Mavzu: ” Aktyorlik mahorati to’garagi



Yüklə 30,33 Kb.
səhifə1/5
tarix23.04.2022
ölçüsü30,33 Kb.
#85948
  1   2   3   4   5
Aktyorlik to\'garagi


Mavzu: Aktyorlik mahorati to’garagi to’garakni tashkil etish va to’garak bo’yicha metodik tavsiyalar.

Reja:

  1. Aktyorlik san’ati.

  2. Aktyorlik mashg'ulotlari

  3. Qanday qilib aktyor bo'lish.

  4. Xulosa/

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.


Aktyorlik san’ati

Aktyorlik san’ati – aktyor ijrochiligi, teatr, kino, televideniye va radiola badiiy obraz yaratish san’ati. Aktyor ma’lum rolda o‘ynar ekan, o‘z qahramoni qiyofasiga kirib, uning fe’l-atvorini, ichki dunyosi va institutilishlarini ifodalaydi. Bunda u pesa, libretto yoki ssenariydagi mazmunni o‘z ijodi, hayotiy tajribasi bilan boyi-tadi, jonlantiradi. Obraz yaratishda aktyorning nutqi, gavdasi, yuz va ko‘z imo-ishoralari, tuyg‘ulari, idroki asosiy vositalardir. Aktyor grim, libos, ba’-zan niqobdan foydalanadi, gavdalantiradigan kishisi yoki boshqa mavjudotga yarasha xatti-harakat, ohang, imo-ishora topadi, ichki va tashqi tomonni bir-biriga uyg‘unlashtiradi. Aktyorlik sanʼati ijrochilarning dunyoqarashi, shaxsiyati, ijodiy o‘ziga xosligiga tayangan holda hayotiy voqelikni aks ettiradi. San’at turlari (drama, opera, balet, kino, telefilm, telespektakl, radioteatr) va turli-tu-man janrlarga qarab Aktyorlik sanʼati bir qator uslu-blar va yo‘nalishlarga bo‘linadi. Sahnada ijod qiluvchi aktyorni yuzlab tomoshabin bevosita kuzatib turadi. Shuning uchun u har bir so‘zni baland tovush bilan aytishga, har bir harakatni bo‘rttirib ko‘rsatishga majbur.Kinoda boshqacha: ovozeiz kinoda faqat qarakat, imo-ishora bilan inson fe’l-atvori ochib berilgan, kino ovozli bo‘lgach, aktyor kino kamerasi ro‘pa-rasida kuproq qahramonning ruhiy holatini ochishga o‘tdi. Televideniye ham aktyordan tabiiylikni talab qiladi. Radioteatrda esa aktyorlarning uzlari ko‘rinmaydi, ovozlari eshitiladi, xolos. Shu boisdan ovoz imkoniyatlari keng ishlatiladi. Ba-let spektakllarida obrazlar raqqos va raqqosalarning muayyan musiqa mazmunini ifodalovchi tana, qul harakatlari, aylanishlari, yuz va ko‘z imo-ishoralari vositasida yaratiladi. Operada ijrochining musiqiy ohanglari, obraz sur’ati kompozitor tomonidan belgilangan, dirijyor rahbarligida orkestr tomonidan o‘zlashtirilgan bo‘ladi. Aktyor kompozitor belgilagan, orkestr uzlash-tirgan ohang va usullarni o‘z jozibasi, ovozi, his-tuyg‘ulari bilan boyitadi. Musiqali teatr turi (opera, balet, ope-retta, musiqali drama)ga qarab artistning aytish va sahnaviy harakatlari har xil bo‘ladi.

Ammo umumiy jihat shuki, musiqali teatr artisti xonandalik, aktyorlik, raqqoslik sohalarini puxta o‘zlashtirgan, sintetik qobiliyatga ega bo‘lishi kerak.O‘zbek Aktyorlik sanʼati qadim tarixga ega. Uning sarchashmalari ibtidoiy jamiyatdan boshlangan: tabiat hodisalariga topinish, ibtidoiy odamlarning e’tikrdlariga doir marosimlardan, ovchilik bilan bog‘liq ko‘pchilik bo‘lib ijro etiladigan o‘yinlar, pantomimalardan kelib chiqqan. Aktyorlik sanʼati badiiy ijodning aloxida turi sifatida mil. av. 5-asrda Hindiston, Yunonistonda shakllanadi. Keyinchalik Qad. Rimda rivojlandi. Ilk davlatlar va shaharlarning paydo bo‘lishi natijasida Turkistonda ham Aktyorlik sanʼati ning o‘ziga xos ilk kurinishlari shakllandi. Ellinizm davrida (mil. av. 3–1-asrlar) vujudga kelgan Aktyorlik sanʼati an’analari 20-asr boshlariga-cha yetib kelgan. U ijtimoiy timsol – ob-razlar yaratishda o‘ziga xos uslub va ifoda vositalariga ega bo‘lgan. Obraz yaratishda psixologik tahlildan ko‘ra nutqning serbo‘yoqligi, mubolag‘a, badiha, kulgi vositalaridan keng foydalanish, harakat, imo-ishora, ohanglarni bo‘rttirishga institutilishgan. Antik davrda hozirgi O‘zbekiston hududida ham tragik aktyorlar ish ko‘rgan. O‘rta asrlarda Movarounnahr, Farg‘ona vodiysi, Xorazm vohasida hajv va hazil vositalaridan foydalangan masharalar, muqallidlar, jiddiy yo‘sinda hikoya qiluvchi maddohlar, qissaxonlar, voizlar, go‘yandalar faoliyat ko‘rsatganlar. 20-asrda maydonga kelgan Yevropa tipidagi yangi o‘zbek teatrida Aktyorlik sanʼati yanada taraqqiy 274etdi. U jahon teatri va Aktyorlik sanʼati tajribalarini ijodiy o‘zlashtirish, qad. milliy teatr ijrochilik an’analarini rivoj-lantirish yo‘lida kamol topdi. Aktyorlar dramaturg tasvirlagan voqelikni, pesa qaxramonlarining ichki dunyosini ochishga, obrazning g‘oyaviy ma’nosini chuqur talqin qilishga o‘rgandilar. 20–30-yillar o‘tkir satirik yo‘nalish, maishiy tafsilot, yorqinlik, bo‘rttirma o‘zbek Aktyorlik sanʼati ga xos bo‘lgan. A. Hidoyatov, g‘. Islomov, M. Miroqilov, R. Pirmuhamedov va boshqa ak-tyorlarning ijodlari bunga misoldir. 40-yillarning oxiri – 50-yillarda o‘zbek aktyorlari ijodida yirik falsafiy



O.Xo‘jayev, Sh. Burhonov, S. Eshonto‘rayeva, 3. Sadriyevalar yaratgan tarixiy va mumtoz obrazlar g‘oyaviy teranligi, badiiy yetukligi bilan o‘zbek A.sni yuqori pog‘onaga ko‘tardi. Shu yillarda qahramonona-romantik, falsafiy-badiiy, ijtimoiy-maishiy ijrochilik yo‘nalishlari va milliy ijrochilik maktabi shakllandi. Teatr aktyorlari kino, teleradio sohalariga dadil kirib borib, mazkur san’atlar ijrochiligining shakllanishiga hissa qo‘shdilar. Ushbu san’atlarni mukam-mal egallagan R. Pirmuhamedov, R. Hamroyev, N. Rahimov, Sh. Burhonov, Ya.Sarimsoqova, O. Jalilov, H. Uma-rov, Yo. Axmedov, P. Saidqosimov, O‘. Alixo‘jayev, D. Qambarova, I. Ergashev, Yo. Sa’diyev, T. Shokirova kabi aktyorlar avlodi yetishdi. 60–90-yillarda O‘zbek A.sda ijodiy yo‘nalishlar ko‘paydi, te-atrda, teleradioda, sirkda ijod qiluvchi ijrochilarning bir-birlariga ta’sirlari kuchaydi. O. Norboyeva, E. Komilov, G.Jamilova, H. Nurmatov, R. Ahmedova, M. Abduqunduzov, T. Mo‘minov, M. Raja-bov kabi aktyorlar mavjud an’analarni o‘zlashtirish yo‘lidan bordilar.O‘zbek operasi, musiqali drama te-atrlarida T. Jalilov, M. Ashrafiy, T. Sodiqov, S. Yudakov, M. Leviyev, I. Ak-barov kabi kompozitorlarning musiqa asarlari asosida ijrochilik maktabi shakllandi. M. Qoriyoqubov, H. Nosirova, L. Sarimsoqova, K. Zokirov, S. Qobulova, S. Yarashev, Sh. Rahimova, G. Izmaylova, B. Horiyeva va boshqa shu maktab vakillaridir.O‘zbekiston mustaqilligi davrida sahnaviy janrlarning o‘zaro ta’siri, yangi birikmali uyg‘un janrlarning paydo bo‘lishi A.sda ham ijro va ifoda vositalarining yanada boyishiga olib keldi. Drama teatrida ashula va raqs vosi-talarini keng qullash, musiqa teatrida dramatizm, ichki kechinmalarning kuchay-ishi, bolalar teatrida barcha ijrochilik yo‘nalishlaridan bahramand bo‘lish shundan dalolatdir. Bu davrda qo‘lga kiri-tilgan chinakam ijodiy erkinlik A.sda ham uz aksini topdi: milliy an’analarga e’tibor, ijodiy izlanish, yangi shakl va vositalar izlab topish, badihago‘ylik kuchaydi. Aktyorlar o‘z iste’dodlari, im-koniyatlarini turli janrlarda sinab ko‘rish va to‘liq ro‘yobga chiqarish imkoniga ega bo‘ldilar.Muhsin Qodirov.

Aktyor yoki aktrisaga aylanishning yagona yo'li - Moskvadagi teatr universitetiga kirish, chunki Rossiya, Ukraina va Belorusiyaning boshqa shaharlaridagi shunga o'xshash muassasalar Moskvadagi rejissorlar orasida qadrlanmaydi. Moskvadan boshqa shaharlarda siz orzularingizni amalga oshira olmaysiz, chunki barcha kino kompaniyalari Rossiya poytaxtida joylashgan va aynan shu erda siz filmlarda ishtirok etishingiz kerak. Agar aktyor sifatida o'qishni istasangiz, faqat 25 yoshgacha bo'lgan teatr universitetiga kirishingiz mumkin. Garchi har qanday yoshda o'qishga boradigan tijorat universitetlari bo'lsa-da, agar siz o'zingiz o'qishga pulingiz bo'lsa. Tijorat universitetlari direktorlar tomonidan qadrlanmaydi, chunki ular o'qish uchun puli bo'lganlarni ketma-ket oladilar.



Yüklə 30,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə