otmog‘ida ular o‘rtasidagi kommunikatsiya, muloqotning o‘rni,
shubhasiz, benihoya muhim. Kommunikativ faoliyatdan tamoman xoli
bo‘lgan, a’zolari o‘zaro muloqot imkoniyatidan butunlay mahrum
bo‘lgan kishilik jamiyatini tasavvur ham etib bo‘lmaydi.
Necha
ming yillardir, odam bolasi o‘rganadi, o‘rgatadi,
tajribalarini to‘playdi, saqlaydi va boshqalarga yyetkazadi. Albatta, bu
faoliyatlarning, hech bir istisnosiz, barchasi – o‘rganish va o‘rgatish
ham, tajriba-axborotlarni to‘plash va saqlash ham, ularni boshqalardan
olish va boshqalarga berish ham til vositasidagi muloqot (og‘zaki va
yozma) orqali amalga oshadi. Zotan, tilning mohiyatiga daxldor
bo‘lgan bosh vazifasining kommunikativ vazifa ekanligi bugun faqat
mutaxassisgagina emas, balki barchaga besh qo‘lday ma’lum bir
haqiqat. Ammo mazkur kommunikativ aloqaning, nutqiy muloqotning
lisoniy-mantiqiy, ijtimoiy-ruhiy,
tarixiy-estetik mexanizmlari, ular
bilan bog‘liq qoida-qonuniyatlar, o‘ziga xosliklar tegishli fanlar
(tilshunoslik, adabiyotshunoslik, mantiq, sotsiologiya, estetika kabi)
tomonidan to‘laligicha o‘rganib bo‘lingan emas.
Bu boradagi juda
ko‘plab muammolar hamma zamonlarda olimlarning e’tiborida bo‘lib
kelganligiga qaramay, hamon bahs-u munozaralarga sabab bo‘ladi,
ilgari surilgan turli fikrlar goh birovlar tomonidan e’tirof etilsa, goh
jiddiy e’tirozlarni tug‘dirib keladi.
Tabiiyki, har qanday nutqiy kommunikatsiyaning yuzaga
kelishi, voqelanishida uch asosiy unsurning ishtiroki majburiydir,
ya’ni so‘zlovchi (yozuvchi) – axborot (matn) – tinglovchi (o‘quvchi).
To‘g‘ri, nutqiy kommunikatsiyada nutqiy sharoit, axborot kanali
(ovoz, yozuv,
magnit yozuvi, telefon kabi), muloqot a’zolarining
maqomi, yoshi va boshqa belgilari, shuningdek, boshqa turli
g‘ayrilisoniy vositalarning ham o‘rni benihoya muhim va hal qiluvchi
ahamiyatga ega. Lekin mazkur uch unsur nutqiy kommunikatsiyaning
asosiy ustunlaridir, ularning birortasisiz
muloqot jarayoni voqe
bo‘lolmaydi.
Tilshunoslik ayni kommunikatsiya jarayonida ikki tomon
(so‘zlovchi, tinglovchi) o‘rtasilagi “berish-olish”ning asosiy predmeti
bo‘lgan axborotning lisoniy ifodalanishi va anglanishi masalasiga
mutlaqo tabiiy ravishda birinchi darajali diqqatni qaratdi. Zotan, har
qanday kommunikatsiyaning pirovard va bosh maqsadi ayni shu
axborotning “harakati”dir, bu “harakat” esa til vositasida bo‘ladi.
Shuning uchun ham tilshunoslik xuddi shu “harakatdagi axborot”ning
asosiy va yirik birligini izladi, natijada gapni ana shunday yirik birlik
sifatida uzoq davrlar e’tirof etib keldi.
Ma’lumki, tilshunoslik o‘z o‘rganish obyektini alohida-alohida
bo‘limlarga ajratgan, ya’ni fonetika-fonologiyada tovush (fonema)lar,
mofologiyada morfemalar, leksikologiyada leksemalar, sintaksisda esa
sodda va qo‘shma gaplar o‘rganiladi.
Aytish mumkinki, an’anaviy
tilshunoslikda tilning eng yuqori sathidagi eng oliy va oxirgi birlik gap
deb qarab kelinadi. Polyak tilshunosi M.R.Mayenovaning ta’biri bilan
aytganda, “Gap tugagan joyda tilshunoslik o‘z kuzatishlarini tugatadi”
degan hukm yaqin davrlargacha ochiq haqiqat hisoblangan. Ko‘p
gaplardan tarkib topgan matnlar keng ma’nodagi grammatika doirasi
bilan batamom va to‘laligicha chegaralanuvchi bu fan sohasi
kuzatishlaridan chetda qoladi”.
9
Aslida agar “gap tugagan joyda tilshunoslik o‘z kuzatishlarini
tugatsa”, ya’ni faqat gapni kommunikativ birlik deb hisoblasa, bunday
tilshunoslik gapning semantik-kommunikativ mohiyatining ichiga
bemalol va to‘la kirib borishga qiynaladi. Har qanday alohida olingan
gapning lisoniy-mantiqiy mag‘zini chaqib bo‘lmaydi.
Har qanday
so‘zning ma’nosi aniq bir kontekstda reallik kasb etgani kabi gapning
ham boshqa gaplar bilan munosabatidan tashqarida mazmunini xolis
baholash mushkul. Eng odiiy bir misolni ko‘raylik:
Sayyohlar ertaga
o‘sha shaharga boradilar
gapidagi mazmunni anglash uchun undan
oldin qo‘llangan (yoki qo‘llanishi mumkin bo‘lgan), aytaylik,
Samarqand shahrining tarixiy obidalari haqidagi film namoyish etildi
qabilidagi qandaydir gap bo‘lishi lozim. Ko‘rinadiki,
birinchi gapni
mutlaqo mustaqil kommunikativ birlik deb bo‘lmaydi, demakki,
tilshunoslikning chegarasi bu yyerda tugamasligi, undan tashqariga
chiqishi kerak. Sintaksisni faqat gap (va so‘z birikmasi) haqidagi
ta’limot tarzida talqin qilish mazkur chegaraning ustuni bo‘lib
kelganligi ma’lum. Holbuki, sintaksisga “nutq tuzish haqidagi fan”
sifatida qarash juda ko‘p muammolarga oydinlik kiritishi idrok etila
boshlaganiga ham ancha bo‘ldi.
10
Bog‘li nutq, yaxlit nutqiy asar, matnni o‘rganish, ya’ni matnga
gap – period – yanada yirikroq parcha –
yaxlit butunlik tarzidagi
9
Dostları ilə paylaş: