Ўзбек миллий бастакорлик санъати


- Laboratoriya mashg‘uloti



Yüklə 408,5 Kb.
səhifə2/14
tarix29.11.2023
ölçüsü408,5 Kb.
#142628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
BASTAKORLAR IJODI MAJMUA

2- Laboratoriya mashg‘uloti:
YUNUS RAJABIY ijodiy faoliyati
(1897-1976)
О‘zbek xalq musiqiy merosini milliy qadriyatlarimizning bir bо‘lagi sifatida о‘rganish hozirgi davrda dolzarb masalalardan biridir. О‘zbek musiqiy merosimizga nazar tashlar ekanmiz, о‘tmishda xalq ichidan yetishib chiqqan va о‘zlarining ijro mahoratlari, murabbiyliklari bilan xalq dilidan joy olgan san’atkorlarimiz kо‘z о‘ngimizda gavdalanadilar. Ular ichida musiqa san’atimizning birinchi akademigi Yunus Rajabiyning alohida о‘rinlari borligi shak-shubhasizdir. U kishi yashagan davr ijodining takrorlanmas qirralari mavjudki, ularning merosini о‘rganish kelgusida yaratilajak cholg‘uchilik mahoratini rivojlantirishda ijobiy bosqich bо‘lib xizmat qiladi.
Yunus Rajabiy sozandalik, xonandalik va bastakorlik san’atini bunyodkorlaridan bо‘lib, ma’rifiy va ta’lim faoliyat bobida mashhurdir. Biz milliy mumtoz musiqa san’atining yirik namoyandasi, cholg‘uchi ustozlarning yо‘lboshchisi, taniqli bastakor Yunus Rajabiyning ijodiy pedagogik qarashlari va cholg‘uchilik faoliyatiga ahamiyat berishimiz kerak, deb о‘ylayman. Yunus Rajabiy 1897 yili Toshkentda tug‘ilgan. U dastavval eski usul maktabida о‘qiydi. Eski maktabda о‘qigan paytlarida musiqaga havasi uyg‘ona boshlagan. О‘zlari nay chalganlar, yaxshigina dutor ham chertgan. Kuylar uning doimiy hamrohiga aylangan. 1916 yilda mashhur sozanda va xonanda Shorahim Shoumarov bilan tanishadi. Bu tanishuv uning cholg‘uchilik va bastakorlik faoliyatida muhim bosqich bо‘lib qoladi. 1919 yil Toshkentda ochilgan Xalq konservatoriyasining “Milliy cholg‘u asboblari” bо‘limiga о‘qishga kiradi va shu tariqa butun hayotini musiqaga bag‘ishlaydi.
1923 yildan Samarqandda, musiqa pedagogika bilim yurtida musiqa rahbari bо‘lib ishlaydi va Samarqand davlat teatrining milliy musiqa rahbari etib tayinlanadi. Yunus Rajabiy hayotidagi muhim voqea uning Samaqandda mashhur bо‘lgan hofiz Hoji Abdulaziz Abdurasulov bilan yaqindan tanishgani bо‘ldi. Yunus Rajabiy undan kuy va qо‘shiq, maqom va bastakorlik sirlarini о‘rgandi. Yunus Rajabiy ular bilan tо‘y va sayllarda hamnafas bо‘ldi. Uning ijodidan ilhomlanib, bir necha musiqiy asarlar yaratdi. Yunus Rajabiy musiqa bilim yurtida yoshlarni Toshkent, Farg‘ona kuy va qо‘shiq ijrochilik uslubi bilan tanishtirdi. Bu yerga ta’lim olishga kelgan yoshlar orasida atoqli shoir Hamid Olimjon va bastakor Tolibjon Sodiqovlar ham bor edi. Yunus Rajabiy cholg‘uchilik repertuarini yangi asarlar bilan boyitish uchun “Shashmaqom”ni о‘rganishga jiddiy kirishdi.
1926 yili Yunus Rajabiy Toshkentga kelib, kо‘pgina cholg‘uchilar qatorida korxonalarda beriladigan konsertlarda qatnashadi va havaskorlik tо‘garaklarini tashkil qiladi. Bu tо‘garaklarga о‘sha paytda maktablarda ochilgan “Uchqun”, “Namuna”larni misol qilib keltirish mumkin. Bu tо‘garaklarda taniqli sozandalar Orif Qosimov, Mahmud Yunusovlar yetishib chiqdilar. Yunus Rajabiy ijrochilik faoliyatining davomchilaridan bо‘lgan О‘zbekiston xalq artisti Berta Davidova, Tojikiston xalq artisti Barno Ishoqovalar shular jumlasidandir.
1927 yili О‘zbekiston radio qо‘mitasi qoshida milliy cholg‘ular ansambli tashkil etildi va bu ansambl Yunus Rajabiy ijodiy faoliyatida muhim voqea bо‘ldi. Avvalida u bu ansablda sozanda bо‘lib ishlaydi, keyinchalik unga rahbarlik qiladi. Ansamblga О‘zbekistonning eng yaxshi ustoz san’atkorlari jalb qilinadi. Ular orasida Domla Halim Ibodov, Mulla Tо‘ychi Toshmuhammedov, Orif Hoji Alimahsumov va yana kо‘plab sozanda hamda xonandalar bor edi. Bu ansambl Y.Rajabiyning bastakorlik faoliyatida muhim rol о‘ynadi. U 100dan ortiq ashulalarga kuy bastaladi. “Judo”, “Koshki” (Navoiy g‘azallari), “Kuygay” (H.Olimjon she’ri), “Ra’nolanmasun” (G‘oziy muxammasi), “Muncha ham” (Muqimiy she’ri), “Hajringda” (Furqat she’ri) va boshqa qо‘shiqlar shular jumlasidandir.
1927 yili О‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi tashkil qilinib, unga birinchilar qatorida Yunus Rajabiy qabul qilinadi. 1936 yilning oxirida Yunus Rajabiy rahbarlik qilayotgan radio musiqa dastasi Moskvada ijodiy safarda bо‘ladi. Yunus Rajabiy xalq musiqasini notaga solishni oldiga maqsad qilib qо‘yadi va hozirgi kunda uning 6 jildlik “О‘zbek xalq musiqasi” va “Shashmaqom” musiqa о‘qituvchilari uchun dasturamal bо‘lib kelmoqda.
Yunus Rajabiy soz chalish san’atini shogirdlariga ham qunt bilan о‘rgatadi. Tolibjon Sodiqov, Nabi Hasanov, Saidjon Kalonov, Orif Qosimov, Fahriddin Sodiqov, Nazira Ahmedova, Turg‘un Karimov, Ortiqxо‘ja Imomxо‘jayev kabi kо‘plab shogirdlar tayyorladi va bu san’atkorlar о‘zbek milliy musiqa san’ati ravnaqiga о‘z hissalarini qо‘shdilar. Yunus Rajabiyga 1939 yili “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi”, 1955 yilda “О‘zbekiston xalq artisti” unvoni berildi. 1966 yilda “О‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi”, 1971 yilda Respublikamizda nufuzli bо‘lgan “Hamza nomidagi Davlat mukofoti”ga sazovor bо‘ldi. Yunus Rajabiy faoliyatini о‘rganish, uning musiqashunoslikdagi cholg‘uchilik va pedagogik, ma’rifiy va madaniy merosini bо‘lajak avlodlarimizga yetkazishimiz kerak. Bu meros yoshlarni tarbiyalashda, komil inson bо‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 408,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə