Xonandalik san’atida ustoz-shogird an’analari. Mundarija: i-bob. An’anaviy xonandalik ijrochiligining kelib chiqish tarixi


FARG’ONA-TOSHKENT MAKTABINING USTOZ-SHOGIRD AN’ANALARI



Yüklə 2,99 Mb.
səhifə7/8
tarix23.06.2023
ölçüsü2,99 Mb.
#118710
1   2   3   4   5   6   7   8
XONANDALIK SAN’ATIDA USTOZ-SHOGIRD AN’ANALARI.

2.3. FARG’ONA-TOSHKENT MAKTABINING USTOZ-SHOGIRD AN’ANALARI.
Farg’ona-toshkent musiqa uslubi — Farg’ona vodiysi va Toshkent vohasida qaror topgan mahalliy musiqiy an’analar majmui. Mazkur uslubning o’ziga xos jihatlari o’zbek xalq musiqa ijodiyoti (bolalar qo’shiqlari, ayollar folklori, terma, lapar, Yalla, ashula va boshqalar) hamda mumtoz musiqa (Doston, ashula, katta ashula, makom va boshqalar) namunalarida kuzatiladi. O’zbek an’anaviy musiqasining muhim tarkibiy qismi bo’lgan ushbu uslub doirasida xalq musiqasining eng qad. davrlarga mansub kuy-ohang va usul namunalari ham o’z aksini topgan. Jumladan, bolalar (“Laylak keldi”, “Olatoy”, “Oftob chiqdi” va boshqalar) va mavsumiy-marosim qo’shiqlari (“Boychechak”, “binafsha” va boshqalar) da xalq musiqiy tafakkurining ilk bosqichlariga oid quyi (birlamchi) tuzilma va Darakchi ohang alomatlari, parda asoslarida esa angemitonika xususiyatlari yaxshi saqlanib qolgan. Shuningdek, inson nutqi, so’z aytish talaffuziga yaqin ohanglar dostonchi baxshilar ijodida ham muhim o’rin tutadi. Farg’ona—Toshkent musiqa uslubigagina xos bo’lgan katta ashula janrida esa nutqdosh ohanglarning mumtoz g’azallar obrazlariga hamohang kuychanlik bilan payvasta bo’lgan. Odatda, so’zdosh toifali ohanglar qo’llangan janrlar doira usullari qo’llanilmaydi. Bulardan farqli o’laroq, kuychan xususiyatli janrlar (ashula, Yalla, maqom va boshqalar) da jo’rnavoz cholg’ular keng qo’llanilishi kuzatiladi. Xususan, xotin-qizlar davralarida raqsga tushib Yalla va lapar aytish, ashula kuylash (yallachilik) odat tusini olgan. Yakka holda yallachilar o’z qo’shiqlariga dutor yoki doirada jo’r bo’lishadi. Ansambl shaklida ijrochilar esa odatda 2-3 ayoldan iborat bo’lib, ular asosan doira jo’rligida kuylashadi. Yallachilarning repertuari Yalla, qo’shiq, lapar va to’ymarosim (“yoryor”, “Kelin salom”, “o’lan” va boshqa asar) laridan tashkil topadi. Yallachilikning yana bir ko’rinishi Namangan an’anasida “satang” deb atalib, bular ko’proq turkumli (2 va undan ortiq qismli) “katta Yalla” larni doira jo’rligida (odatda raqsga tushib) kuylaydilar. Farg’ona—Toshkent musiqa uslubida so’lim tabiatli kuyohanglar ham shakllangan bo’lib, ularning namunalarini mahalliy ashulalarda ko’rish mumkin. Bular ikki xil bo’ladi: xalq og’zaki musiqa ijodida yuzaga kelgan ashulalar hamda bastakorlar tomonidan ijod etilgan ashulalar. “Tanavor”, “Ey nozanin”, “oydek to’libdur”, “Farzoni”, “ul parivash” singari xalq ashulalari nafaqat hofizlar, balki ziyolilar, hunarmandlar va boshqa kasb egalari, shuningdek, xotin-qizlar tomonidan ham ijro etib kelingan. Ayni paytda, “Nigorim”, “Galdr”, “nisor”, “Fig’on”, “Chaman Yalla” singari ashulalarni, asosan, hofizlar mukammal ijro etib kelmoqda. Bunda tanbur va dutor jo’rnavozligi ko’p qo’llaniladi. Bu turdagi uslubni shakllantirishda T. Jalilov, K. Jabborov, J. Sultonov, G’. Toshmatov, Fahr Sodiqov kabi bastakorlar katta hissa qo’shganlar. Farg’ona—Toshkent musiqa uslubiga xos xususiyatlar Farg’ona—Toshkent maqom yo’llarida ham o’z aksini topgan. Xususan, ularda ashula, katta ashula, Yalla singari janrlarning muhim sifatlari o’zaro uyg’unligi kuzatiladi. Farg’ona—Toshkent musiqa uslubi doirasida qariyb barcha xalq cholg’ulari (dutor, tanbur, rubob, chang, Sato, g’ijjak, nay, qo’shnay, surnay, karnay, doira, nog’ora va boshqalar) namoyon bo’ladi. Ular yakka yoki ansambl tarkibida qo’llaniladi. Xususan, ommaviy bayram, xalq tantanalari va to’y marosimlarida surnay, karnay, nog’ora va doiralardan iborat ansambl sadolari yangrasa, uyxona sharoitlarida dutor, tanbur, g’ijjak kabi nisbatan mayin sadoli cholg’ular qo’llaniladi. Binobarin, xalq madaniy hayotida har bir cholg’u o’z o’rni, vazifasi va ijro etish uchun maxsus (“Qo’shtor”, “Chertmak”, “Dutor Bayoti” kabi) kuylar bo’lishi bilan birga mazkur sozdan ashula, lirik qo’shiklarga jo’rnavoz sifatida ham foydalanilgan. Bu cholg’u (doira kabi) xotinkizlar orasida ham keng ommalashgan. Ammo tanbur, Sato, nay, qo’shnay, g’ijjak, chang singari sozlar, asosan, kasbiy musiqachilar cholg’usi sifatida namoyon bo’ladi. Farg’ona—Toshkent musiqa uslubida “Dilxiroj”, “Andijon polkasi”, “Farg’ona rezi”, “Tanavor”, kabi jozibali raqs kuylari ham mashhurdir.

XULOSA
Xulosa qilib shuni aytmoqchimizki, bugungi muborak mustaqilligimizga erishgan kunimizda, o'zligimizni anglab borayotgan bir davrda ulkan ma'naviyatimizning bir bo'lagi bo'lgan, ota-bobolarimizdan meros bo'lib kelgan musiqiy madaniyatimizga suyanish, an'anaviy qo'shiqlarimizga murojaat qilish tabiiy bir holdir. Bularning barchasi barkamol avlod tarbiyasi, yoshlarning ma'naviy dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, xalqning ruhi, dunyoqarashi va turmush tarzini ifoda etadigan milliy ma'naviyatga munosabat, uni zamon talablari asosida rivojlantirish, yosh avlod dunyoqarashi va tafakkurini zamon taraqqiyotiga mos xolda o'zgartirish masalasi har tomonlama chuqur va puxta o'ylab bajarilishini talab etadi. Bu borada avvalo, milliy ma'naviyat, milliy madaniyat, milliy mafkura, milliy me'ros tushunchalarini yosh avlodga to'gri tushuntirish, ularni ushbu tushunchalar mohiyatini va mazmunini chuqur anglab etish va o'zlarining hayotlari davomida bu tushunchalarga ogishmay amal qilish hamda huddi shu tushunchalarni o'zlaridan keyingi nasllarga etkazish insoniy fazilat ekanligini anglashga o'rgatish lozim.
Bir necha ming yillardan buyon xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan, og'izdan-o'g'izga o'tib kelayotgan mumtoz musiqa asarlarimiz, maqomlar, marosim qo'shiqlari, doston qo'shiqlari, yor-yorlar, o'lanlar va boshqa folklor asarlarini milliy qadryatlarimiz sifatida ardoqlab, ularning kelib chiqishi tarixi, qaysi regionga xosligi va ijro uslublari ularni yaratgan va ijro etgan mashxur shaxslar, qadimiy cholg'u so'zlarimiz, ularning paydo bo'lishi takomillashishi, raqs san'ati, dostonchilik va boshqa musiqiy bilimlarni yosh avlod ongiga singdirish ularni awalo vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdek ulug' maqsad uchun xizmat qilsa, ikkinchidan: yosh avlodning o'tmish tariximiz davomida yuz bergan voqea va hodisalardan xabardor bo'lishga undan to'g'ri xulosa chiqarishga, saboq olishga undaydi, uchunchidan: yosh avlodni ota bobolarimiz musiqiy merosidan bahramand bo'lishga, ulardan estitik zavq olishga, bu musiqiy asarlar mazmunidan to'g'ri xulosa chiqarishga, shu orqali ularning nafosatini tarbiyalash, kamolga etishiga erishishimiz lozim. Musiqa ,xususan, qo'shiqchilik san'ati inson qalbini yumshatib, uni jaholat, yovuzlik kabi inson uchun eng razil hislatlardan tiyilish, bunday salbiy hislatlarga murosasiz bo'lishga undaydi va inson qalbida odamiylik, ezgulik g'amxo'rlik, sahovatlilik, mehribonlik kabi inson uchun ijobiy hislatlar sari undovchi asosiy vosita hisoblanadi. Musiqani yana shunday tushunishimiz lozimki, u inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasawur doirasini musiqiy tovushlar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi san'at turi hisoblanadi.
Musiqa madaniyati o'quv predmeti umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qitiladigan barcha o'quv predmetlari, jumladan, adabiyot, tasviriy san'at, jismoniy tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan bevosita bog'lanadi. Barcha o'quv fanlari qatori musiqiy ta'limda ham DTS laming joriy etilishi milliy musiqiy meroslardan foydalanish imkonini beradi. Bular amaliy xalq kuyi va qo'shiqlarida, honanda va sozandalaming ijodiy faoliyatlari, maqom, shashmaqom, dostonlar va bugungi zamonaviy musiqada o'z aksini topdi. Musiqa san'atining bu kabi imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalashda ularning barkamol bo'lib yetishishlarida o'ziga xos va takrorlanmas manba bo'lib xizmat qiladi. Davlat ta'lim standartlari ommoviy xalq musiqa pedagogikasi professional musiqa ijodkorlari musiqa ijrochilari, katta ashulachilar, maqomchilar, dostonchilar ijro etgan asarlarning elementar asoslarini o'rganish me'yorlashtirilgan. Musiqa ta'limida davlat ta'lim standartlari asosida yangi ta'lim mazmuni o'quvchilarning musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, obrazli tasawur qilish, mustaqillik, tashabbuskorlik, badiy va musiqiy did kabi hislatlarni rivojlantirishni ta'minlaydi. Mamlakatimiz istiqlolining ilk yillaridanoq xalqimizga o'zligimizni, o'z qadr-qimmatimizni anglash milliy g'urur, taraqqiyotga, farovon kelajakka intilish tuyg'usi tuhfa etildi. Ana shunday ezgu qadryatlar ruhida tarbiya topgan avlodgina buyuk ishlarga qodir bo'ladi.



Yüklə 2,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə