Xonandalik san’atida ustoz-shogird an’analari. Mundarija: i-bob. An’anaviy xonandalik ijrochiligining kelib chiqish tarixi


XORAZM MAKTABINING USTOZ-SHOGIRD AN’ANALARI



Yüklə 2,99 Mb.
səhifə6/8
tarix23.06.2023
ölçüsü2,99 Mb.
#118710
1   2   3   4   5   6   7   8
XONANDALIK SAN’ATIDA USTOZ-SHOGIRD AN’ANALARI.

2.2. XORAZM MAKTABINING USTOZ-SHOGIRD AN’ANALARI.

O’zbekistonning yirik va o’ziga xos vohalaridan biri Xorazmdir. Ushbu voha o’zining qadimiyligi, azaldan madaniyat markazlaridan biri bo’lganligi, yuksak san’at namunalariga egaligi va albatta, o‘z lokal jihatlari bilan alohida o‘rin tutib kelgan. Bunga X asrda Xivada faoliyat olib borgan Ma’mun akademiyasini yorqin misol sifatida ko‘rsatish mumkin. Ushbu vohada bir qator allomalar yashab ijod etgan va o‘z ijodlarida musiqa ilmiga ham katta e’tibor qaratgan. Jumladan, Abu Abdulloh al-Xorazmiyning «Mafotix ul-Ulum» risolasi bunga misol. XIX asrga kelib Xorazm tanbur chizig‘ining yaratilishi musiqa san’ati sohasining yangi sahifasini ochib berdi. Musiqa bilimdoni Komil Xorazmiy tomonidan tanbur chizig‘i ixtiro qilinib, Xorazm maqomlari va Xorazm dutor maqomlari notaga olindi. Xorazm musiqasining tarixiy, nazariy jihatlari aks etgan «Xorazm musiqa tarixchasi»1 (Mulla Bekjon Rahmon o‘g‘li, Muhammad Yusuf Devonzoda) yaratildi. Tarixdan Xorazm vohasi o‘ziga xos ijro uslubi bilan boshqa vohalardan ajralib turadi. Bunda vohada ommalashgan musiqiy cholg‘ular, cholg‘u va aytim yo‘llarining lokal xususiyatga egaligi ahamiyatlidir. Xorazm musiqa merosi, har biri alohida yo‘nalish bo‘lgan hamda rivojlanish jarayonida bir-biri bilan uyg‘unlikda 1 Mulla Bekjon Rahmon o‘g‘li, Muhammad Yusuf Devonzoda shakllanib rivojlangan uch tarmoq, ya’ni xalq musiqasi, dostonchilik yo‘llari va maqom san’atini tashkil etadi. Xorazm xalq musiqa merosi boy an’analarga ega bo‘lib, xalqona kuy, qo‘shiq va laparlari bilan boshqa vohalardan ajralib turadi. Xorazm vohasining barcha musiqiy sohalariga o‘z ta’sirini o‘tkazgan doston yo‘llari esa o‘zining salobatliligi, ijroviy jihatlariga egadir. Dostonlar, odatda, qadimda ko‘chmanchi va o‘troq xalqlar ijro amaliyotida shakllanadi. Bu ham badiiy ijodning bir ko‘rinishi. Dostonlar tarixdan xabar beruvchi xalqning og‘zaki (keyinchalik yozma) ijodiyotidir. Xorazmda doston ijrochiligi juda keng ommalashgan va shunga qarab uning ijrochilari ham xalq orasida o’z mavqelariga ega. Xalq tomonidan ardoqlanib, ko‘p xususiyatga egaligini nazarga olib ularni «baxshi» deb yuritiladi. Xorazm doston ijrochiligida dong taratgan baxshilar ko’p. Jumanazar baxshi, Bola baxshilar shular jumlasidandir. Bola baxshi nomi bilan el orasida dovrug’ topgan doston ijrochisi Qurbonnazar Abdullayevdir.





Yüklə 2,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə