Jizzax shahar “Ideal study” o’quv markazi: Farrux Odilov
21
№106
Masalalarni yeching
1) Sinfda 25 nafar o'quvchi bo'lib, ularning 20% i «a'lochi», 40% i esa «yaxshi» bahoga o'qiydi,
qolganlarida «o'rta» baholar bor. Sinfdagi o'quvchilarning qanchasi «a'lo», «yaxshi» va «o'rta» bahoga
o'qiydi?
2) Yer sharida 20 mln kub km muzlik bor. Shundan 90% i Antarktida qit'asiga to'g'ri keladi. Bu qit'aga
qancha kub kilometr muzlik to'g'ri kelishini toping.
3) Noma'lum son bilan uning 25% ining yig'indisi 625 ga teng bo'lsa, sonning o'zi nimaga teng?
4) Erta bahorda o'quvchilar maktab bog'iga 2400 tup daraxt ko'chati o'tqazishlari kerak edi. Ular esa rejani
23% ga orttirib bajardilar. Maktab bog'iga necha tup daraxt ko'chati o'tqazilgan ?
5) Maktab tajriba maydoniga 900 ta urug' ekildi. Ularning 5% i unib chiqmadi. Hammasi bo'lib qancha
urug' unib chiqqan?
6)Kutubxonada 28000 ta kitob bo'lib, ularning 40% ini ta'mirlash kerak. Qancha kitobni ta'mirlash kerak
bo'ladi?
7) Maktabda 1000 nafar o`quvchi bor, ularning 46% ini o`g`il bolalar tashkil etadi. Shu maktabda nechta
o`g`il bola va nechta qiz bola o`qiydi?
8) Farruxda dastlab 400 so`m pul bor edi. U pulining 25% ini sarflab , muzqaymoq sotib oldi. Keyin
qolgan pulining 75% iga daftar sotib oldi. Farruxda qancha pul qolgan ?
11) Songa uning 2 % i qo`shilsa, 60 hosil bo`ladi. Shu sonni toping?
Dostları ilə paylaş: