Mavzu: ” Aktyorlik mahorati to’garagi


O'z mahoratingizni rivojlantiring



Yüklə 30,33 Kb.
səhifə4/5
tarix23.04.2022
ölçüsü30,33 Kb.
#85948
1   2   3   4   5
Aktyorlik to\'garagi

O'z mahoratingizni rivojlantiring


Ovoz aktyorlari har doim sahna ortida bo'lishiga qaramay, ba'zida biz ulardan yoki ekran sahnasida ko'rgan san'atkorlardan ko'proq iste'dod va mahorat talab etiladi. Axir, ular uchun mavjud bo'lgan yagona vosita - ovoz. Qanday qilib dublyaj qiluvchi aktyor bo'lish haqida o'ylaganingizda, avvalo o'z mahoratingizni rivojlantirishingiz kerakligini yodda tuting. Buning uchun aktyorlik kurslariga borishga va teatr klubiga yozishga arziydi. O'zingizning ovozingizni qanday qilib to'g'ri va samarali ishlatishni o'rganish uchun vokal darslarini olib borish tavsiya etiladi. Yaxshi mashqlar taniqli odamlarning turli xil tovushlari va ovozlarini taqlid qilishga harakat qilmoqda. Bundan tashqari, ushbu material portfel uchun ishlatilishi mumkin. O'z ovozingizni yozib olishga ishonch hosil qiling. Buning uchun monolog o'qishga harakat qiling. Keyin yozuvni tinglang va yaxshilamoqchi bo'lgan fikrlarga e'tibor bering.

Xulosa

Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda O’zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta’lim-tarbiya ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yilishi dolzarb vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi. Chunki ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat har qanday mamlakat va xalqni yuksaklikka ko’taradi, uning taraqqiyotini ta’minlaydi, kelajagini oldindan ko‘rsatib beradi.

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviyat, tarbiya masalasi hech shubhasiz beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va ma’suliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z holiga tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo’g’rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatlarimizdan, tarixiy xotiralarimizdan ayrilib, oxir oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin. Istiqlolimizning tayanchli bo’lishida ma’naviy barkamol hamda ma’nan sog’lom avlodni tarbiyalab o’stirishda musiqa san’atining o’rni nihoyatda beqiyosdir. Musiqa jamiyat rivojlanishining hamma bosqichlarida ham insonni tarbiyalash va ma’naviy boyitishning vositasi sifatida xizmat qiladi.

Mustaqil O’zbekistonning porloq kelajagini bunyod etuvchi, Vatan istiqboli uchun o’z ulushini qo’shuvchi har bir inson madaniy va ma’naviy jihatdan boy, ruhan go’zal bo’lishi kerak. Ozod yurtimizning ravnaqi va kelajagi yoshlarga bog’liq. Bunda albatta, oila, bog’cha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining roli beqiyosdir. Shaxsning rivojlanishiga salmoqli va samarali ta’sir ko’rsatadigan, madaniyatini yuksaltiradigan muhim omillardan biri musiqiy ta’lim-tarbiya hisoblanadi. Chunki musiqa kishini xushfazilatli, samimiy, ziyrak, ko’ngilchan, yuksak ahloqiy fazilatli hamda ma’naviy madaniyat egasi bo’lib yetishishiga yordam beradi.



Respublikamiz taraqqiyot va o’zgarishlarga boy hozirgi paytda yosh avlodni har tomonlama kamol topishi davr talabi va ehtiyojidir. Yosh avlodni ma’naviy baquvvat, bilimli, o’z mustaqil Vatanimizdan faxrlanish tuyg’usiga boy kishilarni tarbiyalash zamonamizning dolzarb mavzusi hisoblanadi, bu esa ta’lim tarbiya oldidagi murakkab, keng ko’lamli muammolardan biridir.


Yüklə 30,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə