Mary Kay hayoti va faoliyati Tayyorladi: Yusupova Zilola



Yüklə 498,38 Kb.
səhifə1/2
tarix20.03.2023
ölçüsü498,38 Kb.
#102851
  1   2
Mary Kay

Mary Kay hayoti va faoliyati

Tayyorladi: Yusupova Zilola.

Mary Kay Ash (Meri Kay Ash, hayot yillari 05.12.1918 - 22.11.2001) - amerikalik tadbirkor, Mary Kay Inc. asoschisi, kosmetika va terini parvarish qilish mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan.


Mary Kay — bu ayollar va erkaklar uchun kosmetika mahsulotlari, shaxsiy parvarish va terini parvarish qilish vositalari, parfyumeriya ishlab chiqarish bilan birga, sotish bilan shugʻullanadigan kompaniya sanaladi. 2018-yil holatiga koʻra, Mary Kay daromad boʻyicha dunyodagi oltinchi toʻgʻridan-toʻgʻri sotuvchi kompaniyalaridan edi.

Kompaniya haqida qisqacha maʼlumotlar

Bosh qarorgoh

Addison, Texas.

Asoschisi

Mary Kay Ash

Tashkil etilgan

1963 yil 13 sentyabr,Dallas, Texas, AQSH

Bosh direktor

Devid Xoll (2006-y)

Daromad

2,8 milliard dollar (2020)

Hamkor korxonalar

Mary Kay Cosmetics Ltd.,Mary Kay Foundation va boshqalar

Bosh tashkilot

Mery Kay Holding Corporation

Shiori
Mary Kayning shiori „Biz butun dunyo boʻylab ayollar hayotini yaxshilaymiz“.
Oltin qoidasi
Mary Kay oʻz falsafasining asosi sifatida „Oltin qoida“ ni oldi, unda aytilishicha, har qanday vaziyatda ham, eng toʻgʻri qaror bilan boshqalarga, ular sizga qanday munosabatda boʻlishini xohlasangiz, shunday munosabatda boʻlishdir, degan fikr oltin qoidasi hisoblanadi.

Biznes modeli


Mary Kay oʻz mahsulotlarini „Goʻzallik boʻyicha mustaqil maslahatchilar“ deb nomlangan savdo maslahatchilari tarmogʻi orqali sotiladi. Maslahatchi sifatida malakaga ega boʻlish uchun siz savdo va terini parvarish qilish dasturlari boʻyicha qisqa, bepul oʻquv kursini oʻrganishingiz va boshlangʻich toʻplamni xarid qilishingiz kerak boʻladi. Tarqatish modeli MLM kompaniyalari uchun standartdir: maslahatchi soni va joylashuvi boʻyicha cheklovlarsiz boshqa maslahatchilarni yollashi va ularning sotuvi miqdori boʻyicha komissiya olishi mumkin. Kompaniyada mashhur pushti Cadillac kabi ragʻbatlantiruvchi dasturlari bor. Kompaniya franchayzing modelidan foydalanmas ekan. Kayning rasmiy pozitsiyasi ayollarning ehtiyoji va erkinligiga boʻlgan ehtiyoj pasayishi bilan bogʻliq edi, chunki ularning koʻpchiligi moliyalashtirish uchun erkaklarga murojaat qilishga majbur boʻladi.

Yüklə 498,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə