Xonandalik san’atida ustoz-shogird an’analari. Mundarija: i-bob. An’anaviy xonandalik ijrochiligining kelib chiqish tarixi



Yüklə 2,99 Mb.
səhifə1/8
tarix23.06.2023
ölçüsü2,99 Mb.
#118710
  1   2   3   4   5   6   7   8
XONANDALIK SAN’ATIDA USTOZ-SHOGIRD AN’ANALARI.


XONANDALIK SAN’ATIDA USTOZ-SHOGIRD AN’ANALARI.
MUNDARIJA:
I-BOB. AN’ANAVIY XONANDALIK IJROCHILIGINING KELIB CHIQISH TARIXI.

    1. AN’ANAVIY XONANDALIK.

    2. O’ZBEKISTONDA USTOZ SHOGIRD AN’ANALARINING KELIB CHIQISH TARIXI.

II-BOB. USTOZ-SHOGIRD AN’ANALARINING MAHALLIY USLUBLARI.
2.1. BUXORO MAKTABINING USTOZ-SHOGIRD AN’ANALARI.
2.2. XORAZM MAKTABINING USTOZ-SHOGIRD AN’AANALARI.
2.3. FARG’ONA-TOSHKENT MAKTABINING USTOZ-SHOGIRD AN’ANALARI.


Kirish.
O’zbek xalq mumtoz musiqa ijodiyoti xalqimiz ma’naviy merosining negizlaridan hisoblanadi. Moddiy-ma’naviy boyliklar asosida yuzaga kelgan ulkan merosning zaminida xalqimizning milliy an’analari, qadriyatlari mujassam topgan. Ma’naviy merosni o’rganish, zamonga mos rivojlantirish har bir davr taraqqiyotining asosiy omillaridandir. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan asosiy masalalardan biri ham kelajak avlodning kamolotida, ta’lim-tarbiya berishning maqsadi yosh avlodni istiqlol mafkurasi asosida sog’lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va musiqa ta’limiga tayyorlashdan iborat ekanligi e’tirof etilgan. Xalqimizning milliy-ma’naviy merosini musiqa san’atisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Azal-azaldan ajdodlarimiz tomonidan yaratilib, qadriyatlar sifatida shakllanib kelinayotgan milliy urf-odatlarimiz, an’anaviy tarzda avlodlardan avlodlarga o‘tib, xalqimizning buyuk ma’naviy dunyosini namoyon etib kelmoqda. Xalq musiqa ijodiyoti, musiqa sohasidagi yozma manbalar, bastakorlik san’ati, kasbiy musiqa ijodiyoti bunga yorqin misoldir. Chunonchi, bu jarayon musiqa san’atining barcha kasbiylik ahamiyatiga ega bo‘lgan tarmoqlari uchun asos bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Mustaqillik sharofati bilan barcha sohalar kabi milliy musiqa san’ati ham nazariy hamda amaliy jihatdan keng o‘rganilib, har tomonlama ravnaq topib kelayotganligi sir emas. Buning asosiy sabablaridan biri respublikamizda xalqimiz o‘tmishini o‘rganishga, buyuk allomalar yaratgan ilmiy merosni idrok etishga, sohaning amaliyotini o‘zlashtirish bilan birga nazariy mezonlaridan bilim olishga katta e’tibor qaratilayotganligidir. Asosiy maqsad ham yoshlarimizni komil inson sifatida tarbiyalash, hech kimdan kam bo‘lmagan barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir. Zero, «Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvalambor farzandlarimizning unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liq»1
Darhaqiqat, san’at millatning ma’naviy boyligi, hayotining ko‘zgusidir. San’atlar ichida musiqa xalqqa tez yetib boradigan, keng ommalashgan turi hisoblanadi. Musiqa san’ati o‘zining qadimiyligi, janrlarga boyligi, mazmun-mohiyatan keng qamrovliligi, ommabopligi bilan jamiyat turmush hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Shaxsni rivojlantirish, tarbiyalash va shakllantirish - bu insonning jismonan, aqlan ma’naviy tomondan kamolga yetish jarayonidir. Bu jarayonning o’ziga xos obektiv va sub’ektiv tomonlari mavjud.
Musiqa, madaniy hayotimizda keng o’rin tutgan va inson shaxsiyatining shakllanishida muhim rol o’ynaydigan san’at turidir. Eramizdan oldingi IV asrdayoq grek faylasufi Platon shunday degan edi: «Eng katta tarbiyaviy omil musiqiy san’atda emasmikan, zeroki, ritm va garmoniya hammadan ko’proq shu vaqtda qalbga chuqur yo’l topadi va salobat baxsh etib, uni ko’rkam qiladiki, agar tarbiya to’gri yo’lga qo’yilgan bo’lsa, aks xolda uning teskarisi bo’lib chiqadi.

Yüklə 2,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə