Matnshunoslik



Yüklə 316,35 Kb.
səhifə20/41
tarix26.05.2023
ölçüsü316,35 Kb.
#113300
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41
Matnshunoslik

Глосс


Интерполяция




Talabalar ham shu nomlar bilan 2 guruhga bo‘linadilar. Ular o‘z nomlaridan kelib chiqqan holda, berilgan matnni quyidagi mezonlar asosida izohlab berishlari kerak:



  • Berilgan matnga ilmiy ko‘rsatkich tuzing;

  • Ayrim so‘zlarni izohlang;

  • Muhim o‘rinlarni havolada ko‘rsating;

  • Matnni to‘la sharhlang.

Ўқитувчи мавзулар асосида берилган маълумотларни умумлаштиради ва хулосалайди. Фаол иштирок этган талабалар рағбатлантирилади ҳамда баҳоланади. Хулоса шуки, ушбу метод гуруҳ асосида ишла, мавзуни тезкор ва пухта ўзлаштиришга хизмат қилади. Методнинг афзаллиги қуйидаги жиҳат билан белгиланади:


1. Талабаларда гуруҳ бўлиб ишлаш методи шаклланади.
2. Мавзуни ўзлаштиришга сарфланадиган вақт тежалади.



Ateteza – muallifi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan muayyan asarni ilmiy asosda noo‘rin mualliflikdan himoya qilish. Bu holatda bahsga sabab muallifning mavjud asarlari qiyosan o‘rganilib, ularning hududiy, davriy, g‘oyaviy, uslubiy jihatlari tekstologik tadqiqi qilinib, xulosa chiqariladi.
Atributsiya – matnning ichki va tashqi xususiyatlariga asoslanib matn muallifini aniqlash. Atributsiya holatida matnshunos matnning, masalan, g‘azallarda maqta’dagi taxallus, matn tuzilishini o‘rganish, sanalarini, matnning yaratilish joyini aniqlash kabi tekstologik usullardan foydalanib, muallif nomi va tarjimai holini tiklash mumkin.
Gloss – qo‘lyozma nusxalarning hoshiyalarida uchraydigan izohlar, to‘ldirishlar, aniqlik kirituvchi mulohazalar, boshqa manbalarga havolalar, oyat va hadislarning hoshiyadagi tafsirlari.
Interpolyasiya – hoshiyadagi bitiklarning asosiy matnga qo‘shib yuborilishi. Matnshunos asosiy matnning o‘ziga xos uslubi va strukturasini jiddiy o‘rganish orqali interpolyasiyani aniqlash mumkin. SHuningdek, qo‘lyozma matnining ilgari o‘chib ketishi, yirtilishi natijasida ma’no mavhumligiga sabab bo‘lgan o‘rinlarini va ayni shu nusxadan ko‘chirilgan keyingi nusxalardagi matn bo‘laklarini qiyoslash orqali interpolyasiyani ajratib olish mumkin.

Yüklə 316,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə