Mashgʻulot turi: laboratoriya


REGISTRLAR FLAGLAR, TEZKOR XOTIRA VA XOTIRA TURLARI BILAN TANISHISH



Yüklə 31,66 Kb.
səhifə4/6
tarix20.05.2023
ölçüsü31,66 Kb.
#111690
1   2   3   4   5   6
1labKT

REGISTRLAR FLAGLAR, TEZKOR XOTIRA VA XOTIRA TURLARI BILAN TANISHISH
Registrlar deb, raqamli axborotni qabul qilish, xotirada saqlash, uni uzatish va shu axborotni kodini o‘zgartiradigan qurilmaga aytiladi. Registr inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, yozuv jurnali (Jurnal registratsiy) degan ma’noni anglatadi. Registrda axborot 0 va 1 raqamlarining kombinatsiyasidan iborat sonlar ko‘rinishida saqlanadi. Registrlar triger deb ataluvchi mantiqiy elementlar to‘plamidan tashkil topgan va ularning soni mashina so‘zining razryadlar soniga teng bo‘ladi. Axborotdagi ikkilik kodning har bir razryadiga registrning bitta mos razryadi to‘g‘ri keladi. Registrlar axborotni xotirada saqlashdan tashqari ular quyidagi vazifalarni ham bajaradi.
1) Sonning kodini o‘zgartirish;
2) Axborotni o‘ngga va chap istalgan razryadga surish;
3) Ketma-ket kodlarni parallel kodlarga almashtirish va aksincha;
4) Ayrim mantiqiy amallarni bajarish;
Registr o‘zining strukturaviy tuzilishiga ko‘ra 8 razryadli, 16 razryadli, 32 razryadli bo‘ladi. Registrlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1) Umumiy foydalanishga mo‘ljallangan registrlar
2) Segment registrlar
3) Flag registrlar
4) Buyruq registrlar
5) Soprotsessor registrlari
6) MMX kengaytmali butun sonli registrlar
7) MMX kengaytmali o‘nlik nuqtasi siljuvchan sonlar bilan ishlovchi registrlar
Tezkor xotira va xotira turlari
Tezkor xotira mikrosxemalari - Kompyuterning vaqtinchalik xotirasi. U dasturlar ishlash jarayonida zarur bо‘lgan ma’lumotlarni saqlash uchun foydalanadi. Kompyuter о‘chirilgandan keyin shu xotiradagi ma’lumotlar yо‘qotiladi.
Qattik disk yoki vinchester - Doimiy xotira. Ma’lumotlarni doimo saqlash uchun foydalanadi. U vinchester deb nomlanadi. Vinchester nomi birinchi kattik disk nomidan kelib chiqkan (1973 yilda IBM firma tomonidan yaratilgan kattik disk nomi "30/30" bо‘lgan va bu mashxur Winchester miltiqning kalibrga о‘xshar edi). Ular hajm va ishlash tezligi bilan farqlanadi.

Yüklə 31,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə