Ma’ruza materiallari 1-mavzu: investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati reja


Moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə10/125
tarix28.06.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#90199
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   125
Инвестиция ва инновациялар Маърузалар

2.3. Moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari

Moliyaviy investitsiyalar – daromad olish (xuddi foizlar, dividendlar va ijara haqi singari) va asosiy kapital qiymatini ko’paytirish maqsadida investor tasarrufida bo’lgan korxona aktivlari. Mohiyat jihatdan «qimmatli qog’ozlarga (aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar), ya’ni moliyaviy aktivlarga joylashtirilgan kapital moliyaviy investitsiyalarni anglatadi»24.


Bozor munosabatlari sharoitida pul resurslarini uzluksiz shakllantirish va ularni daromad keltiruvchi obyektlarga samarali investitsiyalash moliya bozori yordamida ta’minlanadi. Ushbu bozor o’zida pul bozori, kredit bozori va fond bozorini mujassam etadi. Fond bozorida moliyaviy (portfel) investitsiyalar amal qiladi-ki, ular qimmatli qog’ozlarni sotib olishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Moliyaviy investitsiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin:

2.2-rasm. Moliyaviy investitsiyalarni tasnifiy belgilari
Moliyaviy investitsiya yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyorida mavjud bo’lgan bo’sh pul mablag’laridan samarali foydalanishni ta’minlaydi. Moliyaviy investitsiyalar joriy (qisqa) va uzoq muddatli investitsiyalarga ajratiladi. Joriy (qisqa) investitsiyalar – erkin sotiladigan va bir yildan ko’p bo’lmagan muddatda egalik qilishga qaratilgan qimmatli qog’ozlar, ular, odatda, bozor (likvidli) qimmatli qog’ozlari, deb ataladi.
Hozirgi iqtisodiy sharoitda jalb etilgan mablag’lar hisobiga investitsiya faoliyatini moliyalashtirish, asosan, qimmatli qog’ozlar, xorijiy investitsiyalar va bank kreditlari hisobiga amalga oshirilmoqda. Aytish joizki, bank kreditlari qarz mablag’lari tarkibiga kiritilsa ham, bu manbani jalb qilingan mablag’lar tarkibiga kiritish mumkin, chunki bank krediti investitsiya faoliyatini moliyalashtirish uchun chetdan, kredit tashkilotlaridan jalb qilinadi.
Investitsiya qilishda turlicha vositalar qo’llanilishi mumkin: pul, valyuta, kredit, qimmatli qog’ozlar, mulk (moddiy va nomoddiy), turli tovar-xom ashyolar va h.k. Bular ichida qimmatli qog’ozlarga investitsiya qilish investorning talablarini qondirishning eng samarali va keng tarqalgan usullaridan biri hisoblanadi.
Qimmatli qog’ozlar bozori, bir tomondan, iqtisodiyotning xo’jalik subyektlari uchun moliyaviy ta’minlanish manbai bo’lsa, ikkinchi tomondan, aholi va xo’jalik subyektlarining bo’sh turgan mablag’larini iqtisodiyotga faol jalb etuvchi, pul mablag’larini qayta taqsimlovchi mexanizmdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning yangidan vujudga kelayotgan va faoliyat yuritayotgan tarmoqlarini rivojlantirish uchun turli shakldagi va hajmdagi investitsiyalar kerak bo’ladi. Bozor iqtisodiyotida qimmatli qog’ozlar bozori iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilari o’rtasida pul vositalarini samarali qayta taqsimlovchi mexanizm vazifasini bajarmoqda.
Jalb etilgan mablag’lar hisobiga investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning muhim manbalaridan biri bu to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisoblanadi. Bo’sh turgan mablag’larni aksiyadorlik jamiyatlariga yoki davlat budjetiga yo’naltirish qo’shimcha mablag’ga bo’lgan ehtiyojni qondirishga olib keladi. Mana shunday vaziyatlarda pul mablag’larini qayta taqsimlaydigan samarali iqtisodiy mexanizm kerak bo’ladi. Bu mexanizm moliyaviy investitsiyalar harakatini ta’minlab, iqtisodiy o’sishga sharoit yaratadi.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə