Mashg‘ulot turi: ma’ruza Mavzu: Islom dini va ta’limoti Mavzu rejasi


Allohning borligi va birligiga imon keltirish



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix31.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#114609
1   2   3   4   5   6   7   8
\'2 ìàúðóçà ëîò

Allohning borligi va birligiga imon keltirish
, ya’ni Allohning Qur’oni 
karimda va Muhammad payg‘ambar hadislarida bayon qilingan barcha 
ism
lari va 
sifat
lariga imon keltirish.

Ibodat qilish va sig‘inishga undan o‘zga loyiq zot yo‘q deb bilish, uning 
barcha buyruqlarini qabul qilish va barcha qaytargan narsalaridan qaytish. 
Qur’onning «al-Ixlos» (112-) surasida Alloh taoloning yagonaligini shunday 
ta’riflanadi: «Aytgin (Ey, Muhammad payg‘ambar): Alloh yagonadir, beniyozdir 
(hech kim va hech narsaga muhtoj emas, balki barcha unga muhtojdir), tug‘magan, 
tug‘ilmagan va uning tengi yo‘qdir» (Qur’on, 112:1-4);

farishtalarning borligiga imon keltirish.

Farishtalar (
malo’ika
) Allohning nurdan yaratgan, uning buyruqlarini so‘zsiz 
bajaruvchi, uning amridan tashqari chiqmaydigan xos bandalaridir. Ulardan 
Jabro’il (Jibril), Miko’il (Mikol) kabi buyuk farishtalarning nomlari Qur’onda zikr 
etilgan. Jabro’il farishtaning vazifalaridan biri payg‘ambarlarga Allohning 
vahy
larini etkazish bo‘lgan. Farishtalardan ba’zilari odamlar bilan doim birga 
bo‘lib, ularning yaxshi va yomon ishlarini yozib boradilar. Qur’onda ular «
Kirom 
kotibun
» (
mukarram kotiblar
) deb zikr etilgan (Qur’on, 82: 10-12). Bundan 
tashqari, tafsir kitoblarida Isrofil, Azro’il nomli farishtalarning ismlari qayd 
etilgan. Qur’on va hadislarda farishtalar haqida juda ko‘p erda so‘z yuritilgan. 
Ularga ishonish imonning shartlaridandir; 

ilohiy kitoblarga imon keltirish.

Alloh Muhammad payg‘ambarga Qur’onni nozil qilganidek, boshqa 
payg‘ambarlarga ham kitoblar tushirgan. Ulardan bizga ma’lum bo‘lganlari: 
Ibrohim payg‘ambarga «Sahifalar», Muso payg‘ambarga «Tavrot», Dovud 
payg‘ambarga «Zabur» va Iso payg‘ambarga berilgan «Injil» kitoblaridir. Ulardan 
boshqa payg‘ambarlarga yuborilgan kitoblar haqida Qur’on va hadislarda xabar 
berilmagan. YUqorida nomlari zikr etilgan kitoblarning barchasi Qur’onda Alloh 
tomonidan nozil qilingan deb ta’kidlanganligi sababli ularga shunday deb ishonish 
imonning shartlaridan hisoblanadi. Islom ta’limotiga ko‘ra, oldingi ilohiy kitoblar 
buzilib ketganligi sababidan Qur’on ularning ta’limotini tiklab kelgan; 


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə