Mazkur fanni o‘qitishdan asosiy maqsad bo‘lajak noshirlarga
matn lingvistikasi fanining ilmiy-nazariy
hamda amaliy masalalari
bo‘yicha atroflicha bilim berish bilan birga ularning kelajakdagi ish
faoliyatlarida amaliy ahamiyat kasb etuvchi lingvistik bilim, ko‘nikma
va malakalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
Mazkur fanning vazifasi - matn lingvistikasining ilmiy-nazariy va
amaliy
masalalari, matnning tilshunoslikda o‘rganilishi, matn
birliklari, matn tiplari,
matnda parsellyatsiya hodisasi, matnning
tarkibiy qismlarini bog‘lovchi
vositalar, matnning lingvostatistik
tahlili hamda matnning kommunikativ-pragmatik mazmuni bo‘yicha
bilimlarga o‘rgatishdan iborat. Ushbu fan talabalarni
nazariy jihatdan
yetuk mutaxassis bo‘lishlari uchun xizmat qiladi.
Matn lingvistikasi fanining obyekti – matn (ilmiy, badiiy,
publitsistik matn va b).
Matn lingvistikasi fanining predmeti – matnning turli jihatlarini
tadqiq qilish, ya’ni matnni lingvistik, sotsiolingvistik, psixolingvistik,
lingvos-tatistik, kognitiv-diskursiv va b. jihatlarini o‘rganishdir.
Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1.
Matn
so‘ziga «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da qanday ta’rif
berilgan?
2.
I.R.Galperin tavsiya etgan matnning sakkiz kategoriyasi haqida
ma’lumot bering.
3.
Nutqning yozma va og‘zaki shakllari haqida ma’lumot bering.
4.
Kontekst deb nimaga aytiladi?
5.
Matn deb nimaga aytiladi?
6.
Matn lingvistikasi fanining maqsadi, vazifasi, obyekti va
predmeti nimalardan iborat?
Dostları ilə paylaş: