Masofaviy ta’lim tizimida foydalanish reja: 1 masofaviy ta’lim tizimi



Yüklə 43,13 Kb.
səhifə2/9
tarix31.12.2021
ölçüsü43,13 Kb.
#81734
1   2   3   4   5   6   7   8   9
MASOFAVIY TA'LIM TIIZMI

Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda ta’lim tizimining barcha bosqichlarida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning ilg’or uslublarini joriy etish, o’sib kelayotgan yosh avlodning chet tillariga qiziqishini yanada oshirish va o’z navbatida, shu tillarda erkin so’zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, ko’zda tutilgan1. Chet tillarni izchil o’rganishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega.  Shu jarayonlardan kelib chiqqan holda ta’lim tizimida masofaviy ta’lim tushunchasi kirib keldi. Biz ham universitet talabasi sifatida masofaviy ta’lim imkoniyatlarini o’rgangan holda bugun oldimizda turgan ’’ Chet tillarini masofaviy o’qitishda interfaollik muammosi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishimizni yoritib berishga harakat qilamiz. Mavzu yuzasidan izlanishlar davomida ko’plab ingliz, o’zbek, ingliz va rus tillaridagi ilmiy hamda badiiy adabiyot va qo’llanmalardagi mavzuga aloqador ma’lumotlarni bir joyga yig’ishga erishdik. Ilmiy ish darajasiga ko’tarilgan har bir mavzu fanda ko’ndalang turgan muhim savollarga javob bo’lishi mumkin. Ushbu bitiruv malakaviy ishi uchun tanlangan mavzu ham ta’lim sohasining deyarli ochilmagan qirralaridan biridir. Bu mavzu yuzasidan ko’plab ilmiy ishlar qilingan bo’lishi mumkin, ammo masofaviy ta’lim va chet tillarini masofaviy o’qitishda interfaollik muammosi masalasiga kam qo’l urilgan. Zero mavzuning dolzarbligi ham ana shunda. Ma’lumki masofaviy ta’lim tizimidan dunyo xalqlari keng miqyosda foydalaniladi. Izlanishda ta’lim tizimida masofaviy ta’lim imkoniyatlaridan kengroq foydalanilmaganli, chet tillarini o’qitishda zamonaviy texnologiyalarning xizmatlari kengroq yoritilmaganligi, chet tillarini masofaviy o’qitishda interfaol usullardan foydalanish qulayliklari va unda yuzaga keladigan interfaollik muammosi o’rganilmaganligi, shuningdek uni o’rganishning yangi pedagogik texnologiyasining ishlab chiqilmaganligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi.


Yüklə 43,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə