Ma’ruza materiallari 1-mavzu: investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati reja



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə8/125
tarix28.06.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#90199
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   125
Инвестиция ва инновациялар Маърузалар

2.1-rasm. Investitsiya jarayoni

Investitsiya jarayoni tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlarini tashkil etish uchun mol-mulklarning kapitallashuvini ta’minlash maqsadida investorlarning resurslarni jamg’arish va ularni turli shaklda qo’yish bilan bog’liq harakatlari yig’indisi, deb tushunilishi kerak. Bu jarayon jamg’arish (resurslar) – investitsiya qo’yish (xarajatlar) – mol-mulk kapitallashuvi – iqtisodiy yoki ijtimoiy samara ketma-ketligidan iborat bo’ladi. Albatta, bu holatda pul shaklida qo’yilgan investitsiyalar mol-mulk kapitallashuvini anglatmaydiku?, degan savol tug’ilishi mumkin. Shuni alohida qayd qilish lozimki, investitsiya jarayonining natijasida pul mablag’lari, oxir-oqibatda, kapital mol-mulklarning kapitallashuviga olib keladi. Chunki, investitsiya qo’yishdan maqsad daromad olish ekan, faqatgina mol-mulklarning kapitallashuvigina daromad olish uchun sharoit yaratadi. Shuning uchun ham pul mablag’lari, aktsiya, obligatsiya va boshqa moliyaviy shaklda investitsiya qilishdan maqsad mol-mulklarning kapitallashuvini ta’minlash, ularni yangilash va zamonaviylashtirishdan iborat.


Umumlashtiradigan bo’lsak, resurslar, ularni qo’yish va bu jarayon natijasida foyda (daromad) olish bir-biri bilan uzviy bog’langan bo’lib, investitsiya qilishdan oldin resurslar jamg’ariladi, so’ng ular foyda (daromad) yoki ijtimoiy samara olish maqsadida iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga joylashtiriladi. Resurslarsiz qo’yish jarayoni bo’lmaydi, resurslar qo’yilmas ekan foyda (daromad) yoki ijtimoiy samara olish ham mumkin emas va shuningdek, resurslar qanday turda bo’lishidan qat’iy nazar ularning manbai daromaddir.
Demak, yuqorida aytib o’tilganidek, resurslar (jamg’arish) – investitsiyalashning bosh nuqtasidir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shakllaridan qat’iy nazar investitsiyalar kapitalni (resurslarni) jamg’arish jarayonining natijasi hisoblanadi. Jamg’arish investitsiya qo’yishning asosi bo’lib, u qo’yiladigan investitsiyalarning hajmini ham belgilab beradi.
Fikrimizcha, investitsiya faoliyatida investitsiyalarning ketma-ketligi va ularning o’zgaruvchanligi, ya’ni resurslar (qiymatliklar) – qo’yish (xarajatlar) va investitsiya natijasida samara (foyda, daromad) olish yotishi kerak. Agar samara olinmasa investitsiyalashga rag’bat ham bo’lmaydi.
Investitsiyalashning bosh bosqichlari quyidagilar bo’ladi: resurslarni kapital qo’yilmalarga aylantirish (resurslarning kapitallashuvi), ya’ni bunda investitsiyalar investitsiya faoliyatining aniq obyektlariga transformatsiyasi jarayoni yuz beradi; qo’yilgan mablag’larning kapital qiymati o’sishiga aylanishi (ekspluatatsiyaga berilgan obyektlar va ishlab chiqarish quvvatlari shaklida); kapital qiymatining daromad (foyda) shaklida o’sishi, ya’ni investitsiyalashning oxirgi (so’nggi) maqsadi amalga oshiriladi.
Shunday qilib, investitsiyalarning bosh va oxirgi nuqtalari tutashadi. Bunda yana ketma-ketlik, bir-biri bilan yangi aloqa shakllanib: daromad (foyda) – resurslar – oxirgi natija, ya’ni jamg’arish jarayoni takrorlanadi. Demak, investitsiya faoliyatining mohiyatini tushunishda jamg’arish (resurslar), investitsiya qo’yish va ularning kapitallashuvi jarayonlarini ham birga olib qarash lozim.
Investitsiya faoliyati investitsiyalash va investitsiyalarni, mulkni ko’paytirishning asosi hisoblanadi, chunki aynan ana shu faoliyatda investitsiya bir ko’rinishdan ikkinchi ko’rinishga o’tadi, ya’ni jamg’armalar (resurslar), qo’yilmalar (xarajatlar), kapital mulk (tayyor mahsulot), iqtisodiy yoki ijtimoiy samara (daromad, foyda) va kapitalni o’stirish (jamg’arma) shaklini oladi.
Investitsiya jarayoni bilan investitsiya faoliyatining farqi shundaki, investitsiya jarayoni maqsadli, maqsadli harakatni namoyon etmaydi, balki, umumiy hatti-harakatlarni ifoda etadi va mujassamlashtiradi. Investitsiya faoliyati aniq maqsadga asoslangan bo’lib, maqsadlarning turlariga qarab, turlicha yo’nalish, xususiyat, natija va samaraga ega bo’ladi. Investitsiya faoliyati biznes-g’oyalarni yaratish, ishlab chiqish, ular asosida investitsiya loyihalarini asoslash, investitsiya loyihalarini amalga oshirishning moddiy-texnik, moliyaviy va boshqa asoslarini aniqlash va ta’minlash va shuning asosida investor xarajatlari qoplanishi, mulkning yanada ko’payshiga erishish hamda bu jarayonda ma’lum subyektlar ishtirokini ta’minlash harakatlari va imkoniyatlarini aks ettiradi. Shu jihatdan investitsiya faoliyati investitsiya jarayoniga nisbatan kengroq tushuncha hisoblanadi.
Qo’yiladigan resurslarning turlariga qarab, investitsiya resurslari qo’yidagi shakllarda bo’ladi:

  • pul va boshqa moliyaviy mablag’lar, shu jumladan, kreditlar, paylar, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar;

  • ko’char va ko’chmas mol-mulk (binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa moddiy boyliklar) hamda ularga doir huquqlar;

  • intellektual mulk obyektlari, shu jumladan, texnikaviy hujjatlar tarzida tuzilgan texnikaga, texnologiyaga, tijoratga oid va boshqa bilimlar majmui, u yoki bu turdagi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo’lgan bilimlar va ishlab chiqarish tajribasi, nou-xau;

  • yerga va boshqa tabiiy resurslarga, binolar, inshootlar, uskunalarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi, shuningdek, mulk huquqidan kelib chiquvchi ashyoviy huquqlar;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa boyliklar.

Investitsiyalash maqsadlari ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga yo’naltirilgan, texnik-iqtisodiy, biznes-boshqaruv, marketing va ishlab chiqarish rejalari kabi jihatlarga asoslangan, turli moliyaviy manbalar mablag’lari ishtiroki nazarda tutilgan kompleks hujjatlar asosida shakllantiriladigan investitsiya loyihalari orqali amalga oshiriladi.
G’arb adabiyotida23 investitsiyalashning eng keng tarqalgan to’rt maqsadi keltiriladi: joriy daromadni ko’paytirish; kelgusida yirik xarajatalar uchun mablag’ jamg’arish; pensiya fondlarida mablag’ to’plash; daromadlarni soliqqa tortishdan himoyalash.
Keltirilgan ro’yxatda investitsiyalash maqsadlarida manfaatlar ustuvorligi yaqqol va shu sababli uni sharhlashga zarurat yo’q, deb hisoblaymiz.
Umuman olganda, investitsiyalash maqsadlarini to’rt guruhga ajratish mumkin:

  • yangi ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishni tashkil etish;

  • ishlab chiqarishni yoki xizmat ko’rsatishini kengaytirish;

  • ishlab chiqarish samaradorligini oshirish;

  • davlat tashkilotlari talabini qondirish, ularni mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlash.

Bundan ko’rinadiki, investitsiyalash maqsadlari turlicha bo’lib, ular, oxir-oqibatda, mamlakat iqtisodiyoti taraqqiyotini ta’minlash imkonini beradi.
Investitsiya resurslarining taqchilligi sharoitida ustuvor yo’nalishga ega bo’lgan loyihalar qishloq xo’jaligi va sanoat tarmoqlarida, ijtimoiy sohalarda (fan, sog’liqni saqlash, madaniyat, maorif va h. k.) ishlab chiqilishi lozim.
Investitsiya faoliyati subyektlari investitsiya sohasida faoliyat ko’rsatib, bu yerda ular tomonidan investitsiyalar amalga oshiriladi. Investitsiya sohasi tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • kapital qurilish sohasi (bu soha buyurtmachi-investorlar, pudratchilar, loyihalashtiruvchilar, uskuna etkazib beruvchilar va boshqa tegishli tashkilotlar faoliyatini birlashtiradi);

  • innovatsiya sohasi (ilmiy-texnik va intellektual salohiyat amalga oshiriladi);

  • moliya kapitali muomalasi sohasi (qimmatli qog’ozlar va boshq.);

  • investitsiya faoliyati subyektlarining mulkiy huquqlarini amalga oshirish sohasi.

Investitsiya loyihalarining ishlab chiqilishi turli tarmoqlarda olib borilishi mumkin. Masalan:
1. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda agrosanoat ishlab chiqarishini barqarorlashtirish va oziq-ovqat resurslarini ko’paytirish kabi investitsiya loyihalari ishlab chiqilishi mumkin. Bu loyihalar don xo’jaligini rivojlantirish va takomillashtirishga, chorva mollari mahsulotlarini ishlab chiqarishni oshirishga qaratilgan bo’lishi, shuningdek, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda, sotishda, saqlashda yo’qotishlarni kamaytirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
2. Mashinasozlik sohasida ishlab chiqilgan va amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari energiyani kam sarf qiluvchi mashina va uskunalar bilan ta’minlashga qaratilgan bo’lishi kerak.
3. Qurilish sanoatida investitsiya loyihalari, asosan, yakka tartibdagi va umumiy qurilish uchun kerak bo’lgan sifatli va arzon qurilish materiallari bilan bozorni to’ldirish, sanoat qurilish materiallari korxonalarini kam energiya sarf qiluvchi texnologiyalar bilan ta’minlash va qayta qurollantirish, xom ashyo bazasini rivojlantirish bilan bog’liq bo’ladi.
4. Aloqa va informatika tarmog’idagi korxonalarda loyihalar, ko’pincha, uni texnik qayta qurollantirish va elektr aloqa tarmog’ini ta’mirlash, yangi xizmat aloqalarini kengaytirish bilan bog’liq bo’ladi.
5. Kimyo sanoatidagi investitsiya loyihalari sanoatdagi raqobatbardosh yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni sotish bilan bog’liq bo’ladi.
6. O’rmon kompleksidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda yog’ochni qayta ishlovchi korxonalarni yangi texnologiyalar bilan ta’minlash hisobiga ularning ish unumini oshirish, o’rmon xo’jaligining ishlab chiqarish tarmog’ini takomillashtirish va ekologiyaga ta’sir etuvchi chiqindilarni pasaytirishdan iborat.
7. Ekologiya tarmog’idagi loyihalar sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalarining hozirgi va keyingi faoliyatlarini, ularning mulk shakllarini hisobga olgan holda, me’yor va qoidalar asosida ekologik vaziyatni yaxshilashga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə