Ўзбек миллий бастакорлик санъати



Yüklə 408,5 Kb.
səhifə9/14
tarix29.11.2023
ölçüsü408,5 Kb.
#142628
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
BASTAKORLAR IJODI MAJMUA

MANAS LEVIYEV
(1912-1991)
О‘zbekiston xalq artisti, kompozitor Manas Leviyev XX asr о‘zbek musiqasi tarixi sahifalarida yorqin, unutilmas iz qoldirdi. U zamonaviy о‘zbek professional musiqa san’atining rivojlanish jarayoniga tamal toshini qо‘ygan kompozitorlardan biridir. Kompozitor yaratgan jozibali qо‘shiq -romanslar, simfonik, vokal-simfonik asarlar, balet, ayniqsa, musiqali drama, musiqali komediya va kinomusiqalar el-yurt hurmatiga sazovor bо‘ldi.
Leviyev Minasay (Manas — taxallusi) Betyanovich esdaliklarida shunday deb yozadi: «...Men Namangan shahrida 1912 yilning 25 iyulida tug‘ildim. Ota-onam Samarqand shahrida istiqomat qilishgan, 1910 yili Namangan shahriga, 1917 yilda Qо‘qonga, sо‘ngra esa Samarqandga kо‘chib о‘tdik. Men akalarimdan doira, dutor va nay chalishni о‘rgandim. Samarqandda 1920 yili «Turon» nomli о‘zbek о‘rta ta’lim maktabiga qabul qilishdi. 1928 yilda О‘zbekiston xalq artisti, san’atkor Ali Ardobus Ibragimov о‘zi tuzgan 120 kishidan iborat «Kо‘k kо‘ylakliklar ansambli»ga ishga taklif qildi. Mazkur ansamblning musiqa rahbari T.Sodiqov edi.
Ansamblda mendan tashqari D.Zokirov, N.Hasanov, I.Oqilov, A.Jо‘rayev, V.Abdullayev va boshqalar faol qatnashar edi. О‘sha yili N.N.Mironov rahbarligida Samarqandda Musiqa va xoreografiya instituti ochildi. Men, M.Ashrafiy, M.Burhonov, T.Sodiqov, SH.Ramazonov, O.Halimov, R.Olloberganov, M.Kalantarov, SH.Soxibovlar birinchilardan bо‘lib о‘qishga kirdik. 1929 yili Turkmaniston Respublikasi Kerki shahridagi о‘zbek teatriga yordam berish uchun musiqa rahbari qilib tayinlandim. 1930 yildan yana institutda о‘qishni davom ettirdim, harbiy ofitserlar uyidagi ashula va raqs ansambli uchun «Diviziya qadam tashlamoqda» (M.Raxmatullayev sо‘zi) ommaviy marsh qо‘shiq va ikkita raqs kuylarini yaratdim. 1933 - 1938 yillarda Leningrad musiqa texnikumining nazariy-kompozitorlik bо‘limida, 1938-1941 yillarda Leningrad davlat konservatoriyasida ta’lim oldim. 1941 yili urush boshlanib, kursdosh va pedagoglarim bilan kо‘ngilli askarlar diviziyasi safiga qо‘shildim. Jangda oyog‘imdan yarador bо‘lib, 1942 yilning iyun oyida Toshkentga qaytib keldim. 1942-1943 о‘quv yilidan Toshkentga kо‘chib kelgan Leningrad konservatoriyasida о‘qishimni davom etdim. Konservatoriya talabalari orasida eng yaxshi simfonik asar uchun о‘tkazilgan kо‘rik tanlovda «Nurxon» nomli simfonik poemam birinchi darajali mukofotga sazovor bо‘ldi.
Kompozitor M.Leviyevning ijodiy faoliyati asosan talabalik davridan boshlandi. О‘qib yurgan yillari quyidagi asarlarni yoz di: fortepiano uchun 5 ta pyesa, sonatina, raqs, fantaziya, 3 ta etyud, 3 ta prelyudiya, 2 ta variatsiya, 20 ta о‘zbek xalq kuy va qо‘shiqlarini garmoniyalashtirdi. Talabalar konsertida «Oq oydin kechalar», «Rangim etdi za’faron» о‘zbekcha, «Guli surxu safed» tojikcha xalq qо‘shiqlarini va Zulfiya sо‘ziga yozgan «Ozod qizman» nomli qо‘shiqni о‘zi ijro etib olqishlarga sazovor bо‘lgan. U skripkaga etyud, pyesa, variatsiya, torli kvartetga syuita, violonchel uchun 4 ta etyud, 3 ta pyesa, truba va klarnet uchun pyesalar yaratdi. Navoiy she’riga bastalagan «Dilistonim, sen mening» romansi simfonik orkestr jо‘rligida, ilk bor David Mullaqandov ijrosida shuhrat keltirdi.
Urush yillari M.Leviyev «О‘zbek о‘g‘li» va «Sherzodlar» (V.Abdullayev sо‘zlari), «Biz Vatan farzandlarimiz» va «Jang maydonimiz» (M.Shayxzoda sо‘zlari), «Vatan chaqirig‘i» (T.Tо‘la sо‘zi), yakkaxon, xor va orkestr jо‘rligida «Bog‘ kо‘cha» va «Farg‘ona» (Mirtemir sо‘zlari), «Gо‘zal oy» (T.Tо‘la sо‘zlari) vatanparvarlik va lirik qо‘shiqlari; kompozitor M.Burhonov bilan hamkorlikda S.Abdulla, K.Otaboyev va Mirtemir sо‘zlariga 5 qismli «О‘zbekiston 20 yoshda» vokal-simfonik syuitasi, A.Lohutiy bilan hamkorlikda «Surudi baxt» («Baxt qо‘shig‘i»), «Duxtari pur g‘ayrat» kabi qо‘shiqlari, lirik romanslari, Said Ahmadning «Sherzod va Gulshod», M.Shayxzodaning «Jaloliddin» dramalariga musiqa bastaladi.
U yaratgan «О‘zbek qizi ovozi», «Tinchlik uchun» (T.Tо‘la sо‘zlari) xalq artisti, sevimli xonanda Halima Nosirova ijrosida juda mashhur bо‘lib ketdi. Umuman, 100 ga yaqin turli mavzularda, о‘zbek, tojik klassik va zamondosh shoirlarning she’rlariga joz ibali qо‘shiq va romanslar yaratdi. Ular «Qо‘shiq va romanslar» (1958 y.), «Paxta bayrami» (1977 y.), «Hayot qо‘shiqlari» (1978 y.) tо‘plamlarida chop etilgan. Zamonaviy qо‘shiq san’atini rivojlantirishda original qо‘shiq va romanslari bilan xalq mehriga tushgan kompozitor M.Leviyev «О‘zbekiston kuychisi» degan nomga sazovor bо‘ldi.
1948 yilda sahna yuzini kо‘rgan (qayta qо‘yilishi 1967 y.) Navoiyning «Sab’ai sayyor» dostoni asosida yozilgan «Suxayl va Mehri» (K.Otaboyev va V.Gubskaya librettosi) baleti va 1949 yil Muqimiy nomidagi musiqali teatrda sahnada qо‘yilgan «Oltin kо‘l» (Uyg‘un pyesasi) musiqali dramasi (qayta tahriri 1952 y.)
M.Leviyevga katta shuhrat keltirish bilan birga о‘sha muhitda zamonaviy о‘zbek professional musiqa san’ati tarixida birinchi mustaqil ravishda va milliy uslubda yaratilgan sahna asarlar ham edi. Shuning uchun bо‘lsa kerak, kelgusida kompozitor teatr uchun musiqa bastalashga mehr qо‘ydi. Muqimiy nomidagi musiqali teatr uchun yaratgan «Toshbolta oshiq» (H.G‘ulom pyesasi, 1961 y.), «Ajab savdolar» (H.G‘ulom pyesasi, 1969 y.), «Zamonali - Omonali» (G‘.G‘ulomning «Shum bola» asari asosida H.G‘ulom pyesasi, 1973y.), «Xizmatingizga tayyormiz» (F.Musajonov va B.Ixtiyorov pyesalari, 1981y.) musiqali komediyalarini; «Kimga tо‘y, kimga aza» (N.Safarov pyesasi, 1962y.). «Nozik niholim» (CH.Aytmatovni ng shu nomli qissasi asosida H.G‘ulom pyesasi, 1978 y.), «Mangulik» (H.G‘ulom pyesasi) musiqali dramalari xalq orasida mashhurdir. Shu bilan birga M.Leviyev «Semurg‘» (Zulfiya va S.Somovalar pyesasi), «Yolg‘onchi darkor» (D.Peafisa pyesasi), «Baxt qо‘shig‘i» (Uyg‘un pyesasi), «Shohi sо‘zana» (A.Qahhor pyesasi), «Muhabbat afsonasi» (N.Hikmat pyesasi), «Turkiya haqida hikoya» (N.Hikmat), «Jazoir mening vatanim» (Diba pyesasi), «Hamza» (K.Yashin va A.Umariylar pyesasi), «Mirzo Ulug‘bek» (M.Shayxzoda pyesasi) dramalariga ham musiqa bastaladi.
Kompozitor M.Leviyev kinomusiqa san’atining rivojlanishiga ham о‘zining benazir hissasini qо‘shdi. 1957 yilda I.Akbarov va M.Burhonovlar bilan hamkorlikda «Orol baliqchilari» va 1959 yili «Maftuningman» (rej. Y.A’zamov) kinofilmlariga musiqa, mustaqil ravishda esa «Mahallada duv-duv gap» (rej.SH.Abbosov, 1960), «Bloknotdan varaqa», «Sayyot qо‘ng‘irog‘i» (rej. Y.A’zamov, 1966), «О‘tgan kunlar» (rej. Y.A’zamov, 1969) kinolariga musiqa bastaladi. 1971 yili rejissyor L.Fayziyev kompozitor M.Leviyevning «Suxayl va Mehri» baleti asosida «Jonli miniatyuralar» nomli kinofilm yaratdi.
M.Leviyev yakkaxonlar, raqqosalar, turli cholg‘u va vokal ansambllar, xor va orkestr, «Bahor» raqs va filarmoniya «Ashula va raqs» ansambllar repertuarlarini boyitish maqsadida juda kо‘p asarlar yaratdi. Ulardan ayrimlarining nomlarini eslatib о‘tsak kifoya: «Fizkulturachilar paradiga» maxsus yozilgan musiqa (1947y.), «Yorqin yо‘l» (T.Tо‘la sо‘zi, 1947y.), «Oq oltin» (M.Shayxzoda sо‘zi 1958 y.) kantatalar, о‘zbek xalq cholg‘u asboblar orkestri uchun 5 qismli «Yoshlik» syuitasi, «Qahramonlik» uvertyurasi, «Shodiyona» poemasi xor va yakka ijrochi bilan, «Paxta bayrami» syuitasi, «Gulla, yashna О‘zbekiston» syuitasi va boshqalar.
M.Leviyev ijodiy ishlari bilan respublikamiz musiqa san’atining rivojlanishiga ulkan hissa qо‘shdi va katta musiqiy meros qoldirdi. U 1961 yili «О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi», 1972 yili «О‘zbekiston xalq artisti», 1979 yili Respublika Davlat mukofotiga sazovor bо‘ldi. Bir necha medallar bilan taqdirlangan.



Yüklə 408,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə