Ўзбек миллий бастакорлик санъати


- Laboratoriya mashg‘uloti



Yüklə 408,5 Kb.
səhifə3/14
tarix29.11.2023
ölçüsü408,5 Kb.
#142628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
BASTAKORLAR IJODI MAJMUA

3- Laboratoriya mashg‘uloti:
TO‘ХTASIN JALILОV ijodiy faoliyati
(1896-1966)
Ustoz bastakor, mohir sozanda Tо‘xtasin Jalilov hech qanday kompozitorlik texnikasini egallamagan bо‘lsa-da, ajoyib milliy kuylar yaratgan. Tо‘xtasin Jalilov 1896 yilda Andijon shahrida tug‘ilgan. U 10 yoshdan mehnat faoliyatini boshlagan. Tо‘rt yil usta Abdurahmon etikdо‘zning dо‘konida xizmatchi bо‘lib ishlaydi, keyinroq xо‘jayin uni usta Xolmirzaga sotadi, ikki yil paxta zavodida ishchi bо‘lib ishlaydi. О‘spirinning birinchi tanishgan musiqachisi Oppoq oxun bо‘lib, u xalq cholg‘u asbobi – setorni yaxshi kо‘rib chalardi. Tо‘xtasin atoqli Qо‘qon musiqachilaridan Eshon g‘ijjakchi, Madamin dapchi, Yusufjon changchilar bilan uchrashish umidida Qо‘qonga boradi. Yusufjon changchi yosh musiqachiga xalq qо‘shiqlarini о‘rgatadi. Tо‘xtasin aka Yoqubjon changchi, G‘azat oxun g‘ijjakchi, Zokirjon doyrachi va Orifjon dutorchilardan tashkil topgan agitbrigada ansambli tarkibida ashulachi va g‘ijjakchi sifatida qatnashadi. Ansambl repertuari keng tarqalgan xalq kuylari “Mirzadavlat”, “Qora sochim”, “Yorlarim” va shu kabilardan iborat edi. U 1919 yilda Andijon shahrida tashkil etilgan “Milliy cholg‘u asboblari” ansablida qatnashadi. Bu ansambl о‘z repertuariga xalq kuylari va Hamza Hakimzoda Niyoziyning ashulalarini kiritgan edi. Hamza ijodi bilan tanishish, shoir bilan shaxsan uchrashish musiqachiga katta ta’sir qiladi. Shundan sо‘ng о‘sha davr voqeligi haqida ashulalar yaratdi. О‘z asarlarining sodda va pishiq chiqishiga harakat qiladi. 1923 yilda Tо‘xtasin Jalilov о‘zbek musiqachilari guruhi bilan Moskvadagi qishloq xо‘jalik kо‘rgazmasida berilgan konsertlarda qatnashadi. Moskvadan qaytgandan sо‘ng boshqa mashhur kishilardan о‘rnak olib, 24 kishilik milliy musiqa tо‘garagini tashkillantiradi. Bu musiqa tо‘garagi kо‘proq xalq cholg‘u kuylarini ijro etar edi. Tо‘xtasin Jalilov 1925-27-yillarda konsert-etnografiya ansamblida musiqachi, 1929 yildan boshlab, Andijon musiqali drama teatrida musiqa rahbari bо‘lib ishlaydi. Bastakor о‘zining ijodiy faoliyatini Sobir Abdullaning “Bog‘bon qizi”, Komil Yashinning “О‘rtoqlar” pesalariga musiqa yozishdan boshlaydi. Bu pesalarning musiqasi notaga solingan emas edi, ular yoddan ijro etilar edi. Shuning uchun ushbu musiqa haqida biror fikr aytish qiyin. Tо‘xtasin Jalilovning aytishiga qaraganda, ular xalq musiqasi asosida qurilgan edi. Bastakor ommaviy va yakka ashulalar ham yaratgan. Eng dastlabki ashulalaridan biri “Yor ekkanniki” (Kamtar sо‘zi) edi. Ashulaning kuyi Hamzaning inqilobiy ashulalariga о‘xshab ketadi. T.Jalilovning yaratgan ashulalari ichida о‘sha davr voqeligini ifoda etgan, qishloq mehnatkashlariga bag‘ishlangan “Oq oltin tovlanar” ashulasi, yengil, xushchaqchaq, erkin ohangda marsh maromida yaratilgan “Signal” kuyi ham bor edi. Tо‘xtasin Jalilovning 30-yillardagi yirik ishlaridan biri о‘zbek xotin-qizlarining ozodligiga bag‘ishlangan (K.Yashin va Muzaffar Muhamedov asari) “Gulsara” musiqali dramasidir. Tо‘xtasin Jalilov Gulsaraning obrazini ifoda etuvchi “Qanchalar qon yig‘lasam”, “Qonli yuzim” kabi ariyalarni yaratdi. Bular ham о‘zbek xalq kuylari asosida yaratilgan edi. “Gulsara” birinchi marta Andijon musiqali drama teatrida (1929) qо‘yildi. 1936 yilda bastakor Tolibjon Sodiqov Tо‘xtasin Jalilovning “Gulsara” uchun tо‘plagan kuylarini yozib oladi. Garmonizatsiya va orkestrovkasini yirik rus bastakori R.Giler bajargan edi. Ana shundan sо‘ng “Gulsara” Moskvada bо‘lib о‘tgan о‘zbek san’ati dekadasida (1937) kо‘rsatilgan edi. Tо‘xtasin Jalilov 1934-36-yillarda о‘zbek davlat musiqali teatrining bosh dirijyori va musiqa jamoasining rahbari bо‘lib ishlaydi. U yosh kadrlarni tanlashga katta e’tibor beradi. Dirijyor teatrning boshqa xodimlari bilan birga viloyat teatrlariga borib, “О‘rtoqlar”, “Halima”, “Gulsara”, “Farhod va Shirin” spektakllarida qatnashadi. Tо‘xtasin Jalilov 1937 yilda bо‘ladigan о‘zbek san’ati dekadasiga tayyorlanish munosabati bilan endigina tashkil etilgan о‘zbek davlat filarmoniyasiga milliy musiqa va raqs ansamblining rahbari qilib tayinlanadi. Bu ansambl moskvaliklarni ajoyib о‘zbek raqslari va kuylari bilan tanishtiradi. “Endi sendek jonon”, “Ustozim”, “Ey, nozanin”, “Gul yuz uzra”, “Qari navo”, “О‘ynar” kabi о‘zbek xalq ashulalari va “Navo”, “Segoh”, “Shahnozi gulyor” maqomlaridan parchalar ansambl ijrosida katta muvaffaqiyat qozonadi.
1940 yili Tо‘xtasin Jalilov Muqimiy nomidagi musiqali drama va komediya teatrida, sо‘ngra Navoiy nomidagi opera va balet teatrida qо‘yilgan “Tohir va Zuhra” spektakliga kuy bastalaydi. “Tohir va Zuhra” spektakli musiqa shinavandalari olqishiga sazovor bо‘lib, bastakorga juda katta shon-shuhrat keltiradi.
Tо‘xtasin Jalilov Ikkinchi jahon urushi yillarida Muqimiy nomidagi musiqali drama va komediya teatrining badiiy rahbari bо‘lib ishlaydi. 1941 yilda Sobir Abdullaning “Qurbon Umarov” dramasiga musiqa yozadi, “Tohir va Zuhra”, “Nurxon”, “Alpomish”, “Muqimiy”, “Ravshan va Zulxumor” musiqali dramalarini yaratadi.
Tо‘xtasin Jalilovning о‘sha yillardagi eng katta ishlaridan biri 1942 yili Muqimiy nomidagi musiqali drama va komediya teatrida sahnalashtirilgan “Nurxon” musiqali dramasining musiqasidir. Tо‘xtasin Jalilov Fatxulinning “Gulg‘unchalar” asariga musiqa yaratgan. Musiqachi 1951 yilning yozida hozirgi zamon mavzularida yaratilayotgan xalq ashulalari bilan tanishish maqsadida Farg‘ona vodiysiga borib, tо‘plagan asarlari asosida yangi kuylar yaratadi. Tо‘xtasin Jalilov о‘zining bastakorlik ijodi davomida 30ga yaqin musiqali drama, 200dan ortiq qо‘shiqlar yozadi.
Tо‘xtasin Jalilovga о‘zbek musiqa madaniyatini rivojlantirishdagi katta xizmatlari uchun 1937 yilda “О‘zbekiston xalq artisti” unvoni berilgan. Tо‘xtasin Jalilov yaratgan о‘lmas navolar mumtoz musiqiy merosimizda о‘ziga xos munosib о‘rin egallab, el hurmatiga sazovor bо‘lib kelmoqda.



Yüklə 408,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə