“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 2,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/190
tarix15.04.2023
ölçüsü2,64 Mb.
#105634
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   190
saparniyozova 0

Maqol va matallarda

Kattaga hurmatda bo‘l, kichikka izzatda. 
Yaxshidan ot qoladi yomondan dod. Osmon yiroq – yer qattiq

Hikmatli so‘zlarda
: Bilmaganni so‘rab o‘rgangan – olim, orlanib 
so‘ramagan – o‘ziga zolim. (Alisher Navoiy).
Ko‘p ma’noli so‘zlar 
 
Yozuvchining tildan foydalanish mahoratini belgilashda badiiy 
nutq ifodaliligini qay darajada ta’minlay olganligiga e’tibor qaratiladi. 
Buni ko‘p ma’noli so‘zlarni o‘z o‘rnida, muayyan estetik maqsad 
bilan qo‘llay olishidan ham aniqlasa bo‘ladi. Ko‘p ma’noli so‘zlar 
nutqning ifoda imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashuvchi 
lisoniy vosita hisoblanadi. Masalan: 
Yuk
so‘zi o‘zbek tilida ko‘p 
ma’noli so‘z hisoblanadi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida mazkur 
so‘zning quyidagi ma’nolari qayd qilingan: 1) «Bir yerdan ikkinchi 
yerga ko‘tarib, tashib borilishi lozim bo‘lgan og‘irlik»; 2) «Kishini 
urintirib qo‘yadigan, tashvishga soladigan ortiqcha narsa, tashvish, 
dahmaza»; 3) «Qorindagi bola, homila»; 4) «Diniy e’tiqodga ko‘ra 
aziz-avliyolarni ranjitish tufayli yuz beradigan kasallik».
155
Ardoqli 
adibimiz Cho‘lpon o‘zining «Kecha va kunduz» deb nomlangan 
romanida qahramonlar nutqida ana shu so‘zning 2- va 4- ma’nolarini 
qorishtirish asosida ham qahramonlar ichki dunyosini yorqinroq 
ochishga, ham chiroyli kulgi chiqarishga muvaffaq bo‘lgan: – 
Yelkamda o‘n putdan o‘ttiz put 
yuk
im bor... – dedi mingboshi. Bu ham 
baqirishga yaqin bir ovoz bilan aytilgan edi. Uchala xotin ham bu 
yuk
ning nimaligini anglab yetolmadilar. Xadichaxonning fikricha, 
mingboshiga «irim» qilgan edilar. Endi uni «qaytartirmoq»dan o‘zga 
iloj yo‘q edi. Bu fikr boshqa kundoshlarning miyalaridan ham o‘tmadi 
emas... Faqat {adichaxonning bu fikri qat’iy bo‘lsa kerakkim, 
yashirishga lozim ko‘rmadi: 
– G‘animlar qasd qilganga o‘xshaydi. Qaytarma qildirib 
bersammi? – dedi. 
155

Yüklə 2,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə