Xonandalik san’atida ustoz-shogird an’analari. Mundarija: i-bob. An’anaviy xonandalik ijrochiligining kelib chiqish tarixi


II-BOB. USTOZ-SHOGIRD AN’ANALARINING MAHALLIY USLUBLARI



Yüklə 2,99 Mb.
səhifə5/8
tarix23.06.2023
ölçüsü2,99 Mb.
#118710
1   2   3   4   5   6   7   8
XONANDALIK SAN’ATIDA USTOZ-SHOGIRD AN’ANALARI.

II-BOB. USTOZ-SHOGIRD AN’ANALARINING MAHALLIY USLUBLARI.
2.1. Buxoro maktabining ustoz-shogird an’analari.
Xonandalik ijodi ham turli davrlar rivojini o‘tagan va rivojlangan. xonandalikning keng qamrovliligi, keng ko‘lamliligi, oddiy va marakkab jihatlar bilan sug‘orilganligida o‘ziga xos milliy an’analarni mujassam etgandir. O‘zbekiston hududida o‘zining lokal xususiyatlari doirasida 4 ta voha mavjud bo‘lib, o‘ziga xos mahalliy uslublar bilan ajralib turadi. Bular Buxoro-Samarqand; Xorazm; Surxondaryo-Qashqadaryo va Farg‘ona-Toshkent uslublaridir. Ko‘p asrlar davomida rivojlanib, kamol topib kelgan o‘zbek an’anaviy xonandalik san’ati, avvalo, xalqimizning ma’naviy dunyosiga mos rivojlanish jarayonini o‘tganligini e’tirof etish lozim. Buning negizida mukammal asarlar yaratilishi, ushbu sohada mahoratli bastakorlar, xonandalar va sozandalar yetishib chiqqanini ko‘rsatadi. Bu, albatta, xonandalik san’atining janr jihatidan keng qamrovlilikda, joy, makon va zamon an’analari asosida o‘sib-boyib borishi hamda lokal xususiyatlarda rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Natijada, har bir vohaning o‘ziga xos lokal an’analariga asoslangan mahalliy uslublari shakllanadi.
Buxoro-Samarqand maktabi o’zbek xalqining mumtoz musiqa merosining eng mukammal janri bo’lgan maqomlar yaratilishida asosiy zamin bo‘lgan. Buxoro maqomlari ta’sirida o’zbek mumtoz musiqa ijodiyotining boshqa vohalarda shakllanishi va rivojlanishi, turli janrlarga ta’siri va mumtozlik kasb etishini alohida qayd etish lozimdir. XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoroning musiqa ijodiyoti va ijrochiligi amaliyotida Mirzo Hidoyat, Mullaboy, Abdurahmonbek, Abdulxayr Mahmud, Mirbobo, Mirvose’ kabi musiqa bilimdonlari faoliyat olib borganlari xususida manbalarda ma’lumotlar zikr etilgan. Qayd etish joizki, maqom san’ati Markaziy Osiyo miqyosida aynan Buxoroda shakllangan. Uning shakllanish jarayoni bir qator o’ziga xos xususiyatlar doirasida qaror topgan. Mukammal asarlar turkumi yetuklik va mohirlik bilan ijro etilgan ijrolar bir qator chig’iriqlardan o‘tgandan so‘ng meros shaklida tarkib topadi. Asarlarning tarkib topishida ijrochilik an’analarining ta’siri beqiyosdir. Ijrochilik musiqiy merosning shakllanishida bitmas-tuganmas ilhom manbayi sifatida muhim ahamiyat va katta manba bo’lib kelgan. Chunki bir-biridan o‘rnak, rang olib va boshqa xususiyat va sifatlaridan bahramand bo‘lib, «O‘xshatish», «Savt», «Nazira», ilhomlanish, qayta ishlash, moslashtirish kabi ijod uslublari orqali maqomlar va mumtoz musiqa namunalarining shakllanishida alohida o‘rin kasb etib kelgan. XIX asr ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida yashab ijod etgan va ustozona musiqasining bilimdoni sifatida tarixga nomi bitilgan san’atkor, maqomdon hofiz Ota Jalol Nosirov Buxoro bastakorlik maktabining yorqin namoyandalaridan biridir.

Yüklə 2,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə