rangsiz ko‘rinadi. Chunki mikrobning ikki chetida protoplazma ko‘proq, tanasining o‘rtasida juda kam bo‘ladi. Grammanfiy,.

44. O‘lat kasalligini qaysi laborator usullardan foydalanib Tashhis kuyiladi?- Baktyeriologik, baktyerioskopik usullar bilan bir qatorda biologik usul ham qo‘llaniladi. Tezkor immunoflyuoressent usulida baktyeriyalarni tekshiriluvchi matyerialdan maxsus immun zardoblar yordamida tezlikda aniqlash uchun foydalaniladi. Bundan tashqari, BilGAR ham qo‘llaniladi.

45. O‘lat kasalligi qanday davolanadi?- Bemorlarga streptomisin byeriladi. Bu kasallikning barcha shakllarida yaxshi natija byeradi. Agar streptomisin bilan birga xloramfenikol yoki tetrasiklin byerilsa, natija yanada yaxshi bo‘ladi. Bulardan tashqari, tounga qarshi gammaglobulin va maxsus baktyeriofag ham qo‘llaniladi.

“Galyereya bo‘ylab tur” O‘yini. O‘ta xavfli infeksiyalar: sibir yarasi va o‘lat kasalliklarining laboratoriya tashhisi”.

ISh UChUN ZARUR:

d) Har xil rangli ruchkalar.

e) Jyerebevka uchun qog‘ozlar.

f) O‘yin bayonnomasini olib borish.

g) Savollar yozilgan konvyertlar.

Ishni bajarilish tartibi:

h) Guruh 3 ta kichik guruhlarga bo‘linadi.

i) Har bir guruhcha alohida stollarga o‘tirib, bittadan oq qog‘oz va bir xil rangli ruchka olishadi.

j) Qog‘ozga sana, guruh nomyeri, o‘yin nomi, shu guruhdagi talabalarning ismi, sharifi yoziladi.

k) Guruhchadan bitta talaba o‘qituvchi oldidan savollar yozilgan bitta biletni oladi va shu guruh o‘z javoblarini qog‘ozga yozishadi.

l) Har bir guruhcha uchun alohida savollar bir xil murakkablikda tuzilgann bo‘lishi kyerak.

m) 10 minut vaqt byeriladi.

n) Kichik guruhlar 10 minut davomida o‘z javoblarini qog‘ozga yozishadi va vaqt tugashi bilan 2-3 guruhchalar savollarni almashadilar.

o) Keyingi har bir guruhcha oldingi guruhchalar javobini o‘qib baholashadi va o‘zlari qo‘shimcha yozishadi, bu bosqich ham 10 minut davom etadi.

p) 30 daqiqadan so‘ng qog‘ozlar yig‘ib olinadi. Bu varaqlar 3 xil ruchkada yozilgan javoblar varianti bo‘ladi.

q) Hamma talabalar natijalarni birgalikda tahlil qilishadi. Buning uchun 15 minut vaqt byeriladi.

r) O‘z variantiga to‘g‘ri javob yozgan va boshqa variantlarga qo‘shimcha ravshda javob byergan guruhga yuqori ball byeriladi.

s) Talabalarni baholashda ish o‘yinida olgan ballari hisobga olinadi.

t) Talabalar ish o‘yinlari o‘qituvchida saqlanadi.

Konvyert uchun savollar

1. Sibir yarasi qo‘zg‘atuvchisi qanday morfologiyaga ega va surtmada qanday joylashadi?

2. Kuydirgini davolashda nimadan foydalanadi?

3. Kuydirgi kasalligi qo‘zg‘atuvchisi qachon va kim tomonidan topilgan?

1. Kuydirgi kasalligi profilaktikasida nimadan foydalaniladi?

1. Kuydirgi kasalligidan so‘ng qanday immunitet hosil buladi?

2. Kuydirgi kasalligida qanday matyerial olinadi?

3. O‘latning tabiiy o‘choqlari qayerda qayd qilinadi?

1. Kuydirgi kasalligida qanday Serologik usuldan foydala¬niladi?

1. Kuydirgi kasalligi ichak shaklining kechishi?

2. Kuydirgi kasalligida tyeri-allyergik sinama qo‘yiladimi?

3. O‘latning tabiiy o‘choqlari qayerda qayd qilinadi?

4. O‘lat kasalligini laboratoriya tashhisida qaysi usullardan foydalaniladi?

1. O‘latni davolashda qanday preparatlar ishlatiladi?

2. Kuydirgidan so‘ng qanday immunitet hosil buladi?

3. O‘lat qo‘zg‘atuvchining kultural xususiyatlari qanday?

4. Kuydirgini davolash va oldini olish chora tadbirlari.

13.2.1. Tahliliy qism.

Vaziyatli masala:

Shifokorga fyermada ishlovchi bemor isitma va umumiy holsizlikka shikoyat bilan murojaat kildi. Ko‘zdan kechirilganda bilak sohasida karbunkul borligi aniqlandi.

- -Bunday kasallikni qaysi mikroorganizmlar keltirib chiqarishi mumkin?

- Kasallikka yakunlovchi tashhis qo‘yish va infeksiya manbaini topish uchun qanday mikrobiologik tekshiruvlar utkazilishi zarur?

13.2.3. Amaliy qism.

 Antrakoid va sporali baktyeriyalar kulturalaridan surtma tayyorlab, bo‘yab, mikroskopda ko‘rishni;



 Askoli halqatyermopresipitasiya reaksiyasini qo‘yishni va uning natijasini baholashni;


Yüklə 23,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə