Ўзбек миллий бастакорлик санъати



Yüklə 408,5 Kb.
səhifə1/14
tarix29.11.2023
ölçüsü408,5 Kb.
#142628
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
BASTAKORLAR IJODI MAJMUA


1- Laboratoriya mashg‘uloti:
MATYUSUF XARRATOV (CHOKAR) ) ijodi.
(1889-1953)
О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi, maqom bilimdoni, sozanda va bastakor Matyusuf Xarratov XX asrning birinchi yarmida, о‘zbek musiqa madaniyatining rivojlanishiga tamal toshini qо‘ygan ustoz san’atkorlardan. U butun umrini Xorazm xalq musiqa merosini, tarixini, ulug‘ ustozlarning xayot iva ijodiy faoliyatini о‘rganishga bag‘ishlab ularni targ‘ib qildi, о‘zi ham san’atkor sifatida shakllandi, yoshlarga ustozlik qildi va musiqa bastaladi. 1928 yildan 1932 yilga qadar Samarqandda tashkil etilgan musiqa va xoreografiya ilmiy tadqiqot institutida 1932 yilga qadar Xorazm maqomlarini talabalarga о‘rgatdi. Bu kо‘p qirrali iste’dod sohibi, radio, filarmoniya va musiqali teatrlarda faoliyat kо‘rsatib, zamonaviy о‘zbek musiqasining rivojlanish jarayoniga ulkan hissa qо‘shdi. О‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi a’zolarining safiga 1940 yilda qabul qilingan.
Matyusuf (Chokar) Xarratov о‘zi bosib о‘tgan xayot va ijod yо‘lini shunday ta’riflagan: “Men Xiva shahrining yonidagi Shayxlar qishlog‘ida 1889 yili dunyoga keldim. Otam Matyoqub Xarratov va bobom Hojiniyoz oddiy dehqon, tikuvchi-kosib bо‘lsalarda, lekin ular mashhur tanburchi, maqom san’atining bilimdoni edilar. Ular tarixini, adabiyotni, ayniqsa, she’riyatni va musiqani benihoya sevishardi. Bobomning otamdan tashqari ikki qizlari bor bо‘lsa-da, meni juda ham kichikligimdan to voyaga yetgunimga qadar asosan bobom tarbiyalab о‘stirdilar. Olti yoshimdan boshlab qishloq maktabida ayrim vaqtlarda Xiva madrasasida о‘qidim. Bu oliy о‘quv dargohida arab, fors, turk tillarini, she’riyat qonunlarini, shakllarini о‘rgandim. Ayniqsa, shoir Komil Xorazmiyning о‘g‘li shoir va tanburchi Matrasul Mirzaboshi (taxallusi Mirzo)dan juda kо‘p narsalarni о‘rgandim va о‘zim ham Chokar taxallusi bilan she’r yozib mashq qildim. Bobomning xonadonida shoir va san’atkorlardan Avaz О‘tar, Muhammad Yusuf (taxallusi Bayoniy), Matrasul Mirzaboshi, Matyoqub Pozachi, Qalandar Dо‘nmas, Masharif Qambar, Qurbon sozchi va boshqalar musiqali kechalar о‘tkazishar edi. Men ularga xizmat qilar edim. Musiqaga qiziqqanimni sezgan bobomning iltimosi bilan musiqiy mushoirada qatnashib kelgan sozanda va xonandalar har biri о‘z kasbini menga 7 yoshimdanoq о‘rgata boshladilar. Shu sababli men doira, garmon, tanbur, santur, g‘ijjak, chang, dutor chalishni va ashula aytishni ustozlardan о‘rgandim. Yosh san’atkor sifatida 1920 yilga qadar ona yurtimda xalqqa xizmat qildim.
Xorazmda 1920 yili Xiva bolalar musiqa maktabini ochdim, direktor lavozimida ishladim va san’atim bilan xalqqa xizmat qildim.
О‘zbekiston Respublikasining avvalgi poytaxti Samarqand shahrida 1928 yili musiqa va xoreografiya ilmiy tadqiqot instituti tashkil topdi. Uning direktorii N.N.Mironov meni Xorazm maqomidan dars berishga taklif qildi. Shu yildan boshlab mening xayot va ijod taqdirimda о‘zgarishlar rо‘y berdi. Mazkur institutda 1932 yilga qadar ishladim. Ilmiy ish bilan ham shug‘ullanar edim. 1928 yildan boshlab Samarqand radiosining musiqa bо‘limi mudiri va san’atkor ijrochi bо‘lib 8 yil xizmat qildim. Tojikiston Respublikasining radio eshittirish musiqa bо‘limini ochishda kо‘maklashdim. 1935 yili О‘zbekiston radiosida ishlash uchun Toshkentga taklif qilishdi. Musiqa bо‘limida ishladim. О‘zbek filarmoniyasining ijrochi jamoalari bilan 1937 yilda Moskva shahrida о‘tgan О‘zbek adabiyot va san’atining10 kunligida ijrochi sifatida faol qatnashdim. Dekadadan qaytgach, 1937 yili Toshkent Davlat Konservatoriyasi kompozitorlik fakultetining tayyorlov bо‘limiga о‘qishga kirdim. Yevropa nota yozuvini о‘rgandim. Musiqa nazariyasi, tarixi va klassik kompozitorlarning xayot iva ijodiy faoliyatlari bilan tanishdim. Uch yil konservatoriyada о‘qidim. 1935-49 yillarda О‘zbekiston radio komitetida sozanda va xonanda lavozimida ishlab, qо‘shiq va kuylar yaratdim. 1938 yilda О‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi tashkil qilish ta’sis komissiyasiga a’zo bо‘ldim. 1940 yili Bastakorlar uyushmasiga qabul qilindim.
Ikkinchi jahon urushi yillari radioda ishlash bilan birga birn necha vatanparvarlik ruhida qо‘shiqlar bastaladim. Ular orasida: “Sevimli Vatan”, “Davron”, “Yigitlar”(Uyg‘un sо‘zi), “Bahodir yigitlar” (Oybek sо‘zi), “Pulemyot”, “Qahramon uchuvchilar”, “Zenitchi”, “Qiruvchi”, “Tankist”, “Oq oltin” (Zafar Diyor sо‘zlari), “Davron bizniki” (A.Bobojonov sо‘zi), raqs “Farhod ufori” nomli qо‘shiqlarim va raqs musiqalarim yakka xonanda, xor va raqs jamoalarining repertuarlaridan joy oldilar”.
Bastakor va shoir Matyusuf Xarratov (Chokar) о‘z zamonasining zabardast va ilg‘or fikrli san’atkori sifatida qaynoq xayot ichida yashadi va uning ijodida о‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy xayot о‘z ifodasini topdi. Bastakor 1929-41 yilga qadar о‘zining she’rlariga kuylar bastaladi: “Kolxozchi”, “G‘ayratim paxtaga”, “Zindabod dehqoni”, “Paxtaga ahamiyat bering”, “Chindani paxta”, “Paxtachilik yashnasin”, “Paxta teramiz”, “Kolxozga boraylik” (Abdullayev sо‘ziga), “Mening tog‘im” va о‘z sо‘ziga “О‘zing”, “Muhabbatim”, “Shahlo kо‘zlar”, “Yoshlik tuyg‘usi” kabi lirik ashulalar ham yaratdi. 1937 yili Moskvada о‘tkazilgan dekadada uning “Sayl va kolxozda tо‘y” sahnasida “Mustahzod ufori” ashulasi (sо‘zi va kuyi о‘ziniki) ijro etildi. Shular bilan u о‘z ijodiy faoliyatida nota yozuvini о‘rgangandan keyingi yillarda Xorazm maqomlari nota yozishga kirishdi va ayrimlarini yozishga ulgurdi.
N.N.Mironov rahbarligida tashkil topgan “Notali orkestr” yangi jamoasida changchi bо‘lib ishladi. Changchi diatonikdan xromatik uslubga о‘tkazishda faol qatnashdi. Ushbu orkestr Belorusiyaning turli shaharlarida о‘tkazilgan gastrollarda ham qatnashdi.
Matyusuf Xarratov musiqa san’ati va adabiyotida qilgan ulkan xizmatlar i uchun 1944 yili “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi” yuksak unvon bilan taqdirlandi. Uning farzandlaridan Foziljon va qizi Muslima Xarratovalar ham otalari izidan borib, о‘zbek san’ati taraqqiyotiga о‘z munosib hissalarini qо‘shganlar. Urganch davlat san’at bilim yurti M.Xarratovning nomi bilan ataladi.

Yüklə 408,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə