Matematik modellarni qurish metodlari



Yüklə 29,88 Kb.
səhifə5/6
tarix20.06.2023
ölçüsü29,88 Kb.
#118081
1   2   3   4   5   6
KOMPYUTERLI MODELLASHTIRISH

CHIZIQLI MODELLAR
Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasi(CHATS)ni yechish, modellashtirishda ko’p uchraydigan masalalardan biridir. CHATS qandaydir fizik jarayonning matematik modeli deb qarash mumkin. Berilgan ma’lumotlar asosida ko’phadlar yoki maхsus egri chiziqlar qurish, differensial va integral tenglamalarni diskret algebraik sistema ko’rinishda ifodalash CHATS ni echishga keltiriladi. CHATSni echish usullari.
CHATSni echishda aniq (Gauss, Kramer, teskari matritsa, Jardon) va taqribiy (ketma-ket yaqinlashish, oddiy iteratsiya, Zeydel) usullaridan foydalanish mumkin.

MATEMATIK MODELLARNING ASOSIY TURLARI.
Jarayonning aniq amalga oshirish va uning apparaturali rasmiylashtirilishga bog‘liqligidan kimyo-texnologik jarayonlarning barcha xilma-xilligini vaqtli va fazoviy alomatlaridan kelib chiqib to‘rt sinfga bo‘lish mumkin:
1) vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan (nostatsionar) jarayonlar;
2) vaqt bo‘yicha o‘zgarmaydigan (statsionar) jarayonlar;
3) fazoda parametrlari o‘zgaradigan jarayonlar;
4) fazoda parametrlari o‘zgarmaydigan jarayonlar.
Matematik modellar muvofiq ob’ektlarini aks ettiruvchi bo‘lgani uchun, ular uchun shu sinflar xarakterlidir, chunonchi:
1) statik modellar – vaqt bo‘yicha o‘zgarmas modellar;
2) dinamik modellar – vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi modellar;
3) jamlangan parametrli modellar – fazoda o‘zgarmas modellar;
4) taqsimlangan parametrli modellar - fazoda o‘zgaruvchi modellar.
Mujassamlashgan parametrli modellar. Modellarning berilgan sinflari uchun o‘zgaruvchanlarning fazodagi turg‘unligi xarakterlidir. Nostatsionar jarayonlar uchun algebraik tenglamalar yoki birinchi tartibli differensial tenglamalarni matematik tavsif o‘z ichiga oladi. Modellarning berilgan sinfi bilan tavsiflanadigan ob’ekti misolida oqimning ideal (to‘liq) aralashtirish apparati xizmat qilishi mumkin.
Taqsimlangan parametrli modellar. Agar jarayonning asosiy o‘zgaruvchilari nafaqat vaqtda, balki fazoda ham o‘zgarsa, yoki agar ko‘rsatilgan o‘zgarishlar faqat fazoda bo‘lib o‘tsa, unda bunday jarayonlarni tavsiflaydigan modellar taqsimlangan parametrli modellar deb ataladi. Ularning matematik tavsifi odatda xususiy hosilali differensial tenglamalarni, yoki statsionar jarayonlarning bitta fazoviy o‘zgaruvchili oddiy differensial tenglamalarni o‘z ichiga oladi. Bunday modellar bilan tavsiflanadigan jarayonning misoli bo‘lib diametriga nisbatan uzunligining katta va reagentlarning harakat tezligi katta bo‘lgan quvurli apparat xizmat qiladi.

Yüklə 29,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə