Ўзбек миллий бастакорлик санъати


- Laboratoriya mashg‘uloti



Yüklə 408,5 Kb.
səhifə4/14
tarix29.11.2023
ölçüsü408,5 Kb.
#142628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
BASTAKORLAR IJODI MAJMUA

4- Laboratoriya mashg‘uloti:
Hoji Abdulaziz Abdurasulov ijodi, Muxtor Ashrafiy ijodi
(1852-1936)
Hoji Abdulaziz Abdurasulov о‘ziga xos ijrochilik uslubi, yorqin ijodiy yо‘li orqali о‘zbek va tojik kuylarini mohirona ijro etib, О‘zbekistonda shuhrat qozongan hofizlardan biriga aylangandi.
Abdulaziz Abdurasulov 1852 yilda Samarqandda tug‘ilgan. Uning otasi tо‘quvchilik bilan shug‘ullansa-da, ustaxonasiga ashulachi va sozandalar tez-tez yig‘ilib turardi. Shu sababli yosh Abdulaziz ularning ashulalarini uyida eshitish imkoniyatiga ega edi. Bola 9 yoshida maktabga boradi va 15 yoshiga qadar о‘qiydi. 1867 yilda, otasining vafotidan sо‘ng Xaymardagi solihchining uyida kotiblik qiladi. Abdulaziz yoshlik chog‘idayoq klassik shoirlar: Fuzuliy, Jomiy, Navoiy, Bedil va boshqalarning ijodi bilan tanishadi. О‘rtoqlari bilan musiqachi, ashulachi va shoirlar ishtirok etadigan kechalarga tez-tez borar, Ramazon oyida Samarqandga kelgan atoqli Buxoro musiqachilarining ijrolarini tinglar edi. Abdulazizning shu vaqtlardan boshlab musiqaga bо‘lgan havasi yanada oshadi. Mashhur tanburchi Xо‘ja Rahimquldan tanbur chalishni о‘rgana boshlaydi. Uning tanbur chalishni о‘rganishga ishtiyoqi tasodifiy emas edi. Otajalol, Otag‘iyos, Tillaboy va maqomlarni ijro etuvchilar ashulani tanburga jо‘r bо‘lib aytardilar. Samarqandga kelib turadigan ashulachi va sozandalar ularning shogirdlari yoki doimiy tinglovchilari edi. Uch-tо‘rt yil davomida Xо‘ja Rahimberdidan dars olgan Abdulaziz о‘sha davrning mashhur ashulachisi Boruh bilan birga ashula aytadigan bо‘ldi. Boruh о‘zbek va tojik ashula san’atini, “Shashmqom”ni yaxshi bilardi va yoshi о‘tib qolgan bо‘lsa-da, ashulani yaxshi aytardi. Abdulaziz Boruh bilan birga О‘zbekistonning shahar va qishloqlarida bо‘ladi, asta-sekin uning cholg‘u chalish va ashula aytish san’atini ham о‘rganib oladi. U “Shashmaqom”ning safti va uforlarini, “Mushkulot”ning cholg‘u bо‘limidagi keng tarqalgan qismlarinigina aytar edi. Keyinchalik u “Shashmaqom”ni mukammal о‘rganishga, kuyning tuzilishini, qismlar о‘rtasidagi munosabatlarini, tartibini tushunib olishga va avjlardan foydalanishga harakat qiladi. Shu maqsad bilan Abdulaziz 1880 yilda maqomlarning mashhur musiqachilari yashagan Buxoroga jо‘naydi va u yerda Otajaloldan “Shashmaqom”ni о‘rganib oladi.
О‘z shahriga qaytgach, Samarqand va uning atrofidagi qishloqlarda maqomlardan: “Iroq”, “Ushshoq”, “Nasrulloiy”, “Mustahzod” kabilardan parchalar ijro eta boshlaydi.
Abdulaziz 1887-1888- yillarda ziyoratchilar bilan Makkaga boradi. Keyinchalik 1907-1908-yillarda yana bir marta Haj safarida bо‘ladi. Shundan sо‘ng uning ismi oldiga “hoji” sо‘zi qо‘shib aytila boshlanadi.
Hoji Abdulaziz safarlari Sharq mamlakatlaridan Eron, Arabiston, Hindiston va Afg‘oniston ashulachi va sozandalarining kuy va ashulalarini qiziqib tinglaydi. О‘zi ham о‘zbek kuy va ashulalaridan ularga ijro etib beradi. U shundan keyin о‘z shogirdlari va yosh musiqachilarga boshqa mamlakatlarning musiqa madaniyati bilan tanishishni, о‘rganishni, repertuarlarini ularning yaxshi asarlari bilan boyitishni maslahat beradi.
Hoji Abdulaziz asta-sekin an’analarga biroz yangicha yondashadi. Masalan, Buxoro va Samarqandda ashulalar odat bо‘yicha tanbur jо‘rligida aytilsa, Hoji Abdulaziz esa ana shu odatdan voz kechadi va maqomlarni dutorda chaladi. Shundan keyin sevimli cholg‘u asbobi dutor hisoblangan joylar (Farg‘ona, Toshkent)da ham maqomlarning keng tarqalishiga yordam beradi. A.Abdurasulovning mahorati ayniqsa, о‘sha davrda tez rivojlandi va mashhur xalq musiqachilarining diqqatini ham о‘ziga jalb etdi. Shu yillarda u xalq ashulachilari Domla Halim Ibodov, Levi Boboxonov va Mulla Tо‘ychi Toshmuhammedovlar bilan tanishadi. Ular bilan birga respublikaning qishloq va shaharlarida berilgan konsertlarda qatnashadi. Hoji Abdulaziz Abdurasulov atrofida SH.Akromov, Qori Siroch va boshqa qobiliyatli yoshlar tо‘planadi. Abdulaziz Abdurasulov 1924 yilda yosh musiqachilardan konsert brigadasi tuzib, Samarqand va Buxoro atroflarida konsertlar beradi, о‘zi ham xalq ashulalaridan parchalar aytadi.
1924 yili Samarqand pedagogika bilim yurtida musiqa tо‘garagi tashkil etiladi va u Qori Siroch bilan birga yoshlarga musiqa va ashula san’atini о‘rgatadi. Hoji Abdulaziz Abdurasulov 1928 yilda yirik musiqachi mutaxassislar qatorida Samarqanddagi musiqa va xoreografiya Ilmiy tekshirish institutiga ishga olinadi. Ana shu institut qoshida M.Ashrafiy, T.Sodiqov, M.Burhonov, D.Zokirov va boshqalar undan ta’lim olgan edilar. Toshkentning atoqli musiqachisi Yunus Rajabiy u bilan birga tо‘rt yilga yaqin Buxoro musiqasini о‘rganadi, “Shashmaqom”ning usullari va xilma-xil kuylari bilan tanishadi. Abdulaziz Abdurasulov pedagogik faoliyati bilangina chegaralanib qolmay, ijrochilik faoliyatini davom ettiradi va davrning kо‘zga kо‘ringan ashulachilari qatorida konsertlarda qatnashadi. Uning ovozi lirik tenor bilib, kо‘proq о‘rta registrda yaxshi jaranglar edi. Tovushi qanchalik kuchli va diapazoni katta bо‘lishiga qaramay, xonanda sifatida undan mohirlik bilan foydalana olganligi tufayli ijrosi shirali chiqardi. U musiqaga qobiliyatli kishi bо‘lganligi uchun ijro etadigan asarning avvalo mazmunini ochishga, uning badiiy obrazini gavdalantirishga intilardi.
Hoji Abdulaziz ajoyib dutorchi va hofiz sifatida ham shuhrat qozongan edi. Uning ajoyib mahorati haqida xalq orasida “u chaladigan dutorning pardasi yо‘q”, degan iboralar yurardi. Uning repertuari 200dan ortiq asarlardan iborat edi. U kо‘p maqomlarni tojik tilida va о‘zi bastalagan “Bozurgoniy”, “Guluzorim”, “Beboqcha” kabi ashulalarini о‘zbek tilida aytar edi. Hoji Abdulaziz ba’zi vaqtlarda tinglovchilarning talablariga kо‘ra aynan о‘sha ashulalarni о‘zbek va tojik tillarida ijro etar edi. Uning ashulachi va sozanda shogirdi Sharifxon Akromovning aytishicha, Abdulaziz Abdurasulov о‘rganadigan asarlarni sinchiklab, har tomonlama о‘ylab olar edi. Kuylarga she’rlarni о‘zi tanlab, she’rdagi har bir sо‘zning ma’nosini va ahamiyatini anglashga harakat qilardi. U ashulaning ohang yо‘lini saqlagani holda, uning sо‘zlarini, avjlarini, jо‘r bо‘lishini о‘zgartirib, boshqa ijrochilar uchun odat bо‘lmagan yо‘li bilan asarni olti va yetti xil qilib ijro etar edi. Ba’zi ashulalarni erkin о‘zgartirilgan avjlar qо‘shish bilan uzaytirar edi. Ashula va maqomlardan bir xillarini о‘ziga xos ohangda ijro etgani uchun, bular uning nomi bilan aytiladigan bо‘ldi. О‘z ustozining ijro etish uslubini yaxshi bilgan Yunus Rajabiy: “Uning asosiy ijro etish uslubi improvizatsiyasi bilan bog‘liq edi”, - deydi. 1909 yilda Abdulaziz Abdurasulov ijrosida Riga “Grammafon” firmasi “Iroq”, “Nasrulloiy”, “Ushshoq”larni yozib olgan edi. 1930-1932- yillarda ashulachi Samarqand musiqa va xoreografiya institutida ishlagan vaqtida undan 20ga yaqin: “Iroq”, “Qashqarchai Iroq”, “Gulyor”, “Ufori Iroq”, “Orazi ulyor”, “Arzimni aytay” kabi о‘zbek musiqasi durdonalari fonografga yozib olingan edi. 1933 yilda uning “Qashqarchai Ushshoq” ashulasi gramplastikaga yozib olindi. Musiqachi hukumat tomonidan berilgan “О‘zbekiston Respublikasi xalq artisti”, degan yuksak unvonni oqladi. Atoqli xalq ashulachisi va sozandasi nomi о‘zbek xalqining tarixida abadiy saqlanib qoladi.

Yüklə 408,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə