Ma’ruza№1 mavzu: kasbiy psixologiya faniga kirish. Fanning pr



Yüklə 121 Kb.
səhifə22/27
tarix26.05.2022
ölçüsü121 Kb.
#88109
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Mavlonova

Savol

Javob1

Javob 2

Javob 3

Javob 4




Bir javobli testlar

1

Kasb psixologiyasining metodologik asosi bu?

shaxsning kasbiy shakllanish konsepsiyasi

kasbiy maslahat, kasbiy ma’lumot

kasbiy faoliyatning tahlili, kasbiy maqsadlar, vaziyatlar, qiyinchiliklarini o‘rganish

shaxsning individual xususiyatlari




2

Kasbiy shakllanish nima?

shaxsning kasb tanlash jarayonida kasbiy ta’limga tayyorlanishi

salohiyat va muhim kasbiy sifatlarning boyib borishi

kasbiy jihatdan o‘zini topa olish uchun o‘z ustida ishlashi

psixika va ongni faoliyatda rivojlanishi




3

Kasb psixologiyasi metodlari asosan nechta metodologik tamoyillarga asoslanadi?

2

4

3

5




4

Kasb psixologiyasining predmeti?

shaxsning kasbiy shakllanish mexanizmi, qonuniyatlari hamda psixologik xususiyatlarini o‘rganish

psixologiya sohasida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar va nazariy manbalarni o‘rganish

psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganish

fanlararo o‘zaro integratsiya jarayonlarini psixologiya tarmoqlariga ta’sirini o‘rganish




5

Kasb psixologiyasining ob’ekti?

shaxsning kasb bilan hamkorligi yoki o‘zaro bog‘liqligi

odamning psixik rivojlanishining umumiy qonuniyatlari

shaxsning psixologik xususiyatlari

inson faoliyati va xulq-atvorida ob’ektiv reallikning aks etishi qonuniyatlaridan iborat




6

Ontogenezda shaxs tug‘ilganligidan to umrining oxirigacha shaxsda kechadigan psixik rivojlanish va shakllanish bosqichlarini o‘rganuvchi psixologiya tarmog‘i qaysi?

yosh davrlar psixologiyasi

muhandislik psixologiyasi

pedagogik psixologiya

mehnat psixologiyasi




7

Shaxsni kasbiy shakllanishining psixologik qonuniyatlarini o‘rganuvchi tarmoq?

kasb psixologiyasi

yosh davrlar psixologiyasi

pedagogik psixologiya

mehnat psixologiyasi




8

Tadqiqiy metodlar deganda nima tushuniladi?

psixikaning xususiyatlari, qonuniyatlari va mexanizmlari haqidagi yangi ob’ektiv bilimlar olishga yo‘naltirilgan usullari

yangi bilimlarga qaratilgan uslublar

ma’lumotlarni tadqiqotda qatnashuvchilarning turli guruhlariga nisbatan taqqoslash

kasbiy shakllanishda individual yo‘lni o‘rganishga yordam beradi




9

Longityud metodiga xos javobni belgilang.

kasbiy shakllanishda individual yo‘lni o‘rganishga yordam beradi

yangi bilimlarga qaratilgan uslub

savol-javob usullari, testlar tajribalar keng qo‘llaniladi.



metod orqali sinovdan o‘tayotgalarning ko‘p miqdorini qisqa vaqt ichida qamrab olish mumkin




10

Genetik usullarning tadqiqot metodlarini ko‘rsating.

longityud metod, biografik metod

hujjatlarni o‘rganish, mehnat metodlari

maxsus qobiliyatlar testi, muvaffaqiyatlarni o‘rganish testi

tabiiy, laboratoriya, shakllantiruvchi usullar




11

Praksimmetirik usullarning tadqiqot metodlarini ko‘rsating.

topshiriqlarni tahlil qilish, hujjatlarni o‘rganish

longityud metod, biografik metod

kavzometriya, psixobiografiya

despersion, korrelyasion, faktorli (omilli) tahlil




12

Kasbiy psixologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishi necha bosqichda kechdi?

3

4

2

5




13

Qaysi alloma har bir bolani biror hunarga o‘rgatmoq shart, deydi?

Ibn Sino

Abu Nasr Farobiy

Yusuf Xos Hojib

Ogahiy




14

Qaysi olim kasb-hunar to‘g‘risida ilk fikrlarini bildirgan ?

Abu Nasr Farobiy

Ibn Sino

Ogahiy

Yusuf Xos Hojib




15

Abdulla Avloniyga tegishli variantni belgilang

“Turkiy Guliston yohud axloq” asari muallifi

har bir bolani biror hunarga o‘rgatmoq shart, deydi

«Qutadg‘u bilig» asari muallifi

kasb-hunar to‘g‘risida ilk fikrlarini bildirgan





Yüklə 121 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə